9-ma’ruza: Alaliya va uning ko‘rinishlari.
Reja:
1. Nutq patologiyasi turlari.
2. Alaliya.
3. Agrafiya.
4. Apraksiya.
5. Demensiya.
Tayanch so’zlar: lisoniy me’yor, nutqiy me’yor, nutq patologiyasi, sensor alaliya, motor alaliya, sensomotor alaliya, agrafiya, apraksiya, demensiya.
Lisoniy me’yor – umumiy kommunikatsiya jarayonida tanlab olingan va mustahkamlangan til sistemasining turg‘un an’anaviy realizatsiyalari majmuyi.
Nutqiy me’yor – madaniy jamiyat tomonidan ongli ravishda qayd qilingan barqaror va birlashtirilgan lisoniy vositalar va ularni qo‘llash qoidalarining majmuyi (masalan, talaffuz, urg‘u, so‘z qo‘llash, grammatika va stilistika qoidalari).
Nutq patologiyasi (yunon. pathos – azob chekish, kasallik) – nutq me’yoridan chetga chiqish. Nutq patologiyasi jarayonini o‘rganish juda qiyindir. Chunki nutqida kamchiliklari mavjud insonlar muloqotga kam kirishadilar va o‘rganish obyekti sifatida o‘zlarining ustida eksperiment olib borishni uncha xohlamaydilar. Klinik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, miya faoliyatining buzilishi, nutqiy faoliyatning buzilishiga olib keladi. Hatto alkogol, qattiq toliqish, qo‘rqinch tufayli vaqtincha miya buzilishi inson nutqiga ta’sir qiladi.
A.A. Leontev nutq patologiyasining beshta muhim turini ajratib ko‘rsatadi:
1. Shaxs patologiyasi, ong va oliy psixik funksiyalar bilan bog‘liq nutqiy buzilish. Bunga progressiv falaj holatidagi nutqiy faoliyatning buzilishi (artikulyasiyaning qiyinlashuvi, talaffuzning noaniqligi)ni misol qilib keltirish mumkin.
2. Miyaning muayyan darajada shikastlanishiga asoslangan, biroq ruhiy kasalliklar bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan nutqiy buzilish. Bunga misol qilib afaziyaning turli ko‘rinishlarini keltirish mumkin.
3. Sensor sistemalarning buzilishi bilan bog‘liq tug‘ma yoki keyin orttirilgan nutqiy buzilish. Bu asosan karlar va kar-soqovlar nutqi va uni qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.
4. Aqli zaif yoki psixik rivojlanishning vaqtincha kechikishi bilan bog‘liq nutqiy buzilish.
5. Ijro xarakteriga ega va nutqni motorli dasturlash yoki motorli dasturni amalga oshirish nuqsonlari bilan bog‘liq nutqiy buzilish.
Nutq patologiyasining mazkur barcha turlari yaqingacha psixolingvistikaning bo‘limlaridan biri bo‘lgan patopsixolingvistika tomonidan o‘rganib kelingan. Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqanidan keyin nutqiy buzilishning ikkinchi turi neyrolingvistik nuqtayi nazardan tadqiq qilina boshlandi.
Quyida neyrolingvistika o‘rganadigan nutqiy buzilishlarni ko‘rib chiqamiz.
Afaziya (yunon. aphasna, a – inkor, phasis – nutq) miya muayyan qismlarining, odatda, chap yarim sharning shikast topishi tufayli vujudga kelgan nutqiy buzilish.
Dostları ilə paylaş: |