Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi



Yüklə 99,66 Kb.
səhifə1/9
tarix27.03.2023
ölçüsü99,66 Kb.
#90333
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
PSIXOLOGIK TADQIQOT METODLARI KLASSIFIKATSIYASI


PSIXOLOGIK TADQIQOT METODLARI KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1.Noeksperimental psixologik metodlar.
2.Noeksperimental metodlar, so‘rovnoma bilan uzviy bog‘liqligi.
3.Psixologik tajribalarda so‘rovnoma metodlari. Psixologik metodlarning mohiyati.

Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko`rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o`lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yig‘ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.


Albatta ob’ektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro`yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro`yxatni to`g‘ridan-to`g‘ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo`llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to`g‘ridan-to`g‘ri muloqot metodi orqali o`tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to`g‘ridan to`g‘ri kuzatuvchiga nisbatan qo`llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so`rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o`zini erkin tutadi. Asosiy mezonlar mavjud bo`lib bu quyidagilardan iboratdir:
Eksperimental kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelyatsion kuzatuv. Ularni xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelyatsion asosiy o`tish davrlari o`rtasida aloqalarni aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiriladi.
Tabiiy eksperiment va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulq-atvorini xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.

Yüklə 99,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin