Donalash metodi yordami bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasiga aloqador barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik, o’zaro bog’liqlik va o’zaro ta’sir, izchillik, uyg’unlik o’rtasida “gorizontal” yo’nalishdagi munosabat o’rganiladi. Jumladan, boshqa odamlar nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir davrda birga qatnashishi bunga yorqin misoldir. Mazkur jarayonda har qaysi bilish jarayonining ulushi donalanadi yoki uning ahamiyati alog’ida ta’kidalandi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab berildi.
Matematik statistika va extimollar nazariyasining psixologiya soxasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffakiyatlar avvalo xar bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, kolaversa, to’plangan ma’lumotlarning kay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi.
Modellashtirish metodi kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan xodisaning tub moxiyati ochilmagan sharoitlarda qo’llaniladi. Bunda usha xodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, usha model asosida tadqiqotchini kiziktirgan jixat o’rganiladi va xulosalar chikariladi.
Modellar texnik, mantikiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin. Matematik model asosida o’rganilgan xodisaga mashxur tadqiqotchilar Veber-Fexnerlarning sezgirlikning kuyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi vash u asosda to’plangan ma’lumotlar tahlilini misol qilish mumkin. Mantikiy modellar yordamida ko’pincha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini xisoblash mashinalari va printsiplari bilan kiyoslash orqali tuzulgan g’oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g’oyalar psixologiyasini EXM dagi matematik programmalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ilmiy tadqiqot ishlari oldiga kuyiladigan yana bir muxim talab psixik faktlarni o’rganishda genetik printsipga amal qilishdan iboratdir. Genetik metodddan psixologik tadqiqotda foydalanish namunalari L.S.Vigotskiyning ishlarida berilgan.Egotsentrik nutq kichkina bolaning uz-o’ziga qaratilgan nutqidir.
Aqliy xujum guruxlararo ishlarda qo’llaniladigan,ko’plab g’oyalarni ishlab chqkish mumkin bo’lgan metoddir.Bu xakikatdan xam talabalarning o’quv jarayonida faol ishtirok etishlari turli g’oyalarni bayon qilish chogida boshqalarni xam kizgin ishga yllashlari,ilxom Bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga ragbatlantiruvchi metoddir. aqliy xujum shuning uchun xam faollashtirishning muxim usuliki ,unda tanxo ishlash mumkin emas ,birgina g’oya guruxning barcha ishtirokchilarini bir xilda o’ziga tortib oladi.
O’qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur , keyin esa o’quv faolligi 5-10 dakiika oraligidagi vaqt chegarasida engillashtiriladi.
Aqliy xujum turli tarzda qo’llanilishi mumkin: Masalan ,qandaydir mavzuni muxokama qilish uchun YAngi savol kuyish yoki istalgan qandaydir muammoni xal etish uchun.
Fikrlar xujumi bevosita jamoa bo’lib (fikrlar xujumi)(«mozgovaya ataka»)olib borish mumkin kadar kata miqdordagi g’oyalarni yigish talabalarni Ayni bir xil fikrlash inertsiyasidan xoli qilish ,ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikrlarni engishdir.
Bu metod dastlab A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan .Bu metodning asosiy tamoili va koidasi baxs ishtirokchilari ishlab chiqqan g’oyalar tankidini mutlok takiklash, xar qanday lukma va xazil -mutoibani ragbatlantirishdir.Bu metoddan foydalanishning muvofakiyati kup jixatdan o’qituvchi, ya’ni mashg’ulot raxbariga bog’liq.
«Fikrlar xujumi» ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak. Mashg’ulotning davomiyligi bir soatni tashkil etadi.
YAlpi «fikrlar xujumi». Bu metod J.Donal’d Filips tomonidan ishlab chiqilgan.U kata guruxlarda (10dan 20 tagacha bo’lgan) YAngi g’oyalar ishlab chqkish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. Barcha ishitrokchilar kichik-kichik 5 kishidan iborat guruxlarga buliniadi va xar bir kichik gurux xal kilinadigan ijodiy vazifa va muamo buyicha 15 dakika davomida mustaqil ravishda o’zaro «Fikrlar xujumi» utkazadi. SHundan sung xar bir kichik gurux vakili uz guruxlarida ishlab chiqilgan g’oya haqida axborot beradilar va o’qituvchi raxbarligida jamoa bo’lib unga baxo beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi.
Fikrlarning shiddatli xujumi destruktiv berilgan baxo bilan dialogdan iboratdir. Bu metod E.A. Aleksandrov tomonidan t aqlif qilingan.G.YA. Bush tomonidan o’zgartirilib yulga qo’yilgan. Dialogning moxiyati shundaki, jamoa bo’lib g’oyalar ishlab chqkishda ishtirokchilarning ijodiy imkoniyatlari faollashtiriladi a unga zid g’oyalar kuyiladi.
Tarmoqlar metodi (klaster)fikrlarning tarmoklanishi bu –pedagogik strategiya bo’lib,u o’quvchilarni Biron –bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib,ularni mavzuga taa’lukli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochik ravishda ketma ketlik Bilan uzviy bog’langan xolda tarmoklanishga urgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur o’rganishdan avval o’quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtrish xamda kengay tirishga xizmat qilishi mumkin. SHuningdek, o’tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi uzlashtirish, umumlashtirish xamda o’quvchilarni shu mavzu buyicha tasaavvurlarini chizma aqlda ifodalashga undaydi.
Psixikaning taraqqiyoti haqida so’zlaganda: 1) hayvonlar psixikasining taraqqiyotini, 2) odam ongining tarixiy taraqqiyotini, 3) odam psixikasining yoshga qarab taraqqiy qilinishi nazarda tutiladi.
Yuqorida ko’rsatilganidek, psixika organiq hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo’lgan. Organiq materiyaning anorganiq materiyadan farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, organiq materiya seskanuvchandir, ya’ni tashqaridan bo’lgan ta’sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo’zg’aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo’lganamyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab haraka tlanadi yoki undan qochadi.
Organiq materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa – sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo’ladi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo’lgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo’lgan hayvonlar vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgariroq eng boshlang’ich shaklda paydo bo’lgan A.N.Leontiv gipotezasiga ko’ra, sezuvchanlik “... genetik jihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta’sirlar bilan bog’lovchi, ya’ni organizmning muhitda oriyentirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o’tovchi ta’sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas”. A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o’tish boshqacha hayot tarixi bilan bog’liq deb ko’rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqi etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi, dep ko’rsatadi.
Sezish qobiliyatining paydo bo’lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo’ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o’sib, tobora murakkablasha bordi.
Nerv sistemasi sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qayerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog’liqdir.
Psixikaning rivojlanishi xaqida gapirishdan oldin «rivojlanish» tushunchasiga ta’rif berish kerak. Rivojlanish bu harakatlanish, uzgarishdir. Rivojlanish ilgarilab boradigan oddiydan murakkabga, pastdan yukoriga qarab boradigan uzgarishlar. Bu inkirozga regrezga degradatsiyaga qarama-qarshi bo’lgan jarayondir.
Rivojlanish qonuni umumiy xarakterga egadir. Tabiat rivojlanadi, ishlab chikarish usullari kishilarning ijtimoiy hayot formalari rivojlanadi. Shuningdek psixika xam rivojlanadi. Psixika rivojlanishini, umumkan tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki planda o’rganish mumkin: filogenez planida va ontogenez planida.
Filogenez – organizmning oddiy shakllaridan tortib xozirgi zamon kishisiga kadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida yuz bergan uzgarishlardir.
Ontogenez – xar bir individumning hayoti davomida uning tugilishidan tortib to ulgunga kadar sodir bo’lgan uzgarishlar yigindisidir.
Xar bir kishining psixik rivojlanishi uning organizmi rivojlanishi bilan bog’liqdir, albatta va uz yoshiga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Birok psixikaning rivojlanishida jamikiy materiya, jonsiz anorganiq materiyadan tortib, to materiyaning yuksak xamda murakkab formasi – inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni ta’sirlarga javob qaytarish kobiliyatiga egadir. . Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarnining o’zaro mexaniq, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida namoyon bulishi mukin. Tirik materiyaga utishda materiya harakatining formalari xam sifat jixatidan uzgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik formalari xosdir, tirik materiya tarakkiyotining ma’lum boskichida esa aks ettirishning sifat jixatidan yangi formasi bulmish psixika yuzaga keladi. Xozirgi davrda majud organizmlarda biz aks ettirishning uzoq evolyutsion tarakkiyot natijasida vujudga kelgan juda kup formalarini – seskanuvchanlikdan boshlab, to unining ancha yuksak formalari psixik hayotininig kurinishlari bumish sezgi, idrok, xotira, tafakkurlarni xam uchratamiz. Xamma tirik organizmlar, o’simliklaridan tortib xayvonlargacha evolyutsiyaning barcha boskichlarida aks ettirishning biologik formasi bo’lgan seskanuvchanlik xususiyatga egadirlar. Seskanuvchanlik tirik organizmlarning biologik axamiyatiga ega bo’lgan (biotik) ta’sirlarga javob qaytarish kobilyatidir.
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish o’zlariga tropizm yoki taksislar deb ataladi. Tropizmlar xar xil bo’ladi: fototropizm tirik organizmning yorug’lik ta’sirida harakatga kelishidir; termotropizm tirik organizmning issiqlik ta’siri ostida harakat qilishga maylligidir; xemotropizm tirik organizmning ma’lum fizik-ximiyaviy muxitni tanlab olishga bo’lgan maylligidir; topotropizm tirik organizmning mexaniq qo’zg’atuvchi ta’siri ostida harakat hiliga maylligidir vas hu kabilar. O’simliklarda aks ettirishning biologik formasi faqatgina tropizmlarda iborat bo’lib, ular o’simliklarning o’z-o’zini boshqarishiga imkon beradi.
Taraqqiyot davomida psixikaning ejng sodda ko’rinishidan inson ongigacha bo’lgan taraqqiyot bir qancha bosqichlardan iborat bo’lgan. Tirik organizmlarda uzluksiz o’zgarib turuvchi hayot sharoitiga muvofiqlashuvini taxminlaydigan harakat formmalari, harakatning instinktitv shakli, harakatning individual shakli va harakatning intellektual shakli maydonga keldi.
Harakatning instinktiv shakli deganda biz hayvonlarda tug’ma yo’l bilan tayyor holda beriladigan va ularning tashqi olamga muvofiqlashuvini ta’minlaydigan harakatlar shaklini tushunamiz. Bu tushunchani mashhur rus fiziologik akademik I.P.Pavlov tomonidan tushuntirib berilgan. Hayvonlarning instinktiv harakat shakllari nihoyatda mustahkamlangan, nisbatan juda sekin o’zgaradigan harakatlardir.
Harakatning individual shakllari xuddi harakatningn instinktiv shakllari kabi hayvonlarning doimo o’zgarib turuvchi tashqi muhitga muvofiqlashuvini ta’minlovchi mehanizmlardandir.
Emotsional taraqqiyotning yuksak bosqichidagi ayrim hayvonlarda harakatning intellektual shakli paydo bo’ladi. Bu yuksak taraqqiyotga erishgan maymunlar, delfinlar va itlardagi odam ongiga o’xshash farosat bilan bog’liq bo’lgan hatti-harakat shakllaridir.
Instinktlar hayvonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan murakkab tug’ma harakatlaridir.
Ovqatlanish instinkti. Bu instinkt hayvonning o’zi uchun zarur ovqat qidirib topish, ovqat g’amlash va shu kabi harakatlarida zohir bo’ladi.
Saqlanish instinkti. Bu instinkt hayvonlarning dushmandan saqlanish tug’ma usullarida va dushmanga hujum qilish qobiliyatida zuhur etadi.
Nasl qoldirish instinkti. Bu instinkt jumladan, ota-onalik instinkti sifatida yaqqolroq ko’rinadi. Hayvonlar o’z bolalarini parvarish qilish tug’ma mahoratiga ega bo’lib, u naslining kelajagi haqida g’amxo’rlik qiladi.
Poda (to’da) bo’lib yurish instinkti. Bu instinkt hayvonlarning turli usullar bilan o’zaro aloqa qilishida va xilma-xil shaklda birgalashib yashashida zohir bo’ladi.
Instinktlar mash qilish yoki o’rganish yo’li bilan hosil bo’lmaydi – ular ota-onadan naslga biologik irsiyat sifatida o’tadi. Instinktlarning nerv-fiziologik asosi – shartsiz reflekslardjir. I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, instinktlar shartsiz reflekslarning o’zi-yu, lekin ancha murakkab turidir. I.P.Pavlov bunday deydi: “Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat ekanligi, faqat biroz murakkabroq reflekslar ekanligi yetarli aniqlangan deb hisoblash mumkin”.
Instinktlar - bir qancha shartsiz reflekslardan iborat bo’lgan reflekslar zanjirdir. Bu reflekslardan har birining harakatga kelan payti navbatdagi refleks uchun qo’zg’ovchi bo’ladi.
Ko’nikma – hayvonlarning individual hayoti davomida paydo qiladigan harakatlaridir. Ko’nikma hosil qilish hayvonda shartli reflekslarning birinchi yoki butun bir sistemasini hosil qilish demakdir. Hayvonlar ko’nikmalar hosil qilish tufayli, tashqi muhitning o’zgaruvchi sharoitiga chaqqonroq va yaxshiroq moslashadigan bo’lib qoladi.
Hayvonlar psixikasining paydo bo’lishi va o’sib taraqqiy qilinishi yuksak darajada taraqqiy etgan psixikaning, ya’ni faqat insonga xos bo’lgan ongning ilk tarixi arafasi desa bo’ladi.
Inson ong egasi bo’lganligi tufayli hodisalarning o’zaro sababiyatlari, bog’lanishlarini va bu bog’lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o’z oldiga muayyan maqsadlar qo’yadi av shu maqsadlarga yarasha ish ko’zradi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog’lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu sababli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo’lgan.
Odamning eng avvalgi ota-bobolari to’da-to’da bo’lib yashagan. Mehnat jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o’zlashtirish jarayonida o’zining tabiatini ham o’zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillashia borgan.
Inson ongining taraqqiy qilishida so’zsiz mehnat jarayoni muhim rol o’ynaydi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o’z ehtiyojlari uchun kerak bo’lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo’lgan yog’och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan.
Barcha kishilar tevarak-atrofdagi dunyoni seza va idrok eta oladilar. Barcha kishilarda xotira va hayol bor, barcha kishilar fikrlaydilar va til vositasi bilan o’zaro aloqa qiladilar. Barcha kishilar turli xislarni ko’ngildan kechiradilar va o’z irodalarini namoyon qiladilar
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalari tarixan taraqqiy qilib kelgan. Kishilarda faqat ularning o’ziga xos bo’lgan, ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy etdi.
Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchvun zarur narsalarning hammasi demakdir.
Odam yashash, hayot kechirish uchun o’z ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug’ma ehtiyojlar bo’ladi, ovqatlanish, o’z-o’zini himoya qilish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug’ma ehtiyojlar emas, tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo’lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan o’zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga qarab o’zgaradi.
Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko’ruv, eshituv, tuyg’u organlari, ayniqsa, yuksak kamoltga erishdi. Odam musiqani, nafis suratlarni va boshqa san’at asarlarini drok etishga qodir bo’ldi. Qo’lasosiy mehnat organi bo’lish bilan birga asosiy tuyg’u organi ham bo’lib qoladi. Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham takomillashib va sifat jihatidan o’zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni anglarb-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadigan bo’ldi, o’z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esda qoldiradigan va undan anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo’ldi.
Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo’lgan, uning eng yuksak darajasi hisoblanmish ongda o’z aksini topmoqda. Ong psixikaning yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonda, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli sifatida yuzaga kelgandir. U ijtimoiy maxsul bo’lishdan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish maqsadini ko’zlash, o’zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga egadir.
Odatda adabiyotlarda ongning to’rttta ta’rifi mavjud.
1. Nomining o’zidayoq berilgan bo’lib onglash deganidir.
2. Sub’yekt bilan ob’yekt o’rtasidagi aniq faktni ajratish.
3. Odamning maqsadni qo’zg’ovchi faoliyatini ta’minlash.
4. Uning tarkibiga muayyan munosabatlarning kirganligidir.
Odatda, inson ongi uni qo’rshab to’rgan tevarak-atrof haqidagi bilimlar majmuasidan iborat bo’lib, uning tuzilishi tarkibiga shunday bilish jarayonlari kiradiki, qaysiki ularning bevosita yordami bilan shaxs o’z axborotlari ko’lamini uzluksiz ravishda boyitib boradi. Insondagi bilimlar sezgi, idrok, xotira, tafakkur, hayol singari bilish jarayonlari asta-sekin ularning tarkibiga kiradi. Harakatli hissiy tub ma’nodagi hissiy bo’lish bosqischlarga ta’lluqli bo’lish sezgi, idrok, appersepsi, tanish, bilim olish va tasavvur kabi bilish jarayonlari ko’magi asosida miyaga bevosita ta’sir o’tkazuvchilarning aks ettirishi natijasida inson ongida borliqning mazkur daqiqasida shaxsning tasavvurida ularning hissiyo manzarasi yuzga keladi. Xotira jarayoni ongda o’tmishdagi narsa va hodisalarining obrazlarini esga tushirsa u yoki bu bosh miya katta yarim sharlarning bo’limlarida aks etgan muayyan izlarini jonlantirish imkoniyatiga ega bo’lsa, hayol jarayoni esa ehtiyoj ob’yekti hisoblangan favqulotdagi davr hukmiga kirmmagan obrazlar modeli namoyon etadi. Bilishning yuksak darajasida bo’lmish tafakkur jarayoni umumlashgan, ijtimoiy-xususiyatli, bilvosita va so’z olrqali ifodalanuvchi bilimlarga asoslangan holda gavdalanuvchi muomalalar yechiminin hal etishda ta’minlaydi.
Tabiatning tarkibiy qismi hisoblangan inson sut emizuvchilar olamida tanho o’zini o’zi nazorat qilishga, o’zini o’zi bilishga, o’zini o’zi boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan jonli jonxoddir, binobarin, u psixik faoliyatini tashkil qilishga, maqsadga yo’naltirishga, o’zini o’zi tadqiq qilishga qodir mavjudoddir. Shaxs xulq atvorini, bilish jarayonlarini aqliy va ijodiy faoliyatini, irodaviy sifatlarini, ongli ravishda oqilona baholay oladi, hamda o’zini o’zi boshqara biladi.
Har qaysi insonda hukm suruvchi “Men”likning “Menemas”likdan ajratishga intilish “o’zini namoyon qilish, o’zini o’zi ifodalash, kimligini kashf etish, o’zini o’zi takomillashtirish, o’ziga o’zi buyruq berish, o’ziga o’zi ta’sir o’tkazish singari jarayonlarda” ontogenetik hayotning dastlabki taraqqiyot pallasidan, bolalikning ilk daqiqalaridan boshlab, to yetuklikning u yoki bu bosqichlarini egallash davrigacha davom etib, o’zini o’zi anglashning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Lekin “Men”lik muammosining boshqa qirralari, xissiyotlari, mexanizmlari, ta’sir etuvchi omillari, yangi sifat bo’laveradi, bu jarayon komil inson (jismoniy va ma’naviy barkamolik) darajasiga erishganga qadar davom etishi mumkin. Biroq yuksak kamolot darajasiga erishish shaxsning iste’dodi, salohiyati, ishchanlik qobiliyati, aqliy va ijodiy faoliyati maxsuldorligiga bog’liq bo’lib, barcha insonlar taraqqyoit cho’qqisiga erishadi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki ijtimoiy hayotdagi umumbashariy talab, ehtiyoj negizida muayyan xududiy qulay (senzitiv) ham ob’yektiv, ham suyu’yektiv shart-sharoitlar taqozosi bilan jahon fani va madaniyatida keskin o’zgarishlar yaratishga qodir tarixiy yakka shaxs dunyoga keladi. Bizningcha, komil insoniylikka erishishning o’ziga xos axloqiy, aqloiy, irodaviy, g’oyaviy tarkiblari mavjud bo’lib, tanlangan idealga intilish, kasb sodiqlik, samoviy muhabbat uning negizini tashkil qiladi. Tashqi olam taassurotlaridan mutlaqo vos kechish (g’oyibonalik), fikriy soflikka erishish (chilla), tana a’zolarini musaffolashtirish (ortiqcha moddalardan tozalash), kamfortga tortinganlik orqali shaxs oliy darajaga, ya’ni komillikka yetishi mumkin, lekin bu bosqich nisbiy xususiyat kasb etadi.
Ongning uchunchi psixologik tavsifi shaxsning maqsadini ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashga oid ta’rifni ifodalangan bo’lib, uning yana bir funksiyasi mazkur maqsadinini yaratishga yunaltirilganini bilan boshqalardan farq qiladi. Ushbu jararyonida shaxs faolyatining turli xususiyatli motivlari yuzaga keladi, ular inson tomonining turli xusisiyatli motivlari yuzaga keladi, ular inson tomonidan chamalab chiqiladi, buning natijasida motivlar kurashi namoyon bo’ladi, bu o’rinda ustuvorlikka yerishish yetakchilikni taminlaydi, irodaviy zo’r berish oqibatida muayyan qonun qabul qilinadi, harakatlarni bajarishning izchilligi qay yo’sinda amalga oshirishi hisobga olinadi, maqsadni qaror toptirishga to’siq vazifasini o’tovchi fikriy g’ovlar (to’siqlar) bartaraf etiladi va unga mutanosib o’zgarishlar kiritiladi, samaradorlikni oshirish uchun ba’zi bir tuzatishlar amalga oshiriladi.
Maqsadni ko’zlovchi faoliyatning amalga oshirilishi jarayonida, uning muvofiqlashuvida, voqelik yo’naltirishda ob’yektiv va sub’yektiv sabablariga ko’ra ayrim nuqsonlarga yo’l qo’yilishi, buzilishi, vujudga kelishi ong funksiyasini zayiflashuvini bildiradi. Faoliyat ongli munosabatni taqozo etganligi tufayli uning tarkibiy qismlari bajarilishida ayrim kamchilikka yo’l qo’yilsa, bu holat ongining nazorat funksiyasi izdan chiqqanligini anglatadi.
Ongning so’nggi (to’rtinchi) tavsifi uning tarkibiga muayyan darajadagi, ma’lum tizimga hos emotsional (hissiyo) munosabatlar qamrab olinganligini aks etiradi. Shaxs ongiga muqarrar ravishda turli tuman his-tuyg’ular (xar xil darajali, ijobiy, salbiy, barqaror, statik, dinamik), kechinmalar, stress, effekt holatlar to’g’risidagi axborotlar oqimi kela boshlaydi. Shaxsning boshqa kishilarga, tabiatga, jamiyatga, ashyolarga nisbatan munosabatlari mavjud me’zonlarga asoslansa, muayyan qoidalarga bevosita amal qilinsa, har bir narsaga oqilona, odilona va omildorlik bilan yondashilsa, ongning nazorat funksiyasi hukm surayotganligidan dalolat beradi.
Shaxsdagi mo’tadillik, ruhiy sog’lomlik, ongning boshqaruv imkoniyati mavjudligini bildirib kelib, ayrim hollarda xissiyotga berilishi esa uning o’z funksiyasini bajarishdan chetlanganligini namoyish qiladi. Turli xususiyatlar munosabatlar ong nazoratida amalga oshirilsa, shaxs xulq-atvorida, faoliyatida va muomala jarayonida, xes qanday nuqsonlar chetga og’ishlar sodir bo’lmaydi. Shu narsani ta’kidlab o’tish o’rinliki, patologik holatlarni taxlil qilish, ong mohiyatining genezisini atroflicha anglab olishga xizmat qilishi mumkin. Shu boisdan ongning zaiflashuvi shaxsning xis-tuyg’ulari va munosabatlarini o’zgartiradi: sinpatiya antipatiya bilan, quvonch qayg’u bilan, optimizm pessimizm bilan vaqti vaqti bilan o’rin almashib turishi kuzatib turiladi.
Ongning yuqorida ta’kidlab o’tilgan barcha funksiyalarini namoyon bo’lishining muqarrar shartli til va nutq hisoblanadi shaxs nutq faoliyati yordami bilan bilimlarini o’zgartiradi, ajdodlar tomonidan ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida yuzaga keltirilgan tajribilar majmuasi tilda mustahkamlanadi, o’ o’zining tafakkuri hayoti va faoliyatini boyitadi. Til alohida ob’yektiv tizim sifatida namoyon bo’lib, unda ijtimoiy-tarixiy jarayonlarda vujudga kelgan an’analar, marosimlar, qadriyatlar, g’oyalar majmuasi tariqasida ijtimoiy tariqasida ijtimoiy ongda aks ettinrilgandir.
XULOSA Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi shaxsning o`sishini ta`minlash psixologik taraqqiyotini ta`minlovchi yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratish, o`rta maktabdagi o`quv tarbiya ishlarini yaxshilash, bu sohada pedogogik jamoaga ilmiy-uslubiy jihatdan yordam ko`rsatishdan iboratdir.
Psixologik xizmat xalq ta`limi tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir o`tkazish ob`yekti maktab o`quvchilari,oqituvchilar, ota–onalar bo`lib hisoblanadi. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda, har qaysi shaxs pedogogik, o`quvchi, ota –ona manfaati va uning har tamonlama uyg`un kelib chiqishini o`rgangan holda yondashadi.
Psixolog o`quvchilar xarakterida mavjud bo`lgan yutuqlarni rivojlantirish va kamchiliklarni tuzatish, o`z xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash, o`zining kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, ko`nikma va malakalarni rivojlantirish haqida tavsiyalar beradi.
Umum o`rta ta`lim maktablarida ish olib borayotgan amaliyotchi psixologlar o`z faoliyati davomida ta`lim muassasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni ta`minlaydi, va ijtimoiy moslashmaslik ularning zo`riqishlarini yuz berishini oldini olish uchun psixologik xizmatning o`rni beqiyos. Psixologik xizmat faoliyati o`quvchilar aqliy faoliyat taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta`lim-tarbiyasidagi buzilishlarning psixologik sabablarni aniqlashgagina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo`qotish va oldini olishga qaratiladi.
Bunday psixologning aniqlagan va to`plagan ma`lumotlari o`quvchilarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.