33
va tayyorgarlikka alohida e tibor qaratish lozim. Trener munozarani boshlashdan avval
ishtirokchilarga vaqtning cheklanganligini va bahslashish uchun qancha
vaqt ajratilganligini aniq
aytishi kerak. Chunki vaqtning cheklanishi muhokamaning tempini oshiradi va uni jonlantiradi. Bu
esa munozaraning qizg'in o'tishi va zaruriy xulosalarga erishishni kafolatlaydi.
Bahs-munozarani tashkil etishdan oldin uni rejalashtirish ham katta ahamiyatga, ega.
Munozaraning barcha jihatlarini oldindan rejalashtirib bo'lmaydi. Ammo mavzuning taxminiy eskiz
(chizma)larini tayyorlab qo'yish mumkin. Unda:
Mavzu bilan tanishtirish;
Munozaraning chegaralarini o’rganish,
Munozaraning maqsadini demonstrasiya (namoyish) qilish
Munozaraning mavzusiga oid qo‘shimcha maTumotlami taqdim etish.
Munozarani boshqarish uchun bir qator asosiy savollami tayyorlab
qo‘yish.
Trener bu jarayonda ijobiy muhitni yaratish uchun mas’uldir. Istalgan mavzudagi baxs-
munozarani o‘tkazishda trenerning roli vositachi roliga juda yaqin turadi. Trener guruhni asta-sekin
munozaraga olib kirishi lozim. Bunda u ochiq savollardan loydalanishi maqsadga muvofiq.
Ishtirokchilar o’rtasida o‘zaro fikrlar almashinuvi boshlanganidan so‘ng esa trener munozarani hech
kirn tomonidan monopollashtirilmasligini, ya’ni
hech kimning yakka hokimlik, ustunlik qilishga
Itarakat qilmasligini ta’minlashi kerak. Agar keltirilayotgan ma’lumotlar shubhali bo Isa, u holda
trener so‘zlovchidan izoh so'rashi, yoki juda yuzaki aytib o'tilgan likrlarga
oydinlik kiritishni
so’rashi lozim. Trener, muhokama etilayotgan savollaming barchasi mavzuga oid boTishini hamda
guruhlaming mavzudan chetga chiqib ketmaslini nazorat qilishi zarur. Munozara so’ngida trener
guruh tomonidan aytilgan bandlami umumlashtirishi hamda erishilgan xulosalami yakunlashi kerak.
Trening guruhlarida bahs-munozara o’tkazayotganda qoida sifatida i|uyidagilami e’tiborga
olish kerak:
• Biror ishtirokchi o‘z fiknni bayon etayotganida boshlovchi uni bo‘lib qo’yishga yoki uning
fikri noto‘g‘riligini isbotlashga va o'zming so‘zini o’tkazishga harakat qilmasligi kerak. Chunki bu
beriladigan keyingi savolga butun guruhning yoki ko’pchilikning javob berishdan bosh tortishiga
olib kelishi mumkin.
• Savol berilganidan so‘ng ishtirokchilami shoshiltirmaslik, javobni o’ylab
olishlari uchun
vaqt berish lozim. Lekin bunda ular berilgan savol ustida ko‘p о ylanmasliklariga ham e’tibor
berilsa, mashg’ulotning bir xil tempda va qiziqarli o'tishiga sharoit yaratiladi.
• Trener iloji boricha "ha", "yo’q" javoblariga eltuvchi savollar bermaslikka harakat qilishi
lozim.
• Ishtirokchilami gapirtirish uchun savollar tushunarli, aniq va lo‘nda tuzilgan bo’lishi kerak.
Muayyan masalalarda guruhiy munozaralardan foydalanish muammoning turli yechimlarini
topishda asqotadi. Munozara ishtirokchilaming muhokama qilinayotgan mavzuga qiziqishini
oshiradi, ularga o‘z fikrini bayon qilish va boshqalaming fikmi eshitishiga imkon beradi.
Bundan
tashqari, munozara davomida muammo yechimining turli yo’llari topiladi, guruhning birlashishiga
va o’zaro mustahkamianishiga asos solinadi.
Treningda guruhiy munozara har bir ishtirokchining muayyan nmsalaga oid tushuncha va
qarashlarini aniqlab olish usuli sifatida ishlatiladi. Misol uchun, ishtirokchilaming "Oilaviy hayot va
mas’uliyat", "Oilada sevgi va jinsiy munosabatlar", "OITSga ongli munosabat", "Er-xotin
munosabatida nizoli vaziyatlar" kabi mavzulardagi fikrlarini bilish qiziqarlidir. Shunda muammo
yechimlarini topish ham osonlashadi.
Dostları ilə paylaş: