Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə46/46
tarix13.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#113110
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Психолингвистика Мажмуа2021

5-amaliy mashg‘ulot.
Matnni o'rganishda psixolingvistik yondashish (she’riy asarlar asosida)

Hozirgi kunda psixolingvistik tahlil, matnning o’quvchiga va tinglovchiga ruhiy ta’siri borasida ko’p izlanishlar ketmoqda, ko‘p tilshunoslar til faktlarini to‘liq tushunish uchun lingvistika ramkasidan chiqib, individning psixik jarayonlari doirasiga kirish lozimligini ta’kidlamoqdalar.


Berilgan matnlarni talabalar quyidagi jihatlardan tahlil qilishlari kerak:



  1. Sintaktik tahlil (tema va rema munosabati)

  2. Statistik tahlil (turkumlar, hissiy-bo’yoqdor so’zlar salmog’i)

  3. Assotsiativ tahlil

Onamga xat
Muhammad Yusuf
Men sizni oʻylayman shomu saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmayman,
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmayman.
Men siz aytgandayin hammani sevdim,
Hammaga ishondim, mana oqibat:
Oʻz doʻstim uyiga koʻmildi sevgim,
Kun boʻlib koʻksimni kuydirdi nafrat.
Boshimdan oʻtgani koʻkka ham ayon,
Yulduzlar qiqirlab kular oqbadan:
Men – zangor yaylovda olis, bepoyon,
Uyuridan ajrab qolgan qulunman…
Mana, men ketyapman tosh yoʻlda koʻzim,
Qadamim moshinlar yoʻrgʻasiga mos.
Yigʻlasam yupatib oʻzimni oʻzim,
Pishqirib qoʻyaman toychoqlarga xos.
Va sizni oʻylayman shomu saharda,
Ona, sogʻinsam ham bora olmasman.
Tunlari charogʻon shunday shaharda
Hech kimga koʻnglimni yora olmasman…
Ha, sevgi haqida. U dilga ne zeb,
Kuyinmang, ne iloj qilmasa nasib,
Baxtimga hamisha Siz sogʻ boʻling deb,
Sogʻingan oʻgʻlingiz – Muhammad Yusuf.
Mirtemir
SEN ONA…

Alisherga alla aytib uxlatgan


Sen — ona.
Og’ushida Bobur kamolga yetgan
Sen — ona.
Torobiyni og’ir jangga jo’natgan
Sen — ona.
Olamni nurida munavvar etgan
Sen — ona.
Yig’lasa, dunyoni raso titratgan
Sen — ona.
Kulgisi saodat parvarish etgan
Sen — ona.
Daholar beshigin bedor tebratgan
Sen — ona.
Mehri bahorida elni yashnatgan
Sen — ona.
Yagona o’g’lingni jo’natding jangga,
Bo’l bardam, ona!
Onaday oshiq yo’q ona Vatanga,
Muhtaram ona…

SHUHRAT
O, ONA…


Zulfiyaga


Ko’z ochib olamga kelgandan beri


Nelarni ko’rmadi bu boshim mening.
Ozmi-ko’p tanidim hayotning sirin,
Qirqqa ham yetibdi bu yoshim mening.

Yildan-yil orttirdim talay do’stu yor,


Hurmatlab dedilar, «do’stim», «o’rtog’im»,
Ulg’aydim: ko’ksimga bosh qo’yib dildor,
U dedi: «Baxtimsan, suyangan tog’im!..»

O, ona, hech biri emasdur shirin


«Bolam!» deb bir og’iz aytgan so’zingdan!
O, ona mehringda quyosh yashirin,
Ne ajab gul unsa har bir izingda!

