Psixologiya” fаkulteti “oila psixologiya” yoʻnаlishi 311-21-guruh talabasi qodirova zeboning


Shaxsning o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”ning eksiztensial psixologik kategoriyasi



Yüklə 76,15 Kb.
səhifə3/8
tarix19.10.2023
ölçüsü76,15 Kb.
#156968
1   2   3   4   5   6   7   8
KURS ISHIM (Автосохраненный)

Shaxsning o’z-o’zini anglashi va “Men konsepsiyasi”ning eksiztensial psixologik kategoriyasi

Ekzistensial psixologiyada, R. May, inson doimo mavjud boʻlish jarayonida, potentsial inqirozda idrok qilinadi, bu Gʻarb madaniyatiga xos boʻlib, unda tashvish, umidsizlik, oʻzidan begonalashish va ziddiyatlarni boshdan kechiradi.
Ekzistensial psixoterapiya va psixologiyaning asosiy tushunchasi, R.May aytganidek — bu „insonni borliq sifatida tushunishdir. R.May fikriga koʻra, ekzistensialistlarning asosiy deklaratsiyasi shundan iboratki: inson borligʻiga qanchalik kuchli kuchlar taʼsir qilmasin, inson oʻz hayotining aniqligini bilishi va shu orqali unga munosabatini oʻzgartirishi mumkin. Shaxsning kuchi — bu qanchalik ahamiyatsiz boʻlmasin, maʼlum bir pozitsiyani egallash, aniq qaror qabul qilish qobiliyatida. Ana shu maʼnoda inson borligʻi pirovard natijada erkinlikdan iborat: P. Tillich, „Inson haqiqatan ham qaror qabul qilish paytidagina shaxsga aylanadi“.
O’z-o’zini anglash jarayoni milliy o’zligini anglash bilan uzviy bog’liq bo’lib, muayyan vaqt, muddat o’tishini, ya'ni ma'lum davrni taqozo etadi, lekin u ham evolyusion, ham revolyusion yo’l ta'sirida amalga oshishi mumkin. o’z-o’zini anglash borliq va jamiyatni in'ikos etishning yuqori bosqichi sanalib, pirovard natija sifatida yuzaga keladi, insonning donishmandligini namoyish qiladi. o’zo’zini anglash besh tarkibdan iborat bo’lib, u o’ta murakkab jarayon shisoblanib, uning tarkiblari birin-ketin anglashinish imkoniyatiga ega emas. Chunki insonda 93 o’zining shayoti va faoliyati yutuqlari, nuqsonlarini, xulq-atvor ko’nikmalarini, aql-idrok darajalarini, ichki imkoniyat zaxiralarini, qadriyat hamda ma'naviyat ko’rsatkichlarini oqilona basholash qurbi yetishmaydi. Shaxsda tanqid va o’zo’zini tanqid, basholash va o’z-o’zini basholash, tekshirish va o’z-o’zini tekshirish, nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish, boshqarish va o’z-o’zini boshqarish, takomillashtirish va o’z-o’zini takomillashtirish, rivojlantirish va o’z-o’zini rivojlantirish mutanosibligi maqsadga javob bera olmaydi. Individual va ijtimoiy ongni tobora rivojlanib borishi mazkur mutanosiblikni amalga oshirishni ta'minlaydi, bu esa muayyan muddatni talab qiladi. Inson o’z-o’zini anglash jarayonida ko’pincha reallikdan boshlaydi, Hozirgi va favquloddagi holatni tashlil qiladi, shaxsiy imkoniyati bilan taqqoslaydi, ma'lum mezon yoki namuna, ibrat tanlab, unga tenglashishga intiladi. Keyinchalik esa kelajak, istiqbol rejalari uni qiziqtiradi, o’zining nimalarga qodirligi yuzasidan mulohaza yuritadi va bu borada muayyan qaror qabul qilishga erishadi, lekin uning ongliligi yoki oqilliligiga shubshalanadi. Uni bir necha marta tashlil qilish, qiyoslash, unga o’zgartirishlar kiritish, yangilash orqali bo’lg’usi "Men" iga aniqlik kiritadi va faollik mexanizmiga aylantiradi. O’z-o’zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o’tmishini tashlil qiladi, undagi qusurli va ibratli jishatlarni o’zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy shayotdan u o’ziga ideal bo’luvchi shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko’rinishlarni, ko’rsatkichlarni o’zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o’z-o’zini anglash davomida dinamik harakatsiz shech bir narsani ro’yobga chiqara olmasligiga iqror bo’ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni basholash, tekshirish, nazorat qilish, boshqarish natijasida dinamik "Men" shakllana boshlaydi. o’z-o’zini anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma'naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir. O’z-o’zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, muddat talab qiladi, shuning uchun o’quvchilar, talabalar va respublikamizning boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o’tkazish orqali ko’zlangan maqsadga erishish mumkin. XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya'ni komil insonlikka intiluvchi shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo’lib, unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o’z ifodasini topadi. Komillikning o’ziga xos bosqichlari, ob'ektiv va sub'ektiv xususiyatli hart-haroitlari, omillari mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o’z iqtidori, iste'dodi, saloshiyati, qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o’z zamondoshlaridan sezilarli darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o’ta ongli, biosfera va neosfera munosabatlarini anglovchi ongli zotdir. Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki buning ham ob'ektiv, ham sub'ektiv omillari, hart-haroitlari mavjuddir. Xuddi shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho’qqisiga erishib bo’lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi. XXI asrda yashovchi odamlar insonparvarlik g’oyalarini aks ettiruvchi kishilarning timsoli sifatida shayot va faoliyatda o’z-o’zini nazorat qilish, o’zo’zini basholash, o’z-o’ziga buyruq berish, o’z-o’zini ifodalay olish, o’z-o’zini kamol toptirish, o’z-o’zini kashf qilish imkoniyatlariga ega bo’lmoqlari lozim, bu esa o’z navbatida muayyan tarixiy davrni taqozo etadi. Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisi bilan almashish, shuningdek, mustaqillik va uning ne'matlari respublikamiz fuqarolarida tub o’zgarishlarni vujudga keltirishga muhim zamin shozirlashda davom etadi. Milliy tuyg’u, milliy qiyofa, milliy xarakter, milliy ta'b, milliy kuy va raqs, milliy ma'naviyat, qadriyat ta'siri ostida o’zining tub moshiyatini aks ettira boshlaydi. 5 Lekin bu imkoniyatdan to’la foydalanish uchun barcha xalq yetarli darajada tayyor emas, chunki har bir shaxs ruhiyatida eshtiyoj bilan imkoniyat o’rtasida muayyan qarama-qarshiliklar shukm suradi. Har bir inson o’zining birdaniga tenglik alomatini qo’yib bo’lmaydi, chunki shaxslar orasida tafovutlar mavjud bo’lganligi tufayli "sun'iy" likka yo’l qo’yish odatdan tashqari holatdir.
O’zini o’zi anglash Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari qatorida qo’llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta'riflarga aniqliklar kiritishdan, tezaurus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir. Ushbu mulohazalar moshiyatini o’zini o’zi anglash, axloq, ma'naviyat, taraqqiyot, dinamika va shaxsga oid tushunchalar to’g’risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur tushunchalar o’zaro ierarxik tuzilmaga ega bo’lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va o’ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson turadi. Shu fikrni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o’zini o’zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida aloshida 97 o’rganilmaganligi tufayli uni tashlil qilish o’zini o’zi anglash, axloq, milliy xarakter, ma'naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog’liq ravishda amalga oshiriladi. Bizningcha, ajratib ko’rsatilgan kategoriyalar, tushunchalarni o’ziga xos tarzda yoritish psixologiyani asosiy va ustuvor atamasi sanalmish shaxsni yaqqol anglash imkoniyatini yaratadi, axloqiy o’zini o’zi anglashning ijtimoiy-psixologik voqelik tariqasida aniq namoyon bo’lishini o’rganishni kafolatlaydi. Axloqiy o’zini o’zi anglash "o’zini o’zi anglash" ning xususiy ko’rinishi, jabshasi bo’lganligi tufayli uning ruhiy tuzilishi, tabiati, o’ziga xosligi, tarkib topishi, rivojlanishi va takomillashuvi, ob'ektiv, sub'ektiv, ichki hamda tashqi hart-haroitlari, eng avvalo, o’zini o’zi anglash jarayonining ichki xususiyatlariga ko’p jishatdan bog’liq. Hozirgi zamon psixologiya fanida o’zini o’zi anglashning tabiatini tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo’lib, ular birbiridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi yondashishga qaraganda, o’zini o’zi anglash-bu o’z yo’nalishini o’zgartirgan ongning aynan o’zidir, xuddi shu bois u inson ongining maxsus ko’rinishi demakdir. Bu sohadagi ikkinchi mulohaza S.L.Rubinshteynning ilmiy ishlarida o’z ifodasini topgan bo’lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.AbulxanovaSlavskaya tomonidan o’tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda. Uning fikriga binoan, ong va o’zini o’zi anglash jismoniy real hamda yuridik shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo’lib, ular uning shayoti va faoliyatini vosita yoki "qurol" sifatida ta'minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha, ikkinchi yondashish o’zini o’zi anglashning tabiati yuzasidan to’g’ri (adektiv) ma'lumot berish imkoniyatiga ega, binobarin, metodologik nuqtai nazardan uni ilmiy-nazariy va amaliy-tatbiqiy jishatdan tadqiqot qilish yuksak ko’rsatkichlar berish mumkin. Yuqoridagi o’zini o’zi anglashning ruhiy tabiati shaqidagi ikki xil munosabatning mavjudligi- uning paydo bo’lishi sabablarini, yo’nalish ob'ektini, tadqiqot predmetini turlicha yoritilishga olib keladi. Birinchi yondashashga ko’ra, o’zini o’zi anglashni vujudga kelishining bosh sababi-inson bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatning o’zaro nomutanosibligidir. Inson muayyan jamiyatda, mikro va mize mushitda yahar ekan, u xuddi shu mushitda mavjud bo’lgan qonun-qoidalarga va tartib-intizomga bo’ysunishga hamda shular asosida, ularning negizida o’z xulq-atvori, munosabatlarini idora qilishga, boshqarishga majburdir. o’z xulq-atvorini va munosabatlarini o’zi idora qilish 98 jarayoni esa, ularni yuzaga keltiruvchi eshtiyojlarni, xoshish istaklarni, motiv va mayllarni, maqsad va qiziqishlarni boshqarishdan iboratdir. Bunday ko’rinishdagi, tuzilishdagi, mazmundagi anglash va uni idora qilish psixologik nuqtai nazardan eshtiyojning individual ongdagi ifodasini hamda ular o’rtasidagi bo’ladigan munosabatlarni tartibga solishni taqozo etadi. Uning paydo bo’lishining bosh sababi ham, yo’nalish ob'ekti ham ongdir, ya'ni u ongning ichki barqarorligi natijasida yuzaga keladi va barqarorlikni shakllantirish uchun xizmat qiladi. Shu narsani ta'kidlash o’rinliki, birinchi yondashishning namoyandalari talqinida ongning ichki beqarorligini vujudga keltiruvchi elementar yuzasidan oladigan ma'lumotlarga qaratadi. Bunday ma'lumotlar inson tomonidan o’zlashtirilgandan keyin bir xil mazmunga ega bo’lmaganliklari tufayli o’zaro qarama-qarshilikka uchraydi, ularning o’zaro mutanosibligini ta'minlash uchun inson ijtimoiy ongiga murojaat qiladi va shu yo’l orqali ma'nolar o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Xuddi shu boisdan ham L.S.Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o’zini o’zi anglash turli xil ma'nolar o’rtasida birlikni vujudga keltirish jarayoni sifatida va o’zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo’ladi. A.N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi moshiyat bilan mazmun o’rtasidagi ziddiyat o’zini o’zi anglashning sababchisidir. A.N.Leontevning shogirdi V,V.Stolinning uqtirishicha, o’zini o’zi anglashning asosida (negizida) "menlik" ning mazmunlari o’rtasidagi ziddiyat yotadi. B.G.Ananev izlanishlarida aks etishicha, o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishi omili- odamning individual xosiyati, faoliyat sub'ektliligi shaxslilik xususiyatlarining tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlikdir. Uning mulohazasiga ko’ra, o’zini o’zi anglash ana shu uchala xususiyatni o’zaro muvofiqlashtiradi va xuddi shu tariqa ongning individualligini ta'minlab turadi. Amalga oshirilgan psixologik tashlildan ko’rinib turibdiki, birinchi yondashuvda o’zini o’zi anglash xulq-atvorni va munosabatlarni belgilovchi hamda idora qiluvchi mustaqil sub'ektga aylanadi, natijada real inson tadqiqot markazidan uzoqlashadi, uning o’rnini ong va o’zini o’zi angldash egallaydi. Bizningcha, o’zini o’zi anglashni bu tarzda tushunish (va tushuntirish) uning psixologik tabiatini atroflicha, to’liq yoritishga imkon bermaydi va nazariy jishatdan noto’g’ri (noadekvat) xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul qilishga olib keladi. Ikkinchi yo’nalishning asoschisi S.L.Rubinshteynning tadqiqotlariga asoslanib, biz o’zini o’zi anglash muammosini tadqiq etishga asosiy diqqate'tiborni, eng avvalo, uning sub'ektiga, ya'ni insonga-shaxsga qaratish maqsadga muvofiq, deb shisolaymiz. Ushbu fikrni boshqacha so’z bilan ifodalaganda, o’zini o’zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo’lmasdan, balki insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) ob'ektiv hart-haroitlar sifatida odamlarning shayoti, umumiy yashash haroiti deb yozadi S.L.Rubinshteyn, - aks ettirish faoliyatining harti 99 shaqida gap ketganda, odamning turlicha namoyon bo’lishining, umumiy hartlari ichidan xuddi mana shu in'ikos etish faoliyatining maxsus hartini ajratib olishimiz zarur bo’ladi. o’zini o’zi anglashning paydo bo’lishini ta'minlovchi maxsus hartni aniqlash uning sub'ekti to’g’risidagi muammoni shal qilishni, muayyan yo’lyo’riqlar va oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi. Jahon psixologiyasi fanida to’plangan ma'lumotlardan ma'lumki, inson (shaxs) o’zini o’zi anglashi uchun xuddi shu o’zini o’zi anglash xususiyatining (jarayonining) sub'ekti bo’lishi muqarrar.
O’z-o’ziga baho berish to’g’ridan to’g’ri shaxsning ijtimoiy adaptatsiyasi va dezadaptatsiyasi bilan bog’liq. Voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish haqidagi bugungi ma’lumotlarning ziddiyatli ekanligiga qaramay, o’smirning asotsial va delikvent fe’li va o’ziga-o’zi baho berishning o’zaro bog’liqligi haqida tasavvurlari amalda umumqabul qilingandir. Bahslar esa asosan qonunbuzarning o’z-o’ziga baho berishi qanday holatda salbiy yoki ijobiy ekanligiga borib taqaladi. Empirik tadqiqotlarga asoslangan va eng keng tarqalgan pozitsiyaga ko’ra, o’smir – delinkventlar, va yoshi katta qonunbuzarlarning ham o’ziga-o’zi baho berishi yuqoridir. Shu bilan bog’liq ravishda qayd etiladiki, shaxsning ijtimoiy dezadaptatsiyasi bilan bog’liq yuqori, noadekvat baho keng ixtilof zonasini yoritadi va ma’lum shart – sharoitlarda delingvent fe’l-atvorning namoyon bo’lishiga olib keladi. 6
Shu bilan birga eksperimental ma’lumotlarga asoslangan boshqa nuqtayi nazar ham mavjud. Ushbu nuqtayi nazar tarafdorlarining fikriga qaraganda, voyaga yetmagan qonunbuzarlarning o’ziga-o’zi baho berish darajasi boshqa o’smirlarga nisbatan pasroq. Teskari natijalar olingan tadqiqotlarning ko’pchiligi esa, ushbu konsepsiya tarafdorlarining fikricha, metodik nuqtai nazardan to’g’ri emasdir. Bir qator tadqiqotlarda ko’rsatilgandek, yosh jinoyatchilarda hamda “qiyin” o’smirlar bilan shug’ullanuvchi jmoat tashkilotlari e’tiboriga tushganlarda “Men” konsepsiyasi salbiydir. Ushbu yo’nalishdagi ishlarda ko’rsatilganidek, yomon “Men” konsepsiyasi (o’ziga ishonchning zaifligi, rad javobi eshitishdan qo’rqish, o’z-o’ziga baho berishning pasligi) shakllangach, fe’l-atvorning buzilishiga olib keladi. Bunda salbiy “Men” konsepsiyasining quydagi ta’sirlari ajratib ko’rsatiladi.
Umuman olganda, qayd etib o’tish kerakki, zamonaviy psixologiyada o’smir qonunbuzarning o’ziga past yoki yuqori baho berish haqidagi ma’lumotlarda ma’lum qarama-qarshiliklar ko’zga tashlanadi. Bunday ziddiyat paydo bo’lganda, fanda boshqacha konsepsiya, tavsifiy kuchga ega va ziddiyatlarni hal qiluvchi uchinchi yondashuvni ishlab chiqishga bo’lgan ehtiyoj dolzarblashadi.
Zigmund Freyd shaxs nazariyasini rivojlantirish barobarida boshqa olimlarning fikrlariga qarshi chiqqan holda, nisbatan boshqacharoq tarzda asoslab bergan. Uning fikriga ko’ra «individ — doimo jamiyat bilan nizoda bo’ladi» deb ta’kidlaydi. Ya’ni «insonning biologik ehtiyojlari (ayniqsa jinsiy ehtiyojlari) jamiyatdagi mavjud madaniyat me’yorlariga zid boiib, shaxs o’z ehtiyojlarini qondirish jarayonida bu me’yorlar bilan albatta to’qnash keladi.
Shaxsning o’z-o’zini anglashi, ya’ni o’zidagi mavjud sifatlarni konkret baholash jarayoni ko’pincha shaxs tomonidan og‘ir kechadi, ya’ni inson tabiati shundayki, u o’zidagi jamiyat me’yorlariga to’g‘ri kelmaydigan yomon sifatlarni anglamaslikka, bekitishga harakat .qiladi. Hattoki bunday tasavvurlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi. Bu ataylab qilinadigan ish bo’lmay, u har bir shaxsdagi o’z shaxsiyatini o’ziga xos psixologik himoyalash mexanizmidir. Bunday himoya mexanizmi shaxsni ko’pincha turli xil yomon asoratlardan, hissiy kechinmalardan asraydi.
Z. Freydning klassik psixoanaliz nazariyasiga ko’ra, «Men» konsepsiyasi inson psixikasining strukturali komponenti hisoblanadi, boshqacha aytganda, Zigmund Freyd shaxs shakllanishining psixik strukturasini uch asosiy qismga bo’lib ko’rsatadi:
Bu uchta komponent bolaning shaxs bo’lib shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Bolalar reallik prinsipiga, shuningdek, Ego va Superegoning talablariga rioya qilishlari kerak. Ego Super egoning jazolashlari va xatti-harakatlari uchun javobgardir. Shu orqali inson o’z aybini va mag‘rurligini his qiladi.Freyd nazariyasiga kola, jamiyatda tarixan tarkib topgan odatlar, axloqiy prinsiplar, ijtimoiy «senzura»ning mavjudligi tufayli jinsiy mayl to’g‘ridan to’g‘ri to’siladi. Shuning uchun ham ba’zi kishilarda bu ongsiz tabiiy mayl bilan anglab turilgan vaziyat o’rtasida ichki ruhiy nizo paydo bo’ladi, bunday to’qnashuvlar ba’zan barqaror asab kasalliklariga (nevrozga) olib keladi. Kishilik jamiyatida ko’pchilik kishilarning hayoti davomida bu tabiiy ongsiz mayl energiyasi mehnat faoliyatiga, aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va sarf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko’chirilishi sublimatsiya deyiladi.
“Men» siymosi — ijtimoiy munosabatlarning ham shart-sharoiti, ham oqibatidir. Mutaxassislar shaxsda amalda birgina uning «Men» siymosini emas, balki, navbatma-navbat goh o’zini anglashi, goh muayyan vaziyatda o’zining ahamiyatini yo’qotadigan ijtimoiy o’zaro birgalikdagi harakatni qo’yadigan va bir-birining o’rnini egallab turadigan ko’plab «Men» siymolar bo’lishini qayd etishadi. O’spirinlik davriga xos bo’lgan talabchanlik asosida u «men o’zimni yomon ko’raman» deb gapirganda yoki o’ylaganda, bunday baho berishni o’spirinning «Men» siymosiga beradigan barqaror tasnifi sifatida tushunmaslik kerak. Ozgina vaqtdan keyin uning o’zi haqidagi tasavvurlari butunlay qarama-qarshi tomonga o’zgarib qolishi ham ko’p kuzatiladigan holatdir.
L.S. Vigotskiyning ta’rifiga ko’ra, o’z-o’zini anglash bu — insonning o’zi haqidagi tasavvurlarining dinamik tizimi bo’lib, o’zining jismoniy, intellektual va boshqa turli sifatlarini anglash bilan yuzaga keladi. Ushbu sifatlariga o’z-o’zining beradigan bahosida tashqi omillar, munosabatlar ham ta’sir etishi mumkin.
O’z-o’zini anglash ijtimoiylashuv va tarbiya jarayonlari bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlash bu muammoning aynan ijtimoiy psixologik mohiyatga ega ekanligini anglashga yordam beradi. «Men» obrazi ma’lum vaziyatlarga qarab farqlanishi mumkin (masaian, individning o’zini his qilishi, kayfiyati ham bunga ta’sir ko’rsatadi), inson o’zining muayyan fazilatlarini sezishi O’z-o’zini anglash natijasida yuzaga keladi.
Umuman olganda, odamning nechtagacha «Men»i bo’lishi mumkin? Keling, yuqorida keltirilgan ba’zi «Men»larni sanab o’tamiz.
1. «Sub’ektiv (nohaqlik) Men» – bu da’vogarlik darajasi, yutuqlar motivatsiyasi, o’zini yuzaga chiqarishga intilish, shuningdek, o’z qobiliyatlarini bo’rttirib ko’rsatish. Bunday «Men»ning yana bir turi sifatida tug‘ma qirra – boshqalar harakatini noto’g‘ri tushuntirish, shaxsiy sifat va layoqatlarini oshirib ko’rsatishdan iborat «sevimli Men» namoyon bo’ladi.
2. «Aks ettirilgan Men» ijtimoiylashuv jarayonida paydo bo’ladi. Bu tasavvurlar yig‘indisi boshqalarning biz haqimizdagi fikrlaridir. Individ boshqalarga qarab, o’z harakatlariga muntazam ravishda o’zgartirishlar kiritib turadi. Boshqalar uning uchun ijtimoiy oyna vazifasini bajaradi.
3. «Boshqalar kutgan men» – bu mening fikrimcha, boshqalar menda ko’rmoqchi bo’lganlari, mendan kutayotganlari. Bunda ikkilangan aks ettirishni ta’kidlash lozim: menda haqiqatdan ham ko’rmoqchi bo’lgan xususiyatlar emas, mening fikrimcha, ko’rmoqchi bo’lganlardir.
Ko’p hollarda  «kutilgan men» sohasini ota-onalar belgilaydi. Ba’zan ular o’z farzandlariga bu haqda to’g‘ridan to’g‘ri gapiradilar («haqiqiy musiqachi bo’lib etishishingni orzu qilaman (olim, shoir va sh.o’.)»).
Odatda, «Kutilgan Men» biz uchun obro’li bo’lgan insonga yo’nalgan holda tuziladi. Bu ota, ona, qarindoshlar yoki do’stlardan biri, ba’zida ustoz ham bo’lishi mumkin. Bu insonning obro’si qanchalik kuchli bo’lsa, uning kutilganlariga nisbatan yo’nalish ham shunchalik kuchli bo’ladi.
4. «Ko’rgazmali Men» yoki «Namoyishkorona Men» katta tantanalarda o’zining egallab turgan darajasini ko’rsatish, alohida ko’rinish uchun kiyiladigan ko’chalik ko’ylakni eslatadi. «Na Men» – bu boshqalarda yaxshi taassurot qoldirish uchun ko’rsatiladigan hulq-atvor aktlari yig‘indisi. Bunga, shuningdek, biz o’z darajamiz yoki ijtimoiy rolimizdan qat’iy nazar bildiradigan qarashlar, g‘oyalar, hulq-atvor odati va shu kabilarni kiritish mumkin.
5. «Uydagi Men» ko’chalik ko’ylakni echib, hulq-atvorning ko’rgazmali odatlarini tashlab, bo’shashganda namoyon bo’ladi. Masalan, gerdaygan general doimo unga boshchilik qilib, hatto, ovozini ko’taradigan ayolining itoatkor qo’g‘irchog‘iga aylanadi. Yoki yuvosh ziyoli muhandis uyidagi ayoli va bolalarini qiynaydigan zolimga aylanadi.
6. «Samimiy Men» - eng yaqin odamlardan ham sir tutiladigan «Uydagi Men»ning yashirin qismi. Har birimizda, hatto, yaqin odamlarimizdan yashiradigan sirlarimiz topiladi. U o’zimiz yakka qolganimizda ochishga imkon berishimiz mumkin bo’lgan, qachondir sodir etilgan va kechirib bo’lmaydigan xatolik hisoblanadigan, anglanmagan va boshqalar tomonidan qoralanadigan istaklar (ayniqsa, jinsiy) va boshqalar kabi yomon odatlardan shakllanadi. Boshqacha aytganda, bu biz boshqalarda ta’na qiladigan, lekin o’zimiz namoyon qiladigan harakatlar va qirralar uchun zahiradir.
«Men»ning oxirgi uch turi ma’lum ko’rinishda bir-biri bilan yoki o’zaro bog‘liq bo’ladi. «Men»ning boshqa turlariga qaraganda, ularning o’zaro bog‘liqligi kuchliroqdir. Quyidagi belgilanishlarni kiritamiz:
- «Na-Men» - «Namoyishkorona Men»;
- «Uy-Men» - «Uydagi Men»;
- «Sa-Men» - «Samimiy Men».
Ular bunday tartibda boshqalarga ishonch bildirish va sir tutilgan haqiqat darajalarining kamayishi bo’yicha joylashtirilgan. Masalan, ko’pchilik bizning «Na-Men»imizni ko’proq, «Sa-Men»imizni esa kamroq biladilar. Lekin eng haqqoniy «Men» «Sa-Men», eng yanglish esa – «Na-Men». O’rtada etarlicha haqqoniy va yaqin odamlarga tanish bo’lgan «Uy-Men» joylashadi.
SHunday qilib, xulosa qilish mumkin: «Men»imiz bilan qanchalik kam odam tanish bo’lsa, u haqdagi ma’lumot shunchalik haqqoniy bo’ladi. «Men»imizni egallagan odamlar soni, «Men»imiz haqidagi haqiqat hajmi teskari proporsional bog‘liklikda joylashadi:
- «Na-Men» - uzoqdagi boshqalar uchun ma’lumot;
- «Uy-Men» - yaqindagi boshqalar uchun ma’lumot;
- «Sa-Men»- faqat o’zi uchun ma’lumot.
Hozirgi kunda va kelajakda shaxsga sub'ektiv munosabat muammosini ijtimoiy jishatdan turmushda qaror toptirish uchun: 1. Odam (individ) - inson - shaxs - individuallik - sub'ekt - komillik (barkamollik) ierarxiyasiga rioya qilish. 2. Shaxsga nisbatan sub'ektiv munosabat, ya'ni unda robot sifatida majburiylik tamoyiliga asoslanib (barcha xususiyatlarni bir tekis shakllantirish mumkin, degan xato nazariyadan voz kechish) inson qarshilik ko’rsatishini 92 shisobga oluvchi yondashishni yo’lga qo’yish, sub'ekt - sub'ekt aloqasini vujudga keltirish. 3. Har qanday sub'ekt - shaxs, lekin har qaysi shaxs sub'ekt emasligi muammosini yechish. Buning uchun mustaqil fikrlashga ega bo’lish, shaxsiy pozisiyani shimoya qila olish, g’oyani amalga oshirish yo’lida to’siqlarni pisand qilmaslik, mustashkam ishonch, qat'iy maslak, iymon negizida asoslanish, intilishda irodaviya barqarorlik ustuvorligiga erishish. Dunyoqarash va uni shayotga tatbiq qilishning ob'ektiv va sub'ektiv hart-haroitlari mavjudligiga iqror bo’lish hamda uni tan olish va hokazo. Bizningcha, individ, shaxs, sub'ekt va komil inson to’g’risida mulohazalar yuritilganda ularning ongsizlik, ongostlilik, onglilik va o’ta (super) onglilik holatlari bilan uzviy aloqadorligini unutmaslik lozim. Yuqorida keltirilgan atamalar ongli mavjudodga taalluqli ekanligi jahon psixologiyasi fanining ilmiy manbalarida atroflicha talqin qilingan, lekin ularning ierarxiyasi, moshiyati bayonida turlicha yondashuv shukmrondir. Mazkur maqsadni chuqurroq ochishga yo’naltirilgan nazariyalar o’ta bashsli bo’lib, uning zaminida faqat ong yotishi tasdiqlanadi, xolos. Aslida esa inson ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va muayyan maqsadga asoslanib, biron-bir faoliyat inson tomonidan tashkil qilingandagina ong shaxsning ushbu faoliyatini regulyatori (boshqaruvchi) vazifasini bajaradi. Biroq odam funksional holatining o’zgarishi bilan onglilikdan ongsizlik (ixtiyorsizlik) ka o’tishi, ijod, tashabbus uning uchun muomala, faoliyat negiziga aylansa, u holda shaxs ongosti (muvofiqlashuv) holatiga asta kirib borishi mumkin. Xuddi shu boisdan shaxs bir davrning o’zida har uchala holat (onglilik, ongsizlik, ongostlilik) shukmi ostida yashashi, faoliyat ko’rsatishi, ijod qilishi, muomalaga kirishishi mumkin. Har uchala holatning omili negizida shaxsning kamoloti vujudga keladi, ularning har qaysisi bu jarayonga o’ziga xos ulush qo’shadi. Ong holatlari tabiiy ravishda birbiri bilan uzluksiz tarzda o’rin almashtirib turadi, chunki inson ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi bosqichlar shukmi bilan yashaydi va faoliyat ko’rsatadi. XXI asrda yashovchi inson ongli, ongosti va ongsizlik holatlaridan tashqari o’z-o’zini anglash imkoniyatiga ega bo’ladi.


    1. Yüklə 76,15 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin