Eksperimenal psixologik kuzatuvlarning asosiy bosqichlarini ko`rib chiqamiz. Hamma kuzatuvlar uning mavzusidan boshlanadi. Mavzu: kuzatuv doirasi, muammo doirasi, predmet tanlash, ob’ekt va metod. Ammo eng asosiysi bu o`z birlamchi muammosi. Kuzatuvchi zamonaviy psixologiya haqidagi bilimlardan qoniqardi u muammoni his qildi, qaysi nazariya qarshi, zid tushunchalarni keltirib chiqarildi. Empirik kuzatuvlarni uch asosiy hollarda o`tkaziladi.
- Farazni tekshirish va uning mavjudligi;
- Farazni tekshirish orqali aloqani aniqlash;
- Farazni tekshirish A va B ko`rinishlarni bir-biriga tobeligi.
Birinchi bosqichdan so`ng ikkinchi adabiyotlar bilan ishlash. Kuzatuvchi eksperimental ma’lumotlarni o`rganib chiqishi, boshqa psixologlarning fikrini o`rganib chiqishi kerak. Hurmatga sazovorlarni «Rossiyaning ilmiy jurnallaridan «Psixologik jurnal», «Psixologiya savollari», MGUning psixologiya fanidan axborotnoma va h.k.». adabiyotlar bilan ishlashda farazlarni ko`rib chiqish bilan birga, yangi farazlarni keltirib chiqarish mumkin.
Keyingi bosqichda farazni aniqlash ko`rib o`tiladi. Psixolog real psixika bilan emas, vaziyatning tashqi ko`rinishlarini boshqaradi. Bu kuzatuvchining psixikasini boshqaradi.
Kuzatuvchi eksperiment qurolini tanlashi kerak. Bu unga:
a) o`zgarishni mustaqil boshqarish;
b) tobe o`zgarishni ro`yxatga olish;
v) bu yerda gap metodikaga tegishli aniq axborotlarga ega bo`lishidir.
Kuzatuvlar jarayonida turli xil metodikalardan foydalanish mumkin.
a) «Berkitilgan figura» testi;
b) «Siyoh ramka» yoki «Xos ramka» testi;
v) «Siyoh - egik xona» va h.k.
Birinchi ko`rinishda kuzatuvchida zamon Vitkin – Gotshald testi bloki va sekundomer bo`lishi kerak. Ikkinchi ko`rinishda esa avtomatlashgan eksperiment. Bu kompyuter yordamida va nihoyat uchinchi ko`rinishda jihozga – eksperimental kamera zarur. Psixologik eksperimentda turli xil psixofiziologik ham apparatura qo`llaniladi. Faqat kuzatuvchini testlar bilan toliqtirib qo`yish kerak emas. Ming afsuski, bizda psixologik eksperimental kuzatuvlarni o`tkazish uchun apparaturalar bilan muammolar juda ko`p va eksperimental laboratoriyalar standartlarga javob bermaydi. Test metodikalari ham kuzatuvchi va amaliyotchilarni qoniqtirmaydi. Shuning uchun ko`pgina apparaturalar mustaqil tayyorlanadi. Yoki imkoniyat bo`lsa tibbiyot jihozlaridan foydalaniladi.