1) Tashqi (yoki ichki) qo’zg’atuvchi ta’sirida vujudga kelgan qo’zg’alishning sezgi organlaridan to miyaga borguncha bosib o’tuvchi yo’li;
2) Bu qo’zg’alishning miyada qayta ishlanishi;
3) Impuls tarzida beriluvchi "buyruq", bu buyruqni miya hatti-harakatini amalga oshiruvchi mushaklar tomon yo’llaydi.
Nerv jarayonlarining bu uch tarkibiy qismi refleks yoyi deb ataladi.
3.Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining o`sishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining rivojlanishida ularning nerv sistemalarida sodir bo`ladigan o`zgarishlar juda katta rol o`ynaydi. Yangi tug`ilgan bola bosh miyasining o`rtacha og`irligi 380-400 gr keladi. Bola bog`cha yoshiga yetguncha uning miyasi g`oyat tez rivojlanib, deyarli uch baravar ko`payadi. Bog`cha yoshiga yetgan bolalar miyasining og`irligi 1100-1200 gr ga yetadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nerv sistemasining bundan keyingi takomillashishi davomida bosh miya po`sti qismidagi markazlarni bir-biri bilan tutashtiruvchi nerv tolalari ham miyelin qobig`i bilan qoplana boshlaydi. Bosh miyadagi nerv tolalarining miyelin qobig`i bilan qoplanishi aks ettirish jarayoni, ya`ni psixik jarayonlar va ularning rivojlanishi uchun juda katta ahamiyatga ega. Nerv tolalari miyelin qobig`i bilan qoplanishi birinchidan, qo`zg`lishlarning nerv tolalaridan tez o`tishi ta`minlansa, ikkinchidan, qo`zg`lishning faqat tegishli markazigagina borishini ta`minlaydi. Buning natijasida organizmga tashqi muhitdan ta`sir etib turuvchi turli qo`zg`atuvchilar ta`siri tufayli yuzaga keladigan shartli reflekslar nisbatan tez hosil bo`ladi. Bundan tashqari, har bir qo`zg`alishning tegishli markazigagina aniq borishi bog`cha yoshidagi bolalarning o`z harakatlarini epchillik bilan idora qila olishini ta`minlaydi.