Nazorat uchun savollar



  1. Psixolingvistika – nutqiy faoliyat haqidagi fan

  2. Psixolingvistikaning tushunchaviy-terminologik apparati

  3. Psixolingvistikaning shakllanishi va rivojlanish tarixi

  4. Psixolingvistikaning mustaqil fan sifatida shakllanishi.

  5. Amerika psixolingvistik maktabi

  6. Bixeviorizm, neobixeviorizm

  7. Transformatsion-generativ grammatika maktablari

  8. Tranformatsion model

  9. Nutq ontogenezi

  10. Bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari.

  11. Nutqiy faoliyat va uning turlari

  12. Nutqiy faoliyatning predmetlik (psixologik) mohiyati.

  13. Nutq yaratilishi

  14. Ichki nutq.

  15. Nutq idroki (matnni tushunish)

  16. Matnni psixolingvistik yondashuv asosida o‘rganish

  17. Matn – kommunikatsiya akti

  18. Psixolingvistik tadqiqot metodlari

  19. Assotsiativ ekperiment va uning turlari.

  20. Gap va matnning eksperimental tadqiqi.

  21. Psixolingvistikadagi transformatsion yo‘nalish tadqiqotlari

  22. Patopsixolingvistika

  23. Afaziya va uning turlari.

  24. Alaliya va uning ko‘rinishlari.

  25. Nutqning fiziologik markazlari.

  26. Etnopsixolingvistika

  27. Noverbal nutqning milliy-madaniy xususiyatlari.

  28. Bilingvizm va uning turlari.

  29. Madaniyatlararo muloqot.

  30. Badiiy matnning psixolingvistik tahlili

  31. Psixolingvistika konsepsiyalari, ta’limotlari, masalalari va metodlari

  32. Psixolingvistika masalalari va metodlari

  33. Psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan munosabati

  34. Psixolingvistikaning tushunchaviy-terminologik apparati

  35. Psixolingvistikaga oid terminlar bilan ishlash

  36. Psixolingvistikaga oid terminlar qisqacha lug’atini tuzish yo’llari

  37. Psixolingvistikaga oid xorijiy ilmiy tadqiqotlar tahlili

  38. Psixolingvistikaga oid mahalliy ilmiy tadqiqotlar tahlili

  39. Psixolingvistikada assotsiativ qarashlar.

  40. Psixolingvistikada tranformatsion oqimlar

  41. Psixolingvistikada madaniy-tarixiy oqimning yuzaga chiqishi (L.Vigotskiy)

  42. Tilni o‘zlashtirish (nutq ontogenezi) haqidagi qarashlar

  43. Nutqiy faoliyat mexanizmi

  44. Nutq yaratilishi modellari

  45. Nutqiy faoliyat tuzilishi

  46. Bola nutqining shakllanish bosqichlari

  47. Bola nutqining shakllanishiga bog’liq pedagogikaga oid ilmiy tadqiqotlar tahlili

  48. Muallif – matn – retsipiyent uchligi

  49. Ijtimoiy tarmoqlardagi matnlar psixolingvistik tahlili

  50. Matn ifodasida aniqlik, mantiqiylik.

  51. Assotsiativ metod

  52. Afaziya va uning turlari

  53. Til va madaniyat belgilarining psixikada aks etishi

  54. Insonning lisoniy qobiliyati va uning o'rganilishi.

  55. Ruhiy holatning matnni tushunishga ta’siri.

  56. Matnning kognitiv xaritasi.

  57. Psixolingvistikaning zamonaviy yo'nalishlari.

  58. Faoliyatning psixologik nazariyasi.

  59. Psixolingvistikaga oid terminlarni yig’ish va tahlil qilish

  60. Matnni o'rganishda psixolingvistik yondashish (she’riy asarlar asosida)

  61. Nutqiy faoliyat.

  62. Insonning lisoniy qobiliyati va uning o'rganilishi.

  63. “Mental leksikon” tushunchasi.

  64. Bolalar nutqi tahlili (bolalar she’rlari asosida)

  65. Nutqiy faoliyat mexanizmlari.

  66. Kommunikativ va kognitiv bilish.(badiiy asarlar asosida)

  67. Ruhiy holatning matnni tushunishga ta’siri. (badiiy asarlar asosida)

  68. Matnning kognitiv xaritasi. (badiiy asarlar asosida)

  69. Psixolingvistikaga oid terminlar qisqacha lug’atini nashr etish



1 Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. -Л., Изд. ЛГУ, 1989. –С. 17.

2Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. -Л., Изд. ЛГУ, 1989. –С. 17-18.

3 Выготский Л.С. Избранные психологические исследования. Мышление и речь. Проблемы психологического развития ребенка. –М., 1956. –С. 63.

4 Пиаже Ж. Схемы действия и усвоение языка // Семиотика. –М., 1983. –С. 133-136.

5 Пиаже Ж. Речь и мышление ребёнка. –М.-Л., 1932.

6Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. –C. 36.

7Ko‘rsatilgan asar, 38-bet.

8Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. –C. 36.

9Ko‘rsatilgan asar, 38-bet.

10 Выготский Л.С. Избранные психологические исследования. Мышление и речь. Проблемы психологического развития ребенка. –М., 1956. –С. 63.

11 Пиаже Ж. Схемы действия и усвоение языка // Семиотика. –М., 1983. –С. 133-136.

12 Пиаже Ж. Речь и мышление ребёнка. –М.-Л., 1932.

13Osgood Ch.E. Psycholinguistics // Psychology: a Study of Science. –New York, 1963. V.6.

14 Сахарный Л.В. Введение в психолингвистику. -Л., Изд. ЛГУ, 1989. –С. 41-43.

15 Выготский Л.С. Мышление и речь // Собр. соч.: в 8 т. –М., 1982. Т.2. –С. 305.

16Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. –C. 81.

17Лурия А.Р. Речь и мышление. –М., 1975.

18Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. –C. 82-83.

19Ñàõàðíûé Ë.Â. Ââåäåíèå â ïñèõîëèíãâèñòèêó. -Ë., Èçä. ËÃÓ, 1989. –Ñ. 19-20.

20 https://studopedia.ru/9_201797_tekst-kak-edinitsa-kommunikatsii.html

21 https://cyberleninka.ru/article/n/metody-issledovaniy-v-psiholingvisticheskoy-paradigme

22 О.В. Митина, А.С. Евдокименко МЕТОДЫ АНАЛИЗА ТЕКСТА: МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВАНИЯ И ПРОГРАММНАЯ РЕАЛИЗАЦИЯ. // https://dspace.susu.ru/xmlui/bitstream/handle/0001.74/3143/3.pdf

23 Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностей высших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010. –С. 51.

24 https://postnauka.ru/faq/76344

25 Ibodullayev Z. Tibbiyot psixologiyasi. – Toshkent: Zamin Nashr, 2019. 181-182-b.

26 http://koi.tspu.ru/koi_books/sedokova/5.4.htm

27Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностей высших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010.–С.136-137.

28 Уорф Б. Л. Отношение норм поведения и мышления к языку // Новое в зарубежной лингвистике. –М., 1960. –Вып. 1. –С. 174.

29 Красных В.В. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. Лекционный курс. –М.: Гнозис, 2002. –С. 16-17.

30 Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностей высших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010. –С. 161.

31 Красных В.В. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. Лекционный курс. –М.: Гнозис, 2002. –С. 21.

32 Красных В.В. Этнопсихолингвистика и лингвокультурология. Лекционный курс. –М.: Гнозис, 2002. –С. 23-24.

33 Кавинкина И.Н. Психолингвистика. Пособие для студентов педагогических специальностейвысших учебных заведений. –Гродно: ГрГУ, 2010. –С. 162-163; Белянин В. П. Психолингвистика. –М., 2004. –C. 163

34  Лысакова И.П. Язык газеты: социопсихолингвистический аспект. –Л., 1981, Леоньтев А.А. Психолингвистические единицы и порождение речевого высказывания.-М., 1969, Евчик Н.С. Перцептивная база текста: теоретические и прикладные аспекты формирования. –Минск, 2001, Штерн А.С. Перцептивный аспект текста. -Л., 1990, Дроздова Т.А. Психологические особенности понимания текста как процесса // Психологические механизмы порождения и восприятия текста. Сборник научных трудов МГИИЯ.Вып.23.-М., 1985.-С.106-120.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin