Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va ayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozga sheerlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psimxika to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat maxsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik modelь, moslama, milliy kashtachilik, xunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik disertatsiyasi, ilmiy maruza, konspekt, takriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyixa, konsepsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi.
Test metodi. Test – inglizcha so’z bo’lib, sinash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mintalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujjetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zayiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodlarining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshriuvchining mahoratiga va qiziqishiga yig’ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog’liqdir.
1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Bine va uning shog’irdi A.Siman insonning aqliy o’sishi va iste’dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a so’rganidan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshlandi.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Bartegg, Reksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining na’munalarini kiritish mumkin.
Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo’llaniladi. Eng keng tarqatilgan testlar qatoriga:
Bilim, ko’nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgandeagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo’ljallangan),yozma testlar(maxsus blankalardagi savollardan bitta to’g’risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo’naltirilgan), og’zaki testlar (savollar tizimi umumiy ta’lim va Jismoniy tarbiyada tayyorgarlik darajasini aniqlaydi).
Insonning aql-idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o’lchashga mo’ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular rebral va novebral shakllarda tuzilgan bo’lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn farosatlik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo’riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o’rganish va boholashga mo’ljallangan bo’ladi; ular ijodkor shaxsining hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning maxsuldorligi; egiluvchanligi, tezkorligi, topqirligi, argenalligi, talabchanligi, konstruktivligi va hokazo) o’rganishga yo’naltiriladi.
Me’zonga mo’ljallangan (kreterial orientirlangan) testlar tekshiruvchidan egallangan va kaspiy topshiriqlarni bajarish uchun etarli yoki etarli emasligini aniqlashga mo’ljallangandir. Me’zon (kreteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Me’zonning yaratilishi uning mantiqiy psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda metodika bilan me’zonning psixologik munosibligi, relevandligi oldindan hisobga olinishi lozim.
Shax’sga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi qadriyatlaga munosabati,emsiona holatlari, motivatsiyasi, shaxslararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o’rganishga, o’lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o’rganish shakllari, so’rovnomalari va bilim jarayonlarini o’lchash, baholash, o’zini o’zi baholashga yo’naltirilagn bo’ladi. Shuningdek, sub’ektivlikni aks ettiruvchi temtlartizimini ham qarmaboladi.
Proektiv testlar (lotincha prochestio – oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma’nosini bildiradi) proeksiya natijalarini psixologik talqin qilishga asoslangan shaxsni yahlit o’rganishga qaratilgan metodlar majmuosi proektiv testlar deyiladi. Endi testga ayrim misollarni keltiramiz.
Ortiqcha so’zni chiqarib tashlang:
a) Enisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr – u Evropada joylashgan);
b) Petrozavodski, Ijevsk, Siktivka, Abakan (javob: Abakan – u Osiyoda joylashgan);