Markaziy nerv sistemasi faoliyatining o`zgaruvchanligi xususan ilk yoshda ravshan ko`rinadi. Bu yoshdagi bolalarda qo`zg`alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlik qiladi. Mana shuning uchun bu yoshdagi bolalar juda serharakat bo`ladi. Bog`cha yoshidagi bolalarda qo`zg`alish jarayonining nisbatan ustun bo`lishi tufayli bog`lanishlar kattalarga qaraganda sekinlik bilan maydonga keladi. Shu sababli ularda bog`lanishlarni yuzaga keltirish takror-takror ta`sir etishni talab qiladi. Nerv sistemasining taraqqiyoti bog`cha yoshidagi hamma bolalarda bir xil temp bilan davom etmaydi. Bu murakkab taraqqiyot bolalarning individual xususiyatlariga va yashash sharoitlariga, ya`ni oilada hamda bog`chada qanday tarbiyalanishiga bog`liqdir. Bolaning tarbiyasi qanchalik to`g`ri yo`lga qo`yilgan bo`lsa, uning nerv sistemasi shunchalik normal taraqqiy etadi. Bola nerv sistemasining taraqqiy etishida uning atrofidagi har turli narsa va hodisalar bilan mustaqil munosabatda bo`lishi ham nihoyatda katta rol o`ynaydi. Chunki bunda, ya`ni bolaning mustaqil harakatlarida uning nerv sistemasi aktiv faoliyatda bo`ladi va tez rivojlanadi. Mana shu holatni nazarda tutib, tarbiyachilar bolalarning mustaqil faoliyatlarini to`g`ri tashkil etishda alohida e`tibor berib borishlari lozim.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
1.E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.
2.S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013, 2017.
3.Z. Nishanova Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti.Toshkent-1998
4.V.M.Karimova, F.A.Akramova. Psixologiya.
5.Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi jurnallari.
TEST
1. Odam miyasining og‘irligi o‘rtacha necha gr ni tashkil etadi?
a) 1650 gr; b) 1500 gr; c) 1400 gr; d) 1850 gr.
2. Bitta nerv hujayrasi nima deb ataladi?
a) dendrit; b) neyron; c) o‘simta; d) neyrit.
3. Katta miya yarimsharlari po‘stloq qismi necha mlrd.nerv hujayralaridan tashkil topgan?
a) 15 mlrd; b) 12 mlrd; c) 10 mlrd; d) 18 mlrd.
4. Organizmning tashqi ta’sirotlarni nerv sistemasi va miyasiga ta’siri natijasida qabul qilishi va ularga javoban harakatga kelishi nima deb ataladi?
a) dendrit; b) neyron; c) refleks; d) neyrit.
5. Yangi tug‘ilgan bola miyasining og‘irligi o‘rtacha necha grammni tashkil etadi?