Intizom ga qa t'iy rioya qilish y o k i “0 - 0 qoidasi ” normasi. Bunda har b ir guruh a ’zosi
m a sh g 'u lo tg a o ‘z vaqtida kelishi, o ‘z vaqtida ketishi kerakligi zarurligini his etishi lozim va
bunga qat’iy amal qilishi kerak. Chunki trening mashg’ulotiga biror- bir ishtirokchi kechikib qolsa,
mashg'ulot qoidasiga ko’ra mashg’ulotni boshlash mumkin emas, shuning uchun butun guruh
kechikkan ishtirokchini kutishiga to’g'ri keladi. Bunday holning sodir boTishi esa ayrim
ishtirokchilaming jahlini chiqarishi, g'ashiga tegishi, mashg'ulotlaming to'xtab qolishi va turli
noroziliklarga olib kelishi mumkin.
"Maxfiylik"yoki “Sir saqlash” normasi. Trening jarayonida bayon etilgan kimningdir,
aniqrog'i guruhdagi biror-bir ishtirokchining hayotiga oid ma’lumotlar, fikrlar, hissiyotlaming
ifodalanishi, o‘yin va mashqlami bajarish jarayonida noqulay holatlarga tushib qolishlar trening
doirasidan chetga chiqmasligi lozim. Negaki kishining shaxsiga oid bunday ma’lumotlaming
mashg'ulot chegarasidan chetga chiqishi uning uchun turli kutilmagan tnoxushliklami keltirib
chiqarishi mumkin.
"Shu yerda va hozir" normasi. Guruhdagi muomala-munosabat mashg'ulot jarayoniga
bevosita aloqador, ya’ni ayni payt bilan bog'liq bo'lishi zanir. Hattoki ishtirokchilardan birortasi
o'tgan zamondagi voqeani hikoya qilayotganda ham, iming shu yerda va ayni paytda nimani his
qilayotganligi muhim ahamiyat kasb etishini unutmaslik lozim. Bundan tashqari, ham trener, ham
har bir ishtirokchi o'zining har qanday muammolarini unutib, o'zini faqat "shu yerda va hozir"
holatida his qilishi trening samarasi uchun asosiy omillardan biridir.
Fikrni birinchi shaxs tomonidan bayon etish normasi. Bunda doimo mulohazalar
"Menimcha...", "Mening fikrimcha...", "Mening o’ylashimcha..." qabilida bayon etilishi maqsadga
muvofiqligi uqtirilishi kerak.
"Yagona mikrofon" normasi. Biror ishtirokchi o‘z fikrini bildirayotganida, boshqalar unga
diqqat bilan quloq solishi va uning gapini boTmasligi, bir-birining shaxsini o’zaro hurmat qilishi
lozim. Kimdir gapirayotganida boshqa birovning unga quloq solmasligi so'zlovchining shaxsiyatiga
tegishi va u keyingi bahslarda o‘z munosabatini bildirishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin.
Bu esa trening samarasiga salbiy ta’sir ko'rsatishi ehtimolini keltirib chiqaradi.