Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


V. TENINGNIASOSIY BOSQICHI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

 
V. TENINGNIASOSIY BOSQICHI 
5.1.Trening mashg‘ulotlarini olib borish usullari. 
Treningni asosiy bosqichi bu trening mashg'ulotlarining boshlang'ich bosqichi tugaganidan to 
yakuniy bosqich boshlangungacha davom etadi. Bu davrda ishtirokchilar bilan asosiy ish olib 
boriladi. Mana shu jarayondaularning muammolari bilan ishlanadi va ular uchun zarur bo'lgan 
ko'nikma va malakalami shakllantirishga qaratilgan ish olib boriladi. 
S.Staut o‘zining “Trening o‘tkazish metodlari” deb nomlangan ilmiy ishida trening 
mashg'ulotlari jarayonida qo‘llaniladigan faollik turlarini o'zida mujassam ctgan quyidagi ro'yxatni 
keltirgan: ma’ruza, demonstrasiya, individual maslahat, diskussiya, rolli o'yinlar, muammoli 
holatlar to'plami, trening o'yinlari, kompyuter dasturli treninglar, interaktiv video dasturlar, mustaqil 
ta’lim uchun treninglar bo‘yicha qoTlanma, konkret vaziyatlar (keys-bosqichlar), ish joyida 
instruksiya berish, dasturli ta’lim, proektli guruhlardagi ish va hokazo. Bu usullaming barchasidan 
treningda foydalanishni maslahat bergan muallifning fikriga ko‘ra bular o‘qitishning bir xil 
boimagan shaklda tashkil qilish uchun kerak bo‘ladigan usullar to'plami bo'lishi ham mumkin. 
Har qanday trening mashg'ulotlarini olib borishda samaradorlikka erishish uchun eng avvalo 
ishtirokchilar orasida samimiylik, ochiqlik, o'zaro ishonch muhitini yaratish lozim boTadi. Bular 
amalga oshmasdan turib, treningdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Bunday muhitni 
yaratish esa boshlovchidan katta mahorat talab etish bilan birgalikda trening jarayonida 
qo'llaniladigan usullarga ham bog'liq bo'ladi. Bunday usullar sirasiga "ta’limning noan’anaviy 
usullari" deb nom olayotgan va bizning ta’lim tizimimizga ham keng kirib kelayotgan usullar 
kiradi. Ular quyidagilardir: ma’ruza, aqliy hujum, bahs-munozara, psixogimnastik mashq, o 'yinlar, 
rolli o'yinlar, psixodramma, SWOT - tahlil, guruhlarga bo'lib ishlash, keys metodi. Bulardan 
tashqari maqsadga va vaziyatga qarab muammoli vaziyatlami tahlil etish usuli ham qo'llaniladi. 
Endi ushbu usullami har birini alohida-alohida yoritib beramiz. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin