Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

 5.5. “Keys metodi”
So'nggi yillarda trening kurslarida keys metodidan foydalanish ommalashmoqda. Ko‘pincha 
ushbu metodni qoilashda ishtirokchilarga qandaydir vaziyatlaming tanlovini amalga oshirish taklif 
etiladi. Bu vaziyatlar hayotiy yoki tasavvurdagi vaziyatlar bo‘lishi mumkin. 
Keys metodi qoilanilishining asosiy 3ta variant! mavjud:
1. Muommoni diagnostika qilish
2. Bir yoki bir nechta muommoni diagnostika qilish hamda ishtirokchilaming ularni hal etish 
usullarini ishlab chiqish.
3. Muommoni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlaming ishtirokchilar tomonidan 
baholanishi (muommo va uning hal etilishi yohiqnomada ko'rsatilgan boiadi). 
Hal etishning mos varianti tanlanganidan so'ng keys metodini bir masala yoki masalalar 
to'plami uchun qoilash mumkinligi aniqlanadi. Ushbu masalalaming murakkabligiga qarab bu 


35
metod 30-60 daqiqalik qisqa mashq ko‘rinishida yoki ancha keng hajmda o'tkaziladi. Ba’zi 
holatlaTda birorta muhim vaziyatni o'rganish uchun bir necha kun davom etuvchi kurs o‘tkazilishi 
ham mumkin. Ushbu variantlarning har birida trening mashg'ulotidagi ma’lumotlar muammo 
ko'rinishida beriladi. Ushbu ma’lumotlar dokumental shaklda (masalan, xabar) yoki verbal, vizual 
vositalar yordamida taqdim etilishi mumkin. 
Maslahatlar:
> Kerakli (mos keluvchi) materialni tanlab olish. 
Keys metodi uchun tanlab olingan material muommolami aks ettirishi kerak. Bu muommolar 
bilan ishtirokchilar reallikda to‘qnashishlari mumkin. Material ma’lumotlari hajmi ortib ketsa guruh 
ishtirokchilari qiynalib qoladilar. Qo‘shimcha ma’lumotlami har doim kechroq taqdim etish mimkin 
boiadi.
> Alternativlaming mavjudligi.
(’’Altemativ” - “o‘rnini bosuvchi”, “zaxira” kabi ma’noni bildiradi) Tanlab olingan masala 
yetarlicha keng hajmli boiishi darker. Masalaning turli yechimlari boiishi kerak. Faqatgina bitta 
“to‘g‘ri” javobga ega boigan muommolar ushbu metod uchun kam samarali hisoblanadi. Guruh 
qanchalik katta boisa, mashg‘ulotni o'tkazish shunchalik noqulay boiadi. Keys metodi yordamida 
optimal (maqbul) natijalami olish uchun guruhdagi ishtirokchilar sonini o'ntagacha chegaralash 
kerak. Agar guruh katta bo‘Isa, uni bir nechta mayda guruhchalarga boiish lozim. Har bir guruheha 
berilgan muommoning bitta jihati bilan shug'ullanadi. Muammoni raqib jamoaga nisbatan tezroq 
hal etishni har bir guruhga taklif qilib, bu metodga musobaqa elementini kiritish mumkin. 
Keys metodining afzalliklari:
- Realizm
- Bosimning minimallashtirilishi. 
Keys metodi yordamida murakkab, emosonal muhim masalalami real hayotdagi 
tavakkalchiliklar ostida emas, balki qulay trening sharoitlarida hal etishni o'rganish imkoniyati 
paydo boiadi.
-Faol o‘zaro ta’sir. 
Keys metodining kamchiliklari:
-Yechimga olib boruvchi har bir qadamni aniqlash, tahlil qilish va chamalashni o‘rganish keys 
metodining eng katta afzalliklaridan biri hamda shu vaqtning o'zida uning kamchiligi hamdir. 
Treningda muammoni yecha olgan kishi real hayotda uni yecha olmasligi ohumoli katta. 
Chunki real hayotda unga yetarlicha vaqt, bilimlar va xavfsiz sharoitlar yaratilib berilmagan boiadi. 
Bulaming barchasini ishtirokchilarga tushuntirish lozim. Chunki ular o‘z ish joylarida uchraydigan 
muvaffaqijutsizliklarga tayyor boiishlari kerak. 
-Xulosalaming boimasligi. 
Vaqtinchalik boigan ramkalar guruhga qandaydir arnaliy tavsiyalar ishlab chiqishga imkon 
yaratib bermaydi. Shuning uchun bulaming barchasi guruhda umumiy qoniqmaganlik tuyg‘usining 
paydo boiishiga sabab boiadi. 
- Ishonchlilik. 
Reallikka ehtiyoj - keys metodining zaruriy shartidir. Bu metod yordamida bajariladigan 
mashg'ulotlar real vaziyatdagidek bo‘lishi shart. 
Qo'llanilishi. Metodni kichik guruhlarda yoki katta guruhni guruhchalarga bo'lgan holda 
qo‘llash mumkin. Ushbu metod analitik qobiliyatni rivojlantirishga yo‘na!tirilgan dasturlarda 
ko‘proq samarador hisoblanadi. Bu trening qarorlar qabul qilishdagi muammolami hal etish uchun, 
muzokaralami olib borishdagi muammolami, xodimlar jamoasi (personal) bilan o‘zaro 
munosabatdagi muammolami hal etish uchun o'tkaziladi. 
Qo'llanilishdagi boshqa sohalar:
• menejment (boshqaruv)
• savdo ishi
• ma’muriyat 
“SWOT - Tahlil (Kuchli tomonlari, kuchsiz tomonlari,imkoniyatlar, xavjlar)" usuli. Bu usul 
aqliy hujumning strukturasiga qo'shimchadir. Buning uchun filip-chart qog‘ozi to‘rt qismga bo'lib 


36
va ularga muhokama qilinayotgan mavziming kuchli, kuchsiz tomonlari; imkoniyatlari va xavfli 
jihatlarini yoritish topshrig‘i beriladi. Masalan, biznes sohasiga oid mavzuni tahlil qilish uchun 
guruh biznesning kelajakdagi imkoniyatlari muhokama qilinishi mumkin. 
Kuchli va kuchsiz tomonlar ko‘p hollarda ichki omillar sifatida qabul qilinadi, imkoniyatlar va 
xavfli tomonlari esa tashqi omillar sifatida muhokama qilinadi. Yuqoridagi qismlar aniqlangandan 
keyin, kichik guruhlar shu qismlar ustida ishlashi mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin