Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?


Klimov bo’yicha kasbning turli xil holatlari tahlili



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/101
tarix01.04.2022
ölçüsü0,79 Mb.
#54581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Mutaxassislikka kirishdan oraliq savollar javoblari kasbiy kamol

3.Klimov bo’yicha kasbning turli xil holatlari tahlili?

Taniqli psixolog Ye.A.Klimov kasbning turli xil holatlarini tahlil qilib chiqqan:

1.Kasb bu insonlarni ma’lum bir holatlaridagi bir xilligidir. To’g’ri turli xil kasb egalarining yashash sharoitlari turlicha bo’lishi mumkin. Hattoki bitta kasbda ham yashash darajasi turlicha bo’lishi mumkin. Bunda ularning oldiga qo’ygan maqsadlari ham muhim o’rin tutadi, biroq kasblaridagi boshlang’ich qadriyatlar bir biriga yaqin bo’ladi.

2.Kasb insonlarning xatti –harakatlarini ajratadigan holatdir. Bunda psixolog mutaxassis sifatida o’zini qanday namoyon qilishi ko’zda tutilgan. Ma’lumki psixologiya sohasi xali ham o’rganilayotgan va qarimaydigan sohalardan biri hisoblanadi. Ularning usullari ham takomillashib bormoqda.

3.Shaxs xususiyatlarini aks ettiradigan kasb faoliyatidir. Biz ko’pgina holatlarda psixolog qandaydir xizmatlar ko’rsatishini sezib, uni o’zini shakllantirishda kerak ekanligini unutib qo’yamiz.

4.Kasb bu tarixiy rivojlanuvchi tizim hisoblanadi. “professiya” so’zi lotinchadan olingan bo’lib barchani oldida gapirmoq so’zini beradi. Kasbning o’zi insonlarning yashash sharoitlariga qarab o’zgaradi. Asosan psixologiya kasbi mashhur bo’lgan shaxslarning hayoti bilan bog’liq holda amalga oshirilgan.



5.Psixologiya kasbi reallikdir, bu subyektning o’zini shakllanish imkoniyatini yaratadi. Demak psixologiya kasbida insonlarning xatti-harakati orqali xulosaga kelishi mumkindir. Bunda yo’riqnomalar ish bermasligi mumkin. Psixologiya sohasida insonlarga yordam berish holati eng ustun jihatlardan biri bo’lib hisoblanadi2. Kasb tushunchasidan tashqari yana bir nom mavjud bu mutaxassislik hisoblanadi. Masalan psixologiya sohasi ijtimoiy psixologiya mutaxassisligi bo’lishi mumkin. Umuman olganda kasb o’z ichiga quyidagi tavsiflarni kiritadi:

  1. Bu mehnatning chegaralangan ko’rinishi bo’lib, psixolog uchun boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga muvofiqdir.

  2. Bu kasb doimiy maxsus tayyorgarlikni talab qiladigan holat bo’lib, bunda mutaxassislar doimiy tarzda malakalarini oshirishlari talab qilinadi.

  3. Bu ma’lum bir maqtovlar, taqdirlash usullari kerak bo’lgan kasblardan biri hisoblanadi.

  4. Jamiyat uchun foydali bo’lgan kasblardan biri hisoblanadi.

  5. Bu kasb insonlarga ma’lum bir statusni berishi mumkin.

Hammaga ma’lumki, ko’pgina insonlar o’zlarini yaxshi psixolog deb hisoblashadi, ularning bu fikrga kelganliklariga sabab ular insonlar bilan muloqot qilishadi, boshqalarga xamdard bo’la olishadi. Hayotiy psixologiya insonlarning xayotida kerak bo’lgan sohalardan biri hisoblanadi, xattoki haqiqiy psixologlar ham bir necha bor hayotiy psixologiyaga murojaat qilishadi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin