VA YAZIFALARI
BOLAGA MASLAHAT B E R IS H N IN G VAZIFALARI VA DOLZARB M U A M M O L A R I
Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan ko‘proq vaqt ichida xorijda rivojlanayapti. Bunga A.Binening tarixiy ishlari asos solgan. Uning ishlari sogMom, pedagogik qarovsiz bolalam i , taraqqiyotda n o rm a d a n chetga chiqqan bolalardan ajratish maqsadida aqliy taraqqiyotni o ‘lchash metodlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Rus psixologiyasida bola psixik taraqqiyotini doimiy nazorat qilish zamrligi XX asrning 20-yillaridayoq tan olindi. Bu bilan bogliq ravishda L.S.Vigotskiy o l im la rn i h ar bir yoshning h a m m a xususiyatlarini, normal va nonorm al taraqqiyotining barcha asosiy tiplarini, tuzilishini, o‘zgarishlarini, rivojlanishini o‘rganishga chorlaydi. Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotni m urakkablashtiradigan qator noto‘g‘ri fikrlarning kuchayganligi bilan duch kelm oqda. Ular orasida qator ijtimoiy- iqtisodiy omillarning qaram a- qarshi ta’sir ko‘rsatishi seziiarli o ‘rin egallaydi. Masalan, ota- onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi seziiarli t a ’sir ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, ko‘pchilik bolalarning bolalar muassasalarida tarbiyalanishi ota- onalar psixologiyasiga t a ’sir k o ‘rsatadi. Ota- onalar o ‘zlarining funksiyalarini bog‘chalarga, keyinchalik maktablarga ag‘darib qo‘ymoqdalar. Ota-onalarning ajralishi bola psixikasiga katta t a ’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib q o ‘yadigan kuchli psixologik omil b o l ib , unga k o ‘nikish uchun bolaga kam ida 2 yil kerak. Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg‘iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham kiradi.
Xilma-xil psixologik m uam m olar manbalari ichida maktab ham m uhim o ‘rin egallaydi. Misol uchun tibbiyot mezonlariga qaraganda m aktab yoshidagi bolalarning 15—20 foizi qisqa muddatli yoki doim iy psixoterapiyaga m u h to j lar. Maktabda keng tarqalgan psixologik m uam m olar juda ko‘p: o ‘quv motivatsiyasining yo‘qligi,
past o ‘z lash t ir ish , o ‘q i tuvchilar va ten g d o sh la r i bilan nizoli munosabatlar, o ‘z - o kzini past baholash, jam iyatga qaram a- qarshi guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar.
Yuqorida sanab ko‘rsatilgan m uam m olarning ko‘pchiligi hozirgi m aktablarda va jam iyatim izda shaxs rivojlanish b osqichlarda ehtiyojlami va c h u q u r qonuniyatlarni yetarlicha hisobga olmaslik, barcha bolalarga bir xil talab qo‘yish natijasida ulaming individual« psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini e ’tiborga olmaslik sabab boMmoqda.
Bolaning k o ‘pgina ijobiy xususiyatlari, m asalan, she’riyatga, matematikaga, musiqaga va boshqalarga nisbatan erta ko‘ringan layoqatlilik yoki um um iy psixik taraqqiyotining juda oldindaligi ko‘pgina psixologik va pedagogik m uam m olarning manbayi boMishi mumkin.
Yoshga qarab psixologik maslahat berishning um umiy vazifasi
bola psixik taraqqiyoti borishini, bu ja ray o n n i davrlarga b o ‘lish va bclgilangan normaga muvofiq, tasaw urlarasosida nazorat qilishdan iborat. Bu u m u m iy vazifa hozirgi kunda quyidagi aniq vazifalarni o ‘z ichiga oladi:
ota-onalarni, o ‘qituvchilarni va bola tarbiyasida ishtirok etadigan boshqa shaxslarni bola psixik taraqqiyotining yosh va individual xususiyatlariga jaib qilish;
psixik taraqqiyotning buzilishlarini va h a r xil norm adan chetga chiqishlarni o ‘z vaqtida aniqlash va u larn i psixologik, t ib b iy pedagogik maslahatlarga yollash;
jismoniy yoki asab psixik sog‘lig‘i kuchsizlangan bolalarda ikkinchi m a r t a t a k ro r la n is h i m u m k i n b o ‘lgan p s ix o lo g ik asoratlaming oldini olish, buning u ch u n tavsiyalar berish ( bolalar patopsixologi va shifokorlar bilan birgalikda);
pedagogik psixologlar bilan birgalikda o ‘qituvchilar, ota- o n a la r va boshqa shaxslar uchun m aktab t a ’lim idagi qiyinchiliklarni psixologik-pedagogik tuzatish bo‘yicha tavsiyanom alar tuzish;
oilada bola tarbiyasi b o ‘yicha tav s iy a n o m a la r tuzish ( oila psixoterapiyasi mutaxassislari bilan birgalikda);
bolalarga va ota-onalarga maslahatlar berishda maxsus guruhlar bilan tuzatish ishlarini olib borish;
m a ’ruzalar va ishning boshqa shakllari bilan aholini psixologik bilimlar bilan tanishtirish.