Psixologiya” fаkulteti “oila psixologiya” yoʻnаlishi 311-21-guruh talabasi qodirova zeboning


Tranzak tahlilda “Men” tushunchasi va “Men “ konsepsiyasi



Yüklə 76,15 Kb.
səhifə4/8
tarix19.10.2023
ölçüsü76,15 Kb.
#156968
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHIM (Автосохраненный)

Tranzak tahlilda “Men” tushunchasi va “Men “ konsepsiyasi.

«Men-konsepsiyasi» faqat anglanadiganlarni o’z ichiga olgani uchun uni ongli kognitiv idrok va individning o’zini o’zi baholashi, ya’ni, o’zi haqida fikr va mulohaza bildirishi sifatida aniqlash mumkin.
Ko’pchilik chet ellik mualliflarning U. Xyuit tomonidan umumlashtirilgan qarashlariga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» bir necha tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi.
Jismoniy nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» odam tanasi va organizmining psixofiziologik va anatomik xususiyatlarida: ko’rish, eshitish, og‘irlik, jins, bo’y o’lchami va boshqalarda namoyon bo’ladi. Bularga yana kiyinish rusumi, yoqtirgan avtomobil rusumi, uy-joy turi, yashash hududini kiritish zarur.
Akademik nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» maktabda olingan baholar va erishilgan yutuqlar, o’qishga bo’lgan istak va malakalar, va shu kabilarda ifodalanadi. Odatda, ular ikki darajaga bo’linadi: a) matematika, adabiyot, chet tillar va boshqa fanlar bo’yicha erishilgan yutuqlarning qay darajada yaxshi va yuqoriligida namoyon bo’ladigan akademik yutuqlarning umumiy jihatdan baholanishi; b) shaxsiy yutuqlarning bir xil ijtimoiy guruh yoki bir avlodga mansub bo’lgan boshqa odamlarning yutuqlari bilan qiyoslashtirish asosida shakllanadigan akademik yutuqlarning ijtimoiy jihatdan baholanishi.
Ijtimoiy nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» atrofdagi odamlar bilan – oila doirasida, qo’shnilar orasida, ishxonada o’zaro munosabatlarning o’rnatilishiga bog‘liq bo’ladi.
Ijtimoiy «Men» bizning boshqa odamlar, jamiyat hayotiga kirgan holda bu jamiyatga nisbatan ba’zi bir majburiyatlarni bajarishimiz, boshqacha aytganda, ijtimoiy rollar: o’quvchi, o’g‘il-qiz, do’st, sportchi, a’lochi, yigit, qiz bolaning rolini o’ynaganimiz yuzasidan paydo bo’ladi. Biz boshqa odamlar bilan rollar darajasidagi muloqotda juda ko’p vaqtimizni o’tkazamiz.
Transshaxsiy nuqtai nazarga ko’ra, «Men-konsepsiyasi» hayot mazmuni muammosini hal etishga mas’ul bo’lganligi, inson diniy qarashlari yoki ularning mavjud emasligi bilan bevosita bog‘liqligi sababidan muhimdir.



Yüklə 76,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin