38
Ikkinchi navbatda, psixogimnastik mashqni o tkazayotgan trener guruh taraqqivotning qaysi
bosqichida turganligini hisobga olishi kerak. Buni bilishning zaruriyati shundaki, guruh
ishtirokchilari qanchalik jipslashgan bo Isa, о zini erkin sezsa, o'tkazilayotgan mashqlar tahlikasiz,
normada o‘tadi va treneming kutiigan natijaga erishishi osonlashadi. Ayniqsa guruh a’zolarining
tana kontaktlariga oid bo'lgan va ko'zni yumib bajariladigan mashqlarga e’tibor qaratish muhim,
negaki bunday mashqlaming bevaqt o'tkazilishi guruhda zo'riqish yoki norozilik holatlarini keltirib
chiqarishi mumkin.
Trener hisobga olishi zarur boTgan uchinchi holat кип vaqtidir. Aun boshlanishida guruhda
ishchanlik, ahillik, o'zaro ishonch muhitini yaratuvchi mashqlami o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
Bu - guruhning ayni paytdagi ishga taalluqli bo'lmagan tashvish va muammolarini unutishga olib
keladi va guruh a’zolari "hozir va shu yerda" sharoitini his qilishadi. Bundan tashqari,
ishtirokchilaming butun diqqat-e’tiborini va aqliy faoliyatini safarbar etishi uchun imkon tug'iladi.
Kunning ikkinchi yarmida esa charchoqni tarqatadigan, hayajonli his-tuyg‘ulami yumshatishga olib
keladigan mashqlarni o'tkazish tavsiya etiladi. "Tushgacha ochlikka qarshi, tushdan so ng uyquga
qarshi kurashish kerak" — bu har qanday treneming oltin qoidasi bo'lishi kerak.
To rtinchidan, trener psixogimnastik mashqni O‘tkazishda yo 'riqnomaga c 'tibor qaratishi
kerak.
Yo’riqnoma (instruksiya). Trening jarayonida o'tkaziladigan psixogimnastik mashqlaming
asosiy samaradorligini ta’minlovchi qismi - yo‘riqnoma deyiladi. Mashqning samaradorligi
yo'riqnomaning aniq, puxta, oydin va ixcham tuzilganligiga bog'liq boTib, u o'zida yetarli darajada
zarur axborotlami ifoda etishi shart. Trener yo riqnomani ortiqcha tafsilot va tushuntirishlar bilan
toTdirmasligi kerak. U qanchalik aniq, qisqa, tushunarli bo‘lsa, psixogimnastik mashq shunchalik
samarali o'tadi va kutiigan natijani beradi.
Treneming yo‘riqnomani tushuntirish uchun sarflagan vaqti mashqni bajarishga ketgan vaqtga
nisbatan kamroq vaqtni olsa, bunday yo'riqnomani risoladagidek yo‘riqnoma deyish mumkin.
Trener yo'riqnomani tushuntirish davomida har bir ishtirokchi bilan ко z orqali kontakt o‘matishi
kerak. Bu esa ishtirokchilaming c tiborini oshirish, diqqatini jalb etish va ulami yaxshiroq
tushunishga olib keladi. Irener ishtirokchilardan yo'riqnomaning tushunarli yoki tushunmaganlik
holati bo'lganligini so‘rashi shart.
Yo riqnoma hamma uchun tushunarli bo'lganligi va ishtirokchilar nitua qilishni hi lib
olganligiga ishonch hosil qilgandan keyingina trener mashqni bajartirishga kirishishi mumkin. Agar
mashqni bajarish jarayonida yo'riqnomani kimdir yaxshi lushunmagan bo Isa, u holda mashqni
bajarishni to'xtatish va yo'l qo'yilgan xatoni tuzatish lozim bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: