31
shart. Trener esa har bir javob variantlarini diqqat bilan tinglashi va e’tirozsiz qabul qilishi zarur.
Bunda muhimi bildirilayotgan fikrga balm berish emas, balki ulaming hammasini qabul qilish
va har bir ishtirokchi aytayottan fikmi doska yoki flipchart qog’ozga yozib borishdir. Aynan shu
usuldan treninglarda juda ko‘p foydalaniladi. Chunki bu usul ishtirokchilaming o‘z mustaqil fikrini
bildira olishining eng qulay yo’lidir. Bu usuldan trening mashg’ulotining boshidayoq foydalanish
maqsadga muvoftqdir. Ayniqsa, guruh kayfiyatini bilish, ulaming bilim darajasini aniqlab olish va
treningdan nima kutayotganliklarini bilib olishda “Aqliy hujum” - eng qulay usul hisoblanadi.
Aqliy hujum natijasida olingan ma’lumotlar guruh bilan olib boriladigan keyingi ishlar uchun
yo’llanma bo’Iishi mumkinligini ham trenerlar unutmasliklari kerak. Ya’ni guruhning keyingi
ishlari jarayonida guruhning yoki aynan kimningdir awalgi
bildirgan fikriga qaytish, aynan
guruhning vakuniy xulosasiga qarab ish yo’nalishini o’zgartirish kabilar shular jumlasidandir.
Bu usulning trening jarayonida foydali jihatlari ko‘p boiib, u ayniqsa quyidagi hollarda juda
qoT keladi:
- nozik va munozarali savollami muhokama qilish uchun;
- o’ziga ishonmaydigan ishtirokchilami munozaraga tortish va ulami qiziqtirish uchun;
- qisqa vaqt mobaynida ko’proq fikr yig’ish uchun.
“Aqliy hujum” usulining muvaffaqiyati ikkita asosiy prinsipga amal qilinishiga bogTiq.
Birinchi prinsip, energetika nazariyasi bilan bogiiqdir. Uning mohiyati quyidagicha: insonlar
individual holda ishlagandagiga nisbatan guruhiy, birgalikdagi faoliyatda ijobiy va yaxshi g‘oyalar
tez va oson paydo boTadi. Negaki guruhda kimdir tomonidan bildirilgan “yaroqsiz” g‘oya butun
guruh tomonidan qo’shimcha fikrlar bilan to Idiriladi va qayta ishlab chiqiladi. Demak, bu
prinsipga asosan, gurubdagilaming fikrlariga “hujum” qilinsa, ulardan yaxshi va original g’oyalar
ko‘p chiqadi.
Ikkinchi prinsipga ko‘ra, agar guruh g’oyalar generasiyasi holatida bo’lsa,
u holda о sha
kreativ tafakkumi turli sabablar bilan to’xtatish kerak emas. Chunki bunday holat yangi-yangi
g’oyalaming yuzaga kelishiga asos boiadi.
Aqliy hujumning afzalliklari:
-Ijodiy tafakkurni rivojlantiradi
-Standart tafakkur chegaralaridan chiqib ketishga imkon beradi
- Oddiy, lekin chiroyli g'oyalar yuzaga kelishi oson amalga oshadi.
Aqliy hujumning afzalliklari qatoriga yana uning oson tushuniladigan va oson qoilaniladigan
usul ekanligini hamda u yuqori texnologiyali asbob-uskunalami yoki uzoq muddatli o’qitishni talab
qilmsligini, shuningdek uning natijalarini osonlik bilan baholash mumkinligini ham qayd etish
mumkin.
Aqliy hujumningo’ziga xos kamchiliklari ham mavjud bo'lib, ular:
Ishtirokchilaming qatnashishida noqulayliklar mavjudligidir, ya’ni “Aqliy hujum ’da
guruhning barcha a’zolari qatnashishlari shart bo‘I gam uchun fikr bildirish jarayonida
gapirmaydigan, tortinchoq ishtirokchilar o‘zlarini noqulay his qilishlari yoki hech kimda taklif, fikr,
g‘oyaning bo'lmasligi guruh va trenerning noqulay sukunatda vaqt o’tkazishiga
olib kelishi
mumkin.
Aqliy hujum treningda muammolarni hal etish, qaror qabul qilish, ijodiy tafakkumi
rivojlantirish maqsadida qo'llanilishi maqsadga muvofiqdir. U ishtirokchilarda tinglash
ko‘nikmalarini rivojlantiradi va jamoani tuzishda foydali bog’lovchi elementni ta’minlaydi. “Aqliy
hujum” usulini o’tkazish o‘ziga xos bosqichlarga bo'linadi va bu bosqichlarga
amal qilish har bir
trenerdan talab etiladi.
"Aqliy hujum"ni o‘tkazish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Trener "Aqliy hujum" mavzusini tag‘dim qiladi.
2. Tag‘dim qilingan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini o'ylab olish uchun ishtirokchilarga
vaqt beriladi.
3. Tag'dim qilingan mavzu yuzasidan fikr-mulohaza bildirish uchun ishtirokchilarga imkon
beriladi.
4. Bildirilgan barcha fikr-mulohazalar maxsus qog'oz yoki doskaga yozib boriladi.
32
5. Muhokama yakunida guruhda turli fikrlilikdan yagona fikrga kelinadi.
Shuningdek, aqliy hujum usulini o'tkazishning 3 ta qoidasi ham mavjud:
1. Barcha fikrlami e’tirozsiz qabul qilish va har bir ishtirokchiga aytilgan fikri uchun
minnatdorchilik bildirish.
2. Fikrlami yozib olayotganda birorta ham fikrni tashlab ketmaslik, ya’ni har bir ishtirokchi
bildirgan fikmi albatta yozib borish.
3. Bildirilgan fikrlami yakunlash va yagona qarorga kelish uchun har bir ishtirokchidan uning
rozi yoki rozi emasligini so‘rash shart.
"Aqliy hujum"ning samaradorligi uchun albatta ana shu qoidalarga rioya qilish lozim. "Aqliy
hujurri'ning asosiy qoidasi — bildirilgan barcha g'oyalarni hech bir e’tirozsiz qabul qilishdir. Shu
sababli trener ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikrlami diqqat bilan tinglab borishi va yo'naltirib
turishi lozim. Bu qoidaga amal qilmaslik guruh kayfiyatining tushishi va o‘zaro
ishonch ruhining
so’nishiga olib kelishi mumkin.
Trener ishtirokchilar tomonidan bildirilayotgan taklif va fikrlami yozib olayotganda e’tiborli
boTishi va ulardan birortasini ham tushirib qoldirmasligi kerak. t hunki ba zan ishtirokchi o‘z
tortinchoqligini yoki o‘zidagi uyalish hissini yengib, fikrini hayajon bilan bildiradi va o‘zi
bildirayotgan fikr barchaning diqqatini tortadi liamda muhokama qilinayotgan fikrlar ichida eng
yaxshisi boTadi, deb ishonadi. Agar uning fikriga trener yoki ishtirokchilar tomonidan ozgma
e’tiborsizlik qilinsa, u buni Menga e tibor qilishmadi, demak mening fikrim ulami qiziqtirmaydi",
degan ma’noda tushunishi va "ichimdan top”, "indamaslik” kabi “kasallik”lariga
chalinib qolishi
ham mumkin.
Bildirilgan barcha fikrlami ma’lum bir guruhga va shaklga keltirish bosqichiga о tayotganda
boshlovchi albatta ishtirokchilardan uning fikriga rozi yoki rozi emasligini yoxud boshqacha
tushunib qolmaganligini so‘rashi kerak, agar norozilik yo’ki tushunmovchiliklar boTsa, bunga
albatta aniqlik kiritish lozim bo'ladi.
Aqliy hujumning natijasi — turli xil g’oyalar, fikrlar, mulohazalar yig‘indisidan yagona fikrga
kelish boTsa, asosiy maqsad - ishtirokchilaming faol ishlashini la minlashdan iborat. Shuning uchun
trening davomida aqliy hujum natijalariga tez- ioz murojaat qilib turish kerakki,
bunda
ishtirokchilar
o‘zlarining
faol
harakatlari
uatijasini,
ulardan
keyinchalik
ham
foydalanilayotganligini ko'rishlari kerak, bu esa ularda "Nima keragi bor edi, bu gaplaming?" kabi
savollar tug’ilishining oldini oladi.
Dostları ilə paylaş: