Psixologiya fakulteti


IHTT mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlari ustuvorligi



Yüklə 51,59 Kb.
səhifə5/6
tarix28.09.2023
ölçüsü51,59 Kb.
#150004
1   2   3   4   5   6
O`zbеkistonda iqtisodiy xavfsizlikka bo`ladigan tahdidlarning oldini olish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirildi

IHTT mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlari ustuvorligi

Maqsad

Ustuvorlik

Strategiyaga jalb qilingan mamlakatlar miqdori

2017, rang

2020-2022, rang
kutilgan o‘zgarishi

1

2

3

4

Elektron hukumat hizmatlarini takomillashtirish

1

0

21

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish

2

-3

22

AKT bilan bog‘liq ko‘nikmalar va vakolatlarni ilgari surish

3

0

16

Xavfsizlikni kuchaytirish

4

+2

18

Ma'lumotlarga ulanishni kengaytirish

5

+1

6

AKT ni biznes, jumladan, kichik va o‘rta biznes bilan










moslashuvini rag‘batlantirish

6

-1

3

Sog‘liqni saqlash va ta'lim kabi o‘ziga xos tarmoqlarda
AKT moslashuvini rag‘batlantirish

7

+1

3

Shaxsiy ma'lumotlar himoyasini kuchaytirish

8

0

5

Raqamli identifikatsiyani kuchaytirish

9

0

2

AKT sektorini, jumladan, xalqaro bozorlarni rivojlantirish

10

0

2

Elektron tijoratni ilgari surish

11

-1

5

Global da'vatlarni hal qilish, jumladan, Internet hukumat,










iqlimning o‘zgarishi va boshqalar

12

+1

1

Iste'molchilar huquqlarining himoya qilinishini kuchaytirish

13

-1

0

Internet ochiqligini kengaytirish, jumladan,qariyalar va










imkoniyati cheklangan shaxslar uchun

14

+1

4

Internet ochiqligini saqlash

15

0

4

Milliy strategiyalarning qo‘shimch

a maqsadlari

Fan, innovatsiyalar va tadbirkorlikni rag‘batlantirish



16

Internet, hizