Psixikaning nerv fiziologik asoslari



Yüklə 6,08 Mb.
səhifə3/9
tarix31.08.2023
ölçüsü6,08 Mb.
#141192
1   2   3   4   5   6   7   8   9
PSIXIKANING NERV FIZIOLOGIK ASOSLARI

Shartli refleksga misol

  • Maktabga bormagan yosh bola qo`ng`iroq nima uchun chalinishini bilmaydi
  • Maktabga borgan kundan o`qituvchilar qo`ng`iroq chalinishini tushintiradi
  • Bolada qo`ng`iroqqa nisbatan harakat reflekslari paydo bo`ladi
  • Darsga kirishga qo`ng`roq chalinganda bola sinf tomon yugiradi
  • Darsdan chiqishga qo`ng`roq chalinganda u daftar kitobini yig`ishtirib, tashqariga chiqishga harakat qiladi

Turli odamlarda shartli reflekslarning xususiyatlari

  • Ma`lumki, odamning bolaligidan boshlab yashash, tarbiyalanish, o`qish, kasb o`rganish, ishlash sharoiti har xil bo`ladi. Shuning uchun turli odamlarda shartli reflekslarning soni , turi, sifati, ham har xil bo`ladi. Tarbiyasi yaxshi o`qimishli madaniyatli kishilarda zararsiz shartli reflekslar ko`proq bo`ladi. Tarbiyasi yomon bo`lgan kishilarda zararli shartli reflekslar ko`proq bo`ladi.
  • Bajaradigan ishiga yani kasbiga qarab ayrim kishilarda birinchi signal sistemasining shartli reflekslar ko`proq bo`ladi, ya`ni ko`rish, eshitish, qo`l yoki oyoq harakatlari bilan bog`liq ishlarni bajarishga moslashgan shartli reflekslar.Masalan, mashina haydash, duradgorlik, temirchilik, sartaroshlik, raqqosalik kabi kasblar. Ba`zilarda ikkinchi signal sistemasining ishi bilan bog`liq bo`lgan shartli reflekslar ko`proq bo`ladi, ya`ni og`zaki va yozma nutq bilan bajariladigan ishlarga hosil bo`lgan shartli reflekslar.

Yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari.

  • Yarim sharlar po’stlog’idagi nerv jarayonlari. Odam va hayvonlarning katta yarim sharlari po’stlog’ida ikki qarama-qarshi nerv jarayonlari, qo’zg’alish va tormozlanish sodir bo’ladi. Biron bir narsa yoki hodisalar sezgi organlariga ta’sir etib ularni qo’zg’atadi, qo’zg’alish esa miyaga o’tkaziladi, shundagina yarim sharlarda qo’zg’alish (Jonlanish) vujudga keladi. Bu qo’zg’alish o’chog’i o’zgarmasdan va harakatsiz qolmaydi. Odatda qo’zg’alish katta yarim sharlar po’stlog’ida irradiyatsiyalanadi (yoyiladi) va bir joydan ikkinchi joyga o’tadi.
  • Po’stloqda qo’zg’alish bilan bir vaqtning o’zida unga zid jarayon tormozlanish ham maydonga keladi, tormozlanish miyada qo’zg’alish uchastkasini aktiv ravishda to’xtatib turadi, tormozlaydi yoki cheklab qo’yadi, qo’zg’alish uchastkasini markazlashtiradi, tor doiraga to’planishga olib keladi. Qo’zg’alish bilan tormozlanish o’zaro chambarchas bogliqdir.

Yüklə 6,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin