25
berilmasligingiz yoki bunday demasligingiz kerak edi" kabi jumlalaming qo‘ llanilishi
ishtirokchining e’tiroziga sabab bo‘lishi bilan birga qolgan ishtirokchilar o‘z
fikrlarini va
muammolarini bayon etishda ochiq gapirishdan tortinishlari mumkin. Shuning uchun, “bunaqa
vaziyatda men bunday qilardim yoki degan bo‘lardim” kabi variantlarda so'zlashish yoki fikrini
bildirish so'raladi.
Yuqorida sanab o'tilgan normalaming barchasi hamma treninglarda qo‘llanilishi shart emas.
Normalarni qabul
qilishda guruhning tuzilishi, trening mashg'ulotning davomiyligi kabilar ham
e’tiborga olinishi maqsadga muvofiqdir.
Sanalgan normalardan tashqari trener tomonidan quyidagilar alohida ta’kidlab o'tilishi shart:
• Birovning fikrini umuman noto‘g‘ri deb hisoblagan yoki unga qo‘shilmagan holatda ham
uning gapini bo‘lishga, to‘xtatib qo'yishga yoki ustidan kulishga hech kimning haqqi yo‘q.
• Ishtirokchilar bir-birini masxaralashi yoki g'ururiga tegadigan gaplar aytishi mumkin emas.
• Ishtirokchilar ham, boshlovchi ham, agar savol uning shaxsiy hayotiga tegishli bo'lsa, javob
bcrmaslik huquqiga ega.
• Boshlovchiga savollar va fikrlar anonim tarzda berilish imkoniyati yaratilishi shart. Lekin bu
haddan tashqari chegaradan chiqish imkonini bermasligi, ya’ni boshlovchining shaxsiyatiga tegish
kabilarga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi kerak.
Normalarni mashg‘ulot o‘tkazishdan avvalroq katta qog'ozga yozib, xonaga osib qo'yish yoki
guruh a’zolari bilan birgalikda "Aqliy hujum" usuli orqali aniqlashtirib olish maqsadga muvofiq.
Bu trener va ishtirokchilar orasidagi birinchi guruhiy kelishuv hisoblanadi.
Bunda shu narsa
muhimki, har bir kishining fikrini albatta eshitish, nima uchun bu tamoyilga xayrixohligi yoki
noroziligini izohlashini so'rash lozim. Tamoyillami tasdiqlashni ovozga qo'yish kerakmas.
Chunki
agar kimdir guruhning fikriga norozi bo ladigan bo'lsa, uni ko‘ndirishga harakat qilish yoki guruh
boshqa qarorga kelishi lozim bo'ladi. Uning fikrini inobatga olmaslik esa guruhdagi pisixologik
iqlimga salbiy ta’sir etishi aniq. Ya’ni fikri inobatga olinmagan ishtirokchida norozilik holati paydo
bo'ladi va bu uning treningdagi butun ishtiroki davornida
noroziligini namoyon qilib, qolganlarga
xalaqit berishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari agar bu shaxs o‘zini past baholovchi shaxs
boisa, unda ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zini baholashning pasayishi va h.k.lar ham paydo bo'lish
ehtimolini tug'diradi.
Dostları ilə paylaş: