Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə31/46
tarix13.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#113110
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
Психолингвистика Мажмуа2021

3. Sensomotor alaliya– sensor va motor alaliyaning kombinatsiyasidan vujudga kelgan bo‘lib, unda turli darajada eshitish va dvigatel buzilishlari mavjud bo‘lib, eng og‘ir nutqiy nuqson hisoblanadi.

Agrafiya


yozishning buzilishi. Eksner 1881-yili birinchilardan bo'lib bosh miyada alohida yozish markazi borligini aytib o'tgan. Ammo Vernike va Dejerin alohida yozish markazi borligini inkor qilishgan. Agrafiya atama1885-yili Benedikt tomonidan taklif qilingan. Xenshen 1922-yili ikkinchi :peshona pushtasining orqa qismi zararlanganda agrafiya kuzatilishini aytgan. Nelson (1946) yozish qobiliyati ikkinchi va uchinchi peshona pushtairining orqa qismi, burchak pushtasi va ularni bir-biri bilan bog'lovchi : yo’llar zararlanishi hisobiga buzilishini ta'kidlab o'tgan. A.R. Luriya (1973) bosh miyaning ensa sohasi, pastki parietal va yuqori chakka pushtasining qa qismlari zararlanganda agrafiya kuzatilishini aniqlagan. Shuningdek, afaziyada agrafiyaning o'ziga xos xususiyatlarini o'rgangan. A.R. Luriya afaziyada agrafiya kuzatilishining sababi qilib, so'zlarning tovush tarkibini unlil qilish, kinetik va kinestetik mexanizmlari buzilishiga urg'u bergan. Yozish qobiliyati dastlab og'zaki nutqdan alohida rivojlanadi va keyinchalik nutq takomillashishi bilan chambarchas bog'lanib ketadi. Yozish va og’zaki nutqning kelib chiqishi, shakllanishi, kechishi, mazmuni va funksiyasi bo'yicha bir-biridan farq qiladigan tomonlari juda ko'p. Masalan, bola 1 yoshga yetganda og'zaki nutqqa ega bo'la boshlasa, yozishni, odatda, 5-7 :shdan boshlaydi. Og'zaki nutq kattalar bilan muloqot negizida rivojlansa, yozma nutq ongli ravishda o'tkaziladigan mashqlar asosida shaklanadi. Avvaliga bola biror so'zni yozish uchun har bir harfning tovushini ajratadi, o'sha harfning tuzilishini ko'z oldiga keltiradi, yozadi va eslab qoladi. Yozish jarayoni bolaning miyasiga singgan sayin uni ongli tarzda : ishqarish shartbo'lmay qoladi, yozish borgan sayin avtomatlashib borava go'yoki «beixtiyoriy» jarayonga aylanadi. Buning natijasida xatning tuzilishi ham, husnixat ham o'zgarib boradi.
Yozma nutqning talaffuz etilmasligi emas, balki fikrlanishi uni og'zaki nutqdan ajratib turadi. Yozma nutqning o'ziga xos xususiyatlari bor. Yozma nutq og'zaki nutqqa qaraganda biroz ixtiyoriy. Agar tovush og'zaki nutq:a avtomatlashgan bo'lsa, odam yozishni o'rganayotganda o'sha tovushni maydalab, analiz va sintez qilib yozadi. Yozma nutq aniq maqsadga yo'natirilgan ongli jarayon. Yozma nutqni o'zlashtirish uchun asosiy ahamiyatga ega bo'lgan jarayonlar mustaqil nutqni egallash va uni anglashdir.
Og'zaki nutq, odatda, so'zlash funksiyasini bajaradi, masalan, suhbat paytida. Yozma nutq yozish orqali fikrni bayon qilish, yozish orqali boshqaar bilan muloqotda bo'lish vazifasini o'taydi. Agar yozma nutq mexanizmarini tahlil qiladigan bo'lsak, yozish jarayonining birinchi va asosiy tarkibi bu so'zning tovushini tahlil qilish, ya’ni so'z tovushlaridan alohida fonemalarni ajrata olish demakdir; ikkinchidan, so'zdan ajratib olingan har bir tovushning harfini tanish operatsiyasini amalga oshirish; uchinchidan esa har bir harfning optik tasavvuri grafikasini yaratish demakdir.
Yozma nutq quyidagi bosqichlardan o'tadi: 1) yozish uchun niyatning paydo bo'lishi; 2) nima haqida yozish; 3) qanday yozish; 4) tovushni harfga aylantirish; 5) yozish jarayonini boshqarish. Yozayotgan paytda tovushni harfga aylantirish, o'qiyotgan paytda harfni tovushga aylantirish murakkab psixofiziologik jarayonlar hosilasidir.
Yozish jarayoni akustik, optik, kinestetik, kinetik analizatorlarning birgalikda ishlashi hisobiga kechadigan jarayon. Tovushlarni tahlil qilish esa akustik va kinestetik analizatorlarning birgalikdagi ishlashi hisobiga amalga oshiriladi. Tovushlarni harflarga aylantirish akustik, kinestetik, optik analizatorlar hisobiga, harflarni yozish esa optik, fazoviy va harakat analizatorlari orqali amalga oshiriladi. Demak, yozish buzilishi miyaning peshona bo'lagi, uning mediobazal sohasi, chakka, pastki parietal va ensa sohasining oldingi qismi zararlanganda kuzatiladi. Dastlab bemorning harflarni unutish, o'tkazib yuborish, boshqa joyga yozish, boshqa harf bilan almashtirish, konfiguratsiyasini o'zgartirib yuborish kabi shikoyatlari so'raladi.
Agrafiyani tekshirish
1. Avtomatlashgan yozuv.
Familiyasi, ismi, otasining ismi: Qobulov Davron Olimovich.
2. Harflarni yozish.
Bosma harflarni ko'chirib yozish (bittali, juftli).
Harflarni verbal topshiriq orqali yozish (bittali, juftli).
n, t, о, 1, s, a, sa, In, tr, och, do, be, ds.
3. So'zlarni yozish.
4. So'zlarni ko'chirish: lola, bog', piyola, lagan, baliq.
5. Verbal topshiriq orqali oddiy so'zlarni yozish: ot, oyna, odam.
Verbal topshiriq orqali muxolif fonemalarni yozish.
Olam-odam, sanam-salom, tirnoq-turmoq.
6. Verbal topshiriq orqali murakkab so'zlarni yozish.
Urbanizatsiya, signalizatsiya, sivilizatsiya.
7. Jumlani yozish.
8. Jumlani ko'chirish: quyosh chiqdi.
9. Jumlani verbal topshiriq orqali yozish: yomg'ir yog'moqda. yozish buzilishining turlariga qarab topik tashxis aniqlanadi va xulosa yoziladi.
Apraksiya
Apraksiya maqsadga yo'naltirilgan ixtiyoriy harakatlarni bajara olmaslik. Qo'llarda falajlik bo‘lmasa-da, bemor biror bir maqsadni ko'zlagan rakatlarni bajara olmaydi. Masalan, bemor gugurt qutilaridan uychalar, gugurt cho'plaridan kvadrat, romb, uchburchak yasay olmaydi. Kiyinish, . gmasini taqish, ovqatni qoshiqda og'zigacha olib kelish kabi maqsadga yo’naltirilgan oddiy harakatlar mushkul bo'lib qoladi.
Apraksiya tasnifi 1905-yili X. Lipmann tomonidan taklif qilingan bo'lib, hozirgi kungacha ba’zi davlatlarda qo'llab kelinadi. U apraksiyaning 3 turini ajratgan: 1) ideator apraksiya harakat to'g'risidagi g'oyaning buzililishi, parchalanishi; 2) kinetik apraksiya harakatning kinetik mexanizmi buzilishi; 3) ideomotor apraksiya harakat qilish haqidagi maqsadni, harakatni bajarish markaziga uzatishning buzilishi.
Ideator apraksiyani Lipmann bosh miyaning diffuz zararlanishi bilan bog'lagan bo'lsa, kinetik apraksiyani premotor sohaning pastki qismi zararlanishi bilan, ideomotor apraksiyani esa tepa bo'lagi zararlanishi bilan bog'lagan.
Dinamik apraksiya
Konstruktiv apraksiya
Total apraksiya
Yuz apraksiya
Ideator apraksiya
Ba’zi mualliflar oral, barmoqlar, tana va kiyinish apraksiyasi turlarini farq qilishadi. A.R. Luriya apraksiyaning 4 turini ajratib o'rgand: 1) kinestetik apraksiya; 2) fazoviy apraksiya yoki apraktoagnoziya; 3 kinetik apraksiya; 4) regulyator (prefrontal) apraksiya.
1. Kinestetik apraksiya bosh miya chap yarim sharining pastki parietal sohasi zararlanganda rivojlanadi. Bunda falajliklar bo‘lmasa-da, harakatning kinestetik mexanizmi izdan chiqadi. Bemor piyolaga choyning qanda. quyilishi yoki shakar qoshiq bilan qanday olinadi-yu, piyolaga solib qanday eritilishini zarur narsalarsiz ko'rsatib bera olmaydi. Bunday paytda fazoviv harakatlar saqlangan bo'ladi, lekin harakat jarayonining proprioreseptiv (kinestetik) mexanizmi ishlamaydi. Shuning uchun kinestetik apraksiyani tekshirganda, bemorning ko'zi yumilgan holatda bo'lishi kerak. Chap yarim shar zararlansa, kinestetik apraksiya ikki tomonlama, o'ng yarim shar zararlansa, bir tomonda, ya'ni faqat chap qo'lda ro'y beradi.
2. Fazoviy apraksiya yoki apraktoagnoziya harakatning fazoviy tasavvuri, ya'ni «yuqori-quyi», «chap-o'ng» kabi tomonlarni farqlashning buzilishi oqibatida rivojlanadi. Aksariyat hollarda fazoviy apraksiya ko'ruv agnoziyasisiz kuzatiladi. Agar optik-fazoviy agnoziya fazoviy apraksiya bi¬lan birga uchrasa, unda to'la apraktoagnoziya rivojlanadi. Bemorda holat apraksiyasi, kiyinish va yotadigan joyni tartibga keltirish apraksiyasi ham kuzatiladi. Ularga ko'ruv nazorati yordam bermaydi. Harakatlarni bajarishda bemorning ko'zi ochiq yoki yopiq holatda bo'lishi ahamiyatli emas. Bemor oddiy shakllar aylana, kvadrat, uchburchakni chiza olmaydi. Apraktoagnoziya chap yarim shaming tepa-ensa sohasi, aniqrog'i, 19va 39-maydonlar zararlanganda yoki ikkala yarim shaming oksipitoparieta. sohalari zararlanganda kuzatiladi.
3. Kinetik (dinamik) apraksiyada bemor chizish, yozish yoki barmog'i bilan buyruq berish kabi oddiy harakatlarni bajara olmaydi. Kinetik apraksiya premotor soha (6-8-maydonlar) zararlanganda rivojlanadi. Bu apraksiya uchun harakat perseveratsiyalari ya’ni bir harakatda to'xtab qolib uni hadeb takrorlayverish xos. Tekshirish usullari tepada batafsil keltirilgan.
4. Regulyator (prefrontal) apraksiya chap peshona bo'lagining prefrontal sohasi zararlanganda kuzatiladi. Mushaklar tonusi va kuchi saqlangan bo'ladi, lekin harakat dasturi buziladi, har qanday harakatning bajarilishini ongli tarzda nazorat qilib bo'lmay qoladi. Bemor birinchi harakatdan ikkinchisiga bemalol o'ta olmaydi. Masalan, kvadratni chizib, ketidan uch¬burchakni chizish talab qilinsa, bemor uchburchak o'rniga kvadrat chizib qo'yadi.
3.12. Demensiya
Demensiya kognitiv funksiyalarning orttirilgan buzilishi. Demensiya bosh miyaning og'ir zararlanishlari sababli rivojlanadi. Kognitiv funksiyalar deganda, diqqat, xotira, tafakkur, idrok, nutq, gnozis, praksis kabi oliy ruhiy funksiyalar tushuniladi. Demak, demensiya tafakkurning orttiril¬gan buzilishi, u tug'ma bo'lmaydi. Aqliy faoliyatning rivojlanishdan orqada qolishiga esa oligofreniya deb aytiladi. Shuning uchun tug'ilgandan buyon kognitiv buzilishlar aniqlangan bolalarga oligofreniya tashxisi qo'yiladi.

Nazorat uchun savollar


1. Neyropsixologiya faniga ta'rifbering.


2. Neyropsixologiya faniga kimlar asos solgan?
3. Neyropsixologiya fani tarixi haqida so'zlab bering.
4. A.R. Luriya neyropsixologiya faniga qanday hissa qo'shgan?
5. Agnoziya va uning qanday turlari bor?
6. Nutq markazlari va afaziya haqida so'zlab bering.
7. Agrafiya nima, uning qanday turlarini bilasiz?
8. Apraksiya haqida so'zlab bering.
9. Demensiya sabablarini ayting.
10. Demensiya klinikasini so'zlab bering.
10-ma’ruza: Nutqning fiziologik markazlari.

Reja:
1. Nutq markazlari


2.  Markaziy nutq funktsiyasi
3 .Periferik nutq tizimlari
4. Nutqni rivojlantirish bosqichlari

Tayanch so’zlar: nutq apparati, vocal apparat,


Nutqni qo'llab-quvvatlash tizimlarini ikki guruhga bo'lish mumkin: periferikva markaziy. Markaziy tarkibiga miyaning ma'lum tuzilmalari, periferik qismlarga esa vokal apparati va eshitish organlari kiradi.


Vokal apparati uchta asosiy tizimdan iborat: nafas olish organlari, og'iz bo'shlig'i va burun. Nafas olish organlari havo oqimini ta'minlaydi, bu esa laringitning vokal kordlarini tebranadi, tebranishi tovush to'lqinini yaratadi. Nafas olish organlari o'pkalarni va ularni harakatlantiruvchi mushaklarni, shu jumladan diafragmani o'z ichiga oladi, ular yuqoriga kavislangan holda o'pkaga pastdan bosadi va turli kuchlarning individual ekshalasyon zarbalarini keltirib chiqaradi, bu esa nutqning bo'g'inlarini talaffuz qilishni ta'minlaydi. Qovoqqa havo etkazib beradigan bronxlar va nafas olish tomoqlari xuddi shu tizimga tegishli.
Gırtlak nafas olish tomoqining davomidir. U gorizontal tekislikda joylashgan to'rtta xaftaga orqali hosil bo'ladi vokal arqonlari. Vokal arqonlari nafas olish tomog'idan chiqadigan havo oqimi orqali tebranuvchi harakatga keltiriladigan ikkita elastik mushaklardir. Vokal kordonlar joylashuvi va ular biriktirilgan xaftaga tushadigan harakatchanligi tufayli ikki xil o'zgarishlarni amalga oshirishi mumkin. Birinchidan, vokal simlari tortilishi yoki bo'sh qolishi mumkin. Ikkinchidan, ular bir-biri bilan yopilishi yoki uchlarida ajralishi mumkin, shunda ular orasida bo'shliq hosil bo'ladi, ular glottis deb ataladi. Ushbu xususiyatlar tufayli quyidagilar yuzaga keladi: agar vokal kordonlari bir-biriga cho'zilgan va bir-biriga tortilgan bo'lsa, ya'ni glottis yopiq bo'lsa, ekshalatsiyalangan havo bir-biriga qarama-qarshi ligamentlarning chetlari orasidan o'tib, ularni tebranishga olib keladi va bu o'z navbatida vokalni hosil qiladi. to'lqin; agar ligamentlar cho'zilmasa va glottis yopilmasa, unda havo hech qanday tovush chiqarmasdan erkin o'tadi. Og'iz bo'shlig'i og'iz bo'shlig'ida paydo bo'lgan tovush to'lqinlarining asosiy rezonatoridir. Og'iz bo'shlig'ining hajmi va shaklini o'zgartirib, har xil tovushli tovushlar hosil bo'ladi. Og'iz bo'shlig'i, shuningdek, havo oqimida to'siqlarni keltirib chiqaradigan va bu to'siqlarni engib, undosh tovushlar chiqaradigan organ.
Burun bo'shlig'i qo'shimcha rezonator vazifasini o'taydi, o'tish yo'li palatin pardasi bilan ochilishi yoki yopilishi mumkin (osmonning orqa qismi). Birinchi holda, burun tovushlari deb ataladi - m, n. Ikkinchi holda, tovushlar burunga xosdir.
Artikulyar tovushlarni talaffuz qilish qobiliyatini rivojlantirish ularni idrok etish qobiliyatining rivojlanishi bilan bog'liq. Agar odam bir vaqtning o'zida eshitish organlari rivojlanmagan bo'lsa, ovozli nutqni bila turib, vokal apparatining bunday darajasiga erishishi dargumon. Diqqat bilan gapirishni o'rgangan kishi, nimani aytayotganini tushundi va tushundi. Agar maymunning miyasi va inson miyasini taqqoslasak, odam eshitish korteksi maymun korteksiga nisbatan ancha katta ekanligini bilib olamiz. Bu farqlar nafaqat miqdoriy ko'rsatkichlarda - eshitish maydonining oshishi bilan ifodalanadi. Ushbu sohada odam o'ziga xosdir nutq markazlari.
Timpanik membranada joylashgan Corti organini miya bilan bog'laydigan neyron yo'llar Geschl girusida tugaydi. Agar ushbu konvulsiyalarning ma'lum bir joyi funktsiyalari buzilgan bo'lsa, odamda tegishli eshitish hissi yo'qoladi. Masalan, ularning ichki qismlariga shikast etkazish yuqori tovushlarga nisbatan eshitish qobiliyatini yo'qotishiga olib keladi, tashqi qismlarning buzilishi esa past tovushlarda eshitish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bu sohada Corti organining proektsiyasi va asosan eshitish hislari bilan bog'liq bo'lgan markazdir. Ushbu sezgilarning integratsiyasi birinchi va qisman ikkinchi temporal girusda joylashgan temporal lobning qo'shni hududlarida sodir bo'ladi. Aynan shu erda ma'lum bir eshitish markazi, Vernicke markazi chap yarim sharda lokalizatsiya qilingan. Agar ushbu markaz faoliyati buzilgan bo'lsa, odam so'zlarni ajratish (tanib olish) qobiliyatini yo'qotadi, garchi undagi individual eshitish hislari buzilmagan bo'lsa. Ushbu hodisa deyiladi hissiy afazi. Shuning uchun biz to'liq ishonch bilan aytishimiz mumkinki, nutq tovushlarini ajratib turadigan bu asab markazi. Shuni ta'kidlash kerak - shunga o'xshash asab markazi hayvonlarda yo'q. Bu nutqning insonning o'ziga xos funktsiyasi ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.
Wernicke eshitish markazi korteksning yana bir o'ziga xos nutq markazi - chap yarim sharning uchinchi frontal girusining orqa qismida joylashgan Brock markazi bilan bog'liq. Bu shunday nutqning motor markazi. Ushbu markazning normal faoliyatining buzilishi, odam so'zlarni talaffuz qilish qobiliyatini yo'qotganida namoyon bo'ladi. Tashqi tomondan, u har qanday tovushlarni talaffuz qilish qobiliyatini saqlab qoladi, tilini qimirlatish qobiliyatini saqlab qoladi, chunki vokal apparati harakatlari uchun mas'ul bo'lgan markaz old markaziy girusda joylashgan, ammo u "so'zlarni talaffuz qilish usullari xotirasini" yo'qotib qo'yganday tuyuladi, ya'ni odamning birlashishi. so'zlarda tovushlar. Binobarin, Brokka markazi ham insonning tarixiy rivojlanishining mahsulidir va nutq jarayoni bilan chambarchas bog'liqdir. Ushbu asab markazi faqat odamlarda mavjud va buzilgan funktsiya bilan bog'liq kasallik deyiladi motor afazi.
Yozuv, shuningdek, eshitish nutq markazlari bilan bog'liq. Eshitish nutqining buzilishi holatlarida yozma til buzilganligi aniqlandi. Shu bilan birga, yozma nutq nafaqat eshitish nutqining markazlariga bog'liq, balki yozish jarayonlari uchun nozik qo'l harakatlarining integratsiyasi markazlarining normal ishlashi ham zarur, shu jumladan: ko'rish idrokini birlashtirish markazlarining oksipital loblarida joylashgan; vizual idrokni vaqtinchalik loblar markazlarining ovozli tasvirlari bilan bog'lash uchun javobgardir; Frontal loblarning markazlarini ko'z harakatlarini tartibga solish. Bu shuni ko'rsatadiki, nutq faoliyatining barcha shakllari individual miya markazlari tomonidan emas, balki miya yarim korteksining ko'p qismlarini birlashtirgan murakkab tizim orqali boshqariladi.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin