I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala
6.3.Trenerning emotsional ta’sirchanlik qobiliyati Trener o’zidagi istak-xohishni aniq namoyon qilish orqali ishtirokchilarni psixogimnastik
mashqni boshlashga qiziqtirishi lozim. Psixogimnastik mashqni boshlash uchun qilingan taklif
jonli, quvnoq tarzda aytilishi va ishtirokchilarni harakatga keltirishi kerak. Guruhdan
psixogimnastik mashqni boshlashga bo’lgan xohishini so’rash tavsiya etilmaydi, chunki ko’pchilik
ishtirokchilar uchun bu noodatiy hoi bo’lib, ular psixogimnastik mashqga qatnashishdan bosh
tortishi mumkin. Shuning uchun guruhni tanlash imkoniyati (ya’ni "xohlasangiz qatnashing,
xohlamasangiz o’ynamasligingiz mumkin" kabi vaziyatijda qoldirmaslik kerak. "Albatta
o’ynaymiz" degan qaror — yagona qaror bo’lishi kerak!
Trener psixogimnastik mashqlarni o’tkazish va uning samaradorligiga erishish uchun yana
quyidagilami ham bilishi lozim.
Psixogimnastik mashqning jadalligi va sur’ati. Trener psixogimnastik mashqning borishini,
uning jadalligi va sur’atini ham aniqlab olishi muhimdir. Agar psixogimnastik mashq cho’zilib
ketadigan bo’lsa, uni tezlatishga, ishtirokchilarni qiziqtirish uchun esa mashqni ko’tarinki ruhda
tugatishga harakat qilish zarur.
Qiziqtirish va sirlitik (mashqqa jalb qilish). Ba’zi hollarda trener psixogimnastik mashqni
boshlashdan va mashq qoidalarini tushuntirishdan oldin ishtirokchilarni qiziqtirish uchun ularga
hozir qiziqarli mashq o’tkazilishini, ular bunday mashqni hech qachon bajarmaganliklarini sirli
tarzda ta’kidlashi maqsadga muvofiqdir.
Bahslashish (Musobaqalashish) Kattalarda ham va bolalar ruhiyatida ham musobaqalashishga
bo’lgan moyillik kuzatiladi. Ana shu moyillikdan foydalangan holda trener ishtirokchilarda
psixogimnastik mashqga xos kayfiyatni vujudga keltirish uchun guruhlar o’rtasida raqobat hissini
uyg‘otishi yaxshi natija beradi. Masalan, "Qayta qurish", "Mumyo” yoki "Minora" kabi
psixogimnastik mashqlarda, agar trener topshiriqni musobaqa holatida tashkil qila olsa, (ya’ni "qani
qaysi guruh tezroq bajaradi?"ga o'xshagan ko‘rinishlarda bersa), psixogimnastik mashq jadalroq va
qiziqarliroq o'tadi. Albatta, barcha psixogimnastik mashqlarda bu taktikani qoTlash maqsadga
muvofiq emas, biroq o‘rni kelganda foydalanish yaxshi natija beradi.