Akkulturatsiya – madaniyatlarning o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, u biron bir xalq yoki biron bir xalq vakili tomonidan boshqa xalq madaniyatining to‘liq yoki qisman qabul qilinishini ifodalaydi.
Akkulturatsiya quyidagi bosqichlarga ajraladi:
1. Boshlang‘ich bosqich – inson chet elga ketish arafasida hayajon, quvonch yoki xavotir va tashvishga tushadi. Boradigan mamlakat haqida ma’lumotlar to‘playdi, til bilan chuqurroq tanishadi.
2. Insonning yangi mamlakatga kelganining dastlabki kunlarida bu mamlakat madaniyatiga ko‘nikish bosqichi. Bu davrda inson o‘zini musofir his qilib, mazkur mamlakat madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini umuman qabul qilmasligi mumkin.
3. Moslashuv bosqichi. O‘zini musofir his qilgan inson o‘zga madaniyat bilan murosa qilishga boshlaydi.
4. Osoyishtalik bosqichi ba’zan xorijiy davlatga kelganiga 2-3 yil bo‘lganidan so‘ng boshlanishi mumkin. Insonda mazkur mamlakat haqida u yoki bu darajada obyektiv fikrlar shakllanadi.
5. Uyga ketish arafasidagi moslashuv bosqichi. Bu davrda uyiga qaytishi kerak bo‘lgan insonda bir xillik muammolari bilan bog‘liq qattiq hayajon alomatlari rivojlanadi. Ya’ni u hali xorijlik bo‘lgani holda xayoli uyida bo‘ladi.
6. So‘nggi bosqich – qaytishga moslashuv. Xorijdan uyiga qaytgan insonning holati, ya’ni uyiga qaytgan inson o‘z yurtida o‘zini begonadek his qiladi. Ko‘pincha, xorijdagi xotiralari bilan yashaydi, u yerda ko‘rganlarini hozir ko‘rayotganlari bilan qiyoslaydi.
Madaniyatlararo muloqotda madaniy shokka o‘xshash bo‘lgan lingvistik shok hodisasi ham kuzatiladi. Lingvistik shok ona tili uchun kulgili, g‘alati va odobdan tashqari hisoblangan lisoniy birliklar qo‘llanilgan xorijiy nutqni eshitgan insonning hayratlanish, kulish yoki xijolat bo‘lish holati. Masalan, turk tilida düşmek “yiqilmoq”ni, o‘zbek tilida tushmoq “yuqoridan, balandlikdan pastga tomon yo‘nalmoq; biron transportdan tushmoq va h.k.” yoki zor “juda qiyin”, zo‘r “juda yaxshi” ma’nolarni ifodalaydi. Koreys tilida oppa akani, o‘zbek tilida bunga qarama-qarshi ma’nodagi so‘zni anglatadi. Tillararo bunday omonimiya hodisasi “tarjimonning aldoqchi do‘stlari” muammosi sifatida tasvirlanadi.
12-ma’ruza: Noverbal nutqning milliy-madaniy xususiyatlari.
Reja:
1. Noverbal nutq tushunchasi
2. Imo-ishora tili
3. Noverbal nutqning tasnifi
4. Noverbal nutq tarkibi
Tayanch so’zlar: : imo-ishora, mimika, pantomimika, exologik, ya‘ni aks sado, signifikatsiya, daktilogik (barmoq nutqi).
Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko’rinishlarga ajratish mumkin: imo-ishora, mimika, pantomimika, exologik, ya‘ni aks sado, signifikatsiya, daktilogik (barmoq nutqi).
Inson Yer yuzasidan hayot va faoliyat ko’rsatish davrining dastlabki pallasida asosiy nutq turi sifatida imo-ishora alohida ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma‘lum axborotlarni shaxslararo munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, lekin ma‘noli, mazmunli nutq turi imo-ishorali nutq deyiladi. Masalan, o’zbeklarda fikrni tasdiqlash old tomonga bosh siltash bilan ifodalansa, xuddi shu ma‘noni bulg’orlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. Aksariyat hollarda imo-ishora his-tuyg’usiz namoyon bo’ladi va shaxslararo munosabatning tub ma‘nodagi ham quroli, ham vositasi funksiyasini bajarib kelgan. Lekin uni his-tuyg’usiz deb nomlash ham ilmiy-amaliy qiymatini pasayishiga olib keladi, bu holat uning ijtimoiy funksiyani o’zida aks ettiradi, shaxslararo munosabat mag’zini tashkil etib kelgan, ba‘zida hozirgi zamonda ham undan keng ko’lamda foydalaniladi.
Yuz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok qilish, o’zgalar fikriga javob qaytarish, tana a‘zolari rangining o’zgarishi hisobiga shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo’luvchi noverbal nutq turiga mimika deyiladi. Tabassum, jilmayish, miyig’ida kulish, lab qisish va cho’chaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, xullas turli psixologik holatlarni, ayniqsa hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, perseptiv xususiyatli nutq turi mimika bo’lib hisoblanadi. Mimika yordami bilan haqgo’ylik, quvlik, yoqtirish va yoqtirmaslik, samimiylik va ikkiyuzlamachilik, hasad, quvonch, qayg’u, baxtiyorlik singari yuksak tuyg’ular namoyish etiladi.
Xush yoki noxush kechinmalar aks etilayotganligidan kelib chiqqan holda muomala jarayoni yoki qisqa muddatli, uzoq muddatli vaqt mezonini namoyon qiladi, ayanch, baxt hislarini ifodalab keladi. U mono vaziyatni, diada, triada, poliada ko’rinishidagi shaxslararo munosabat shakllarini yaqqol aks ettiradi, fikrni uzatish, qabul qilish, ta‘sirlanish, ruhlanish kabi funksiyani bajaradi. Hayotiy tajribaning ko’payishi bilan ichki kechinmalarni (interiorizatsiyalash) tashqi voqea hodisalarga almashtirish(eksteriorizatsiyalash) bilan yakunlanadi, ko’pincha individual va ijtimoiy tarbiya vazifasini bajaradi. Yuz harakatlari, tana a‘zolari, qaddi-qomat yordami bilan fikrlarni uzatish, syujetli qoidali, ma‘noli, dramatik kechinmali noverbal nutq turiga pantomimika deb ataladi. O’z mohiyati ko’lami bilan mimikadan ustuvor xususiyatga ega bo’lib, axborotlar, intim holatlar, murakkab kechinmalar yuzasidan o’zgalarga ma‘lumot uzatish tarzida hukm suradi. Insonda turmush tajribasi ortib borishi, kasbiy faoliyat mazmunini rollarga va syujetga asoslangan holda ssenariysini yaratish, vaziyatga qarab qisqa va uzoq muddatli informativ funksiya bajaradi. Pantomimika yumor hissini, qo’rqinch tuyg’usini, zahmat obrazini, dahshat kechinmasini o’zida aks ettirib, ko’pincha kommunikativ funksiyani ijro qiladi, hissiy aloqa o’rnatish orqali taassurotlar mukammalligi ta‘minlanadi.
Tashqi ta‘sirlanish va uning teskari aloqasi kulgida, ko’z yoshlarida (xoh quvonchli, xoh qayg’uli bo’lishidan qat‘i nazar) ifodalanib, assotsiatsiyalarni jonlantiradi va ko’lamini kengaytiradi. Pantomimika sahna harakatiga nisbatan qobil, iste‘dodli, iqtidorli, salohiyat namunasini namoyish etib, maxsus qobiliyatli shaxslar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda ijroqilinadi, lekin istisno tariqasida o’qituvchilik faoliyatida ham unumli foydalaniladi. Yaqqol ruhiy hodisalar, holatlar, xususiyatlar, shaxsning fazilatlari, pantomimika ijrosi davomida faoliyat subyekti tomonidan bajariladi.
Ayrim his-hayajonli shartli tovushlarda mujassamlashgan axborot uzatish va qabul qilish maqsadini amalga oshiruvchi, tabiiy to’siqlarga urilib qaytuvchi aloqa vositasiga exologik yoki sado nutqi deyiladi. Exologik yoki aks sado nutq turi bir tomonlama aloqa (tog’-inson, inson-jism) negizida vujudga keladi, ko’pincha individual tovush harakati javob, masofa funksiyasini ijro etadi. Lekin aks sadoorqali tog’larda, qalin o’rmonlarda ikki yoki undan ortiq kishilar o’rtasida aloqa quroli sifatida muayyan ahamiyat qozonadi. Fazoviy tasavvur qonuniyati asosida shaxslararo munosabat o’rnatiladi, ma‘lum shartli belgilari o’zaro bilvosita muloqot vositasi rolini ijro qiladi. Ekstremal favquloddagi hodisalar yuz berishi jarayonida shartli tovushlardan tuzilgan aloqa usulidan foydalaniladi. Tovushlarning qaytishi fazoviy chamalash, muayyan mo’ljal olish uchun xizmat qiladi, qo’rqinch, hayajon, umid, ishonch tuyg’ularining aloqaga kirituvchi shaxslar ruhiy dunyosida mujassamlashishini ta‘minlaydi. Noverbal turkumga kiruvchi signifikatsiya boshqalardan o’z tuzilishi, mazmuni, shakli bilan keskin ajralib turadi. Aniq shartli alomatlar orqali muayyan mantiqiy yuklamani o’zida aks ettiruvchi kommunikativ xususiyatli noverbal nutq turi signifikatsiya deyiladi. U shartli belgilar, signallar, modellar shaklida ifodalanishi mumkin. Uzoq masofalarga xabar yoki ma‘lumot uzatish va qabul qilish vositasi sifatida Morze alifbosi va shunga o’xshash ―sun‘iy tilnomi bilan mashhur kommunikativ manbalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Har bir ―signal o’z ko’lami, takrorlanish sur‘ati, tembri, chastotasi bilan muayyan ma‘lumot uzatish yoki qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lib, shartli alomatlar negizida mazmun yoki mohiyat yotadi (―doza‖, ―porsiya‖ deb nomlanadi). Morze alifbosi va shunga o’xshash hozirgi zamon aloqa qurilmalari qo’l yordami bilan (asbobni bosish orqali) xabar uzatishga yoki qabul qilishga mo’ljallangan. Hozirgi zamon ratsiyalari ham xuddi shunga o’xshash kommunikatsiya quroli vazifasini bajaradi.
Noverbal nutqning yana bir turi daktiologik (barmoq) nutq deb ataladi. Inson tana a‘zolari, imo-ishoralar, mimika, xullas hissiyot yordami bilan muomala o’rnatishga qaratilgan aloqa vositasi daktiologik nutq deyiladi. So’z orqali ifodalanuvchi nutq mazmuni ma‘noli qo’l, yuz harakatlariga, ayrim hayajonli sadoga, qahr-g’azab, iliq tabassum, qahqahaga ko’chiriladi.
Harakatning takrorlanishi axborot mazmunini boyitadi, kuchaytiradi, ma‘lumotlar uzluksizligini ta‘minlab turadi. Umumbashariy xususiyatli nutq vositasi daktiologiya fani nomi bilan yuritiladi va maxsus o’qitish, o’rgatish orqali undan foydalanish ko’nikmasi hamda malakasi soqov yoki kar-soqov odamlarda shakllantiriladi. Hatto ularda savod chiqarish ham xuddi shu tamoyil negizida quriladi. Tabiat va jamiyatga nisbatan munosabat, shaxslararo muomala, ma‘lumot almashish shu nutq yordami bilan ifodalanadi.
Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika, v) pantomimika, g) daktiologik; 2) tovushli: a) exologik (aks sado), b) signifikatsiya(shartli belgilar, signallar, modellar).
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1) og’zaki, 2) yozma, 3) monologik, 4) poliologik, 5) tashqi, 6)ichki, 7) ekspressiv, 8) impressiv, 9) lakonik (qatra, yig’iq), 10) epik (yoyiq), 11) affektiv (jahl holatidagi).
Insonning ijtimoiy- tarixiy taraqqiyoti davri tahlil qilinganda genetik kelib chiqish jihatidan birlamchi qatorida og’zaki nutqni keltirish joiz. Og’zaki nutq noverbal turkumdan keyin paydo bo’lgan nutq turidan biri hisoblanadi va u shartli ravishda quyidagi nutq ko’rinishlarini qamrab oladi: monologik, dialogik, poliologik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig’iq, qatra), affektiv (his-hayajon, jahl).
Pauza, mantiqiy urg’u, temp, tembr,chastota, ritmika va boshqa tashkiliy qismlar hamda mexanizmlarni o’zida mujassamlashtirgan, tilning barcha qoidalari, qonunlari, shartli belgilar sifatida xizmat qilishga asoslanuvchi nutq turi og’zaki nutq deb ataladi.
Noverbal nutq o’zining asosiy funksiyasini bajarib bo’lganidan so’ng (uning ma‘lum tarkiblari faoliyat ko’rsatishda davom etib kelmoqda) axborot uzatish, tajribalarni egallash, insonni kamol toptirish va shunga o’xshagan vazifalar tabiiy ravishda og’zaki nutq zimmasiga yuklangan. Jarangli, jarangsiz faol, sust, his-hayajonli, monoton, yuksak sur‘atli, shivirlash ko’rinishidagi og’zaki nutq xususiyatlari va qonuniyatlarini o’zida mukammallashtirgan holda aloqa quroli, vositasi tariqasida muomala tarkiblarini aks ettiradi. Kommunikativ xususiyatli axborotlar oddiy xabar, so’rov, undov ma‘nosini anglatuvchi ma‘lumotlarog’zaki nutqning murakkab hamda rang-barang tuzilishiga ega ekanligidan dalolat beradi. Og’zaki nutq shaxslararo munosabatning puxta negizini tashkil etib, maqsadga yo’naltirilgan yoki tasodifiy vaziyatlar mohiyatidan kelib chiqib uzoq ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davrida o’z ustuvorligini saqlab kelmoqda. Tilning takomillashuvi bevosita og’zaki (jonli tilda) nutqda namoyon bo’ladi, iste‘molda eskirgan so’zlar eski (arxe) tushunchalar, atamalarga aylanib boradi. Xuddi shu bois millatga xoslik mavjudbo’lsa-da, lekin shaxslarni o’zaro katta tarixiy davr ajratib tursa, u holda bir-birlarini to’liq tushunish qiyinlashadi. Xuddi shunday holatni geografik muhit, xududiy farq, lahjalarga oidlik, shevalar, etnik alohidalikni keltirib chiqaradi, ammo axborotlarni idrok qilish va tushunishdagi bunday qiyinchiliklarni adabiy til birligi bartaraf qiladi (Xorazm, Namangan shevasi va hokazo).
Og’zaki nutq o’zining jarangdorligi, ta‘sirchanligi, axborotlarni qabul qilishdagi qulayligi, uzatilishdagi ixchamligi, toliqishning oldini olish imkoniyati mavjudligi uning keng qirrali ekanligini bildiradi.
Og’zaki nutqning dastlabki turidan biri – bu monologik nutqdir. YAkka shaxsning ichki kechinmalarini til mexanizmlariga asoslangan holda aks ettiruvchi, uning o’ziga qaratilgan (egotsentrik), ta‘sirlanishini ifodalashga va axborot uzatishga mo’ljallangan nutq turi monologik nutq debataladi. Unda shaxsiy his-tuyg’ularning ichki va tashqi shakllari uyg’unlashadi, shuningdek, o’zgalar fikrini ifodali o’qishda ham o’z aksini topadi. Odatda monologik nutqda fikrlar qisqartirilmaydi, mabodo bu qoida buzilsa, axborot ma‘nosini tushunish qiyinlashadi. His-hayajonning tashqi va ichki kechinmalari hamda ularning mexanizmlari aniq, ravon, izchil aks ettiriladi.
Diada shaklidagi munosabatlar negizida quriluvchi, ikki shaxs o’rtasida namoyon bo’luvchi, axborot uzatishga va qabul qilishga mo’ljallangan nutq turi dialogik nutq deb ataladi. Uning monologik turidan farqli tomoni fikr mohiyati nutq faoliyati qatnashchilarida anglangandan keyin u yoki bu shaklda qisqartirish imkoniyatiga ega. Uning interaktiv tomoni ko’pincha ustuvorlik qiladi, axborotlar qabul qilish va uzatish o’zaro tushuncha asosiga quriladi, aks holda muomala maromi buziladi, o’zaro fikr almashuv muddatdan oldin yakunlanadi.
Bir nechta kishilar bilan amalga oshirish mo’ljallangan, triada va poliada negiziga quriluvchi, axborot uzatish va qabul qilishga yo’naltirilgan, bahs tarkiblari ishtirok etuvchi og’zaki nutqturiga polilogik nutq deyiladi.
Muomalada muammo mohiyati har qaysi qatnashchi tomonidan anglashilgandan so’ng uning tarkiblari qisqarishi mumkin, bu esa o’zaro tushunuvni osonlashtiradi. Mazkur nutq turida ham dialogik nutqqa xos bo’lgan mexanizmlar, ta‘sir o’tkazuvchi vositalar ishtirok etib, uning ta‘sirchanligini oshirishga xizmat qiladi, shaxslararo munosabat ko’lamini kengaytiradi. Artikulyasion apparat orqali vujudga keluvchi, verbal holatlarda aks etuvchi, o’zgalarga yo’naltirilgan, har xil xususiyatli vaziyatlarda namoyon bo’luvchi nutq turiga tashqi nutq deyiladi. Tilning barcha qoidalari va qonuniyatlari unda mujassamlashgan bo’lib, uzati va qabul qilish, idrok etish va tushunishdan iborat muomala quroli, vositasi vazifasini ijro etadi. Nutq tempi, tembri, ritmikasi va chastotasi mavjudligi uchun axborotlarni tinglash va idrok qilish engilroq kechadi.
Muayyan axborotlarni tartibga keltirish, g’oyalarni yaratish, fikriy dasturni ishlab chiqishga mo’ljallangan, lekin latent davridagi ma‘lumotlar majmuasidan tuziluvchi nutq turi ichki nutq deyiladi. Ichki nutqning muhim xususiyatlaridan biri – bu ko’lam jihatdan tashqi nutqdan kengroq ekanligidir.
Ikkinchi bir xususiyati esa tafakkurning mexanizmi funksiyasini bajarishdir.
Axborotlar ichki mohiyatini tashqi his-hayajon tarkiblari bilan kuchaytiruvchi, shaxslararo munosabatlarning yaqqol ifodalanishini aks ettiruvchi, ovozli, til vositalariga asoslanuvchi nutq turiga ekspressiv nutq deyiladi. O’zining tezkorligi va vaziyatbopligi bilan boshqa nutq turlaridan ajralib turadi. Ichki kechinmalar shaxsiy fikrlash bilan uyg’unlashishi tufayli fikriy bog’lanishni vujudga keltiruvchi holatlar, hodisalar mohiyatini ichki va tashqi omillarga asoslanib aks ettiruvchi nutq turiga impressiv nutq deyiladi.
Mulohazalar mohiyati shaxs kechinmalari bilan munosabatga kirishishi natijasida o’ziga xos voqelikni namoyish qiladi.
Insoniyat tarixining sivilizatsiyalik bosqichiga o’sib o’tishi davridagi e‘tiborga yozma nutq paydo bo’la boshlagan va hozirgacha u o’z rivojlanishida davom etmoqda. Tilning barcha qoidalariga (grafik, morfologik, sintaksistik, leksik, orfoepik, lingvistik, fonemetik, fleksiv va hokazo), qonuniyatlariga, mexanizmlariga (jonli ifodalarni mujassamlashtirgan holda) asoslangan tarzda, muayyan shartli alomatlar (grafiklar) yordamida shakl, tuzilishi, ma‘no, mazmun va mohiyatni uzluksiz, tadrijiy ravishda axborotlarga aylantirib beruvchi nutqturi yozma nutq deyiladi.
Har bir tilning to’la mohiyati yozma nutq orqali ifodalanadi, uzoq va yaqin masofalar uchun axborot (kommunikatsiya) vositasi (quroli) vazifasini bajaradi. Millat madaniyati, ma‘naviyati, fan va texnikasi, san‘ati va adabiyoti yozma nutq orqali uzatilib, millatlararo aloqa kanali funksiyasini ado etadi.
YOzma nutq o’z navbatida quyidagi tarkiblardan tashkil topadi: a) monologik (drama), b) dialogik (badiiy asar janrlarida), v) ichki, g) lakonik (yig’iq, qatra), d) epik (yoyiq,yirik roman, qissa va boshqalar).
YOzma nutqning monologik va dialogik turlari badiiy asarlarda o’z ifodasini topgan bo’lib, og’zaki nutqdagadan farqli o’laroq til boyliklariga bevosita asoslanadi. YAngiliklar yaratish, ijod qilish so’zlar orqali mohiyat kasb etadi, u yoki bu shakldagi tartibga keltiriladi. Lakonik (yig’iq, qatra) nutq ham og’zaki nutqdagiday ma‘no kasb etadi. Epik (yoyiq) nutq yirik asarlar, monografiyalar mohiyatini to’laqonli aks ettirish bilan boshqa nutq turlaridan farqlanadi. Til mexanizmlaridan tashqari badiiy vositalar orqali inson ruhiyati tavsiflanadi.
Bizningcha, his-hayajonlar orqali ifodalanuvchi, muayyan axborotlarni o’zida mujassamlashtiruvchi nutq turlarini quyidagi tiplarga shartli ravishda ajratish mumkin: ekspressiv, impressiv, affektiv, daktiologik va boshqalar. Ularning psixologik mazmuni, mohiyati, xususiyatlari to’g’risida
yuqorida mulohazalar bildirilganligi uchun qaytatdan tahlil qilish, tavsiflashga hech qanday hojat yo’qdir. Lekin mazkur nutq turlari boshqa turkumlardan ham joy olishi mumkin. biroq ilmiy jihatdan hech qanday qarama-qarshiliklar vujudga kelmaydi, aksincha, bir-birini to’ldirishda xizmat qiladi, xolos.
Nutq va nutq faoliyati yuzasidan bildirilgan mulohazalar, ilgari surilgan ayrim g’oyalar mutlaqlikka davo emas, albatta, chunki ularning ko’pgina jihatlari, qirralari, mexanizmlari, qonuniyatlari, tavsiflari chuqurroq izlanishni talab qiladi, ayrim o’rinlarda ularning har birini eksperimental tadqiq etishni taqozo qiladi, yangi metodikalar, testlar, treninglar ishlab chiqishni izlanish predmetiga olib kiradi, amaliy va nazariy muammolar echimini tezroq hal qilishga safarbar etadi, nutqning muomala jarayonidan kelib chiqib yondashash evaziga qiymatli materiallar to’plash mumkin hamda uning negizida har qaysi psixolog mutaxassisni notiqlik san‘atiga o’rgatish kadrlar tayyorla sifatini oshirishga muhim hissa bo’lib qo’shiladi.
Dostları ilə paylaş: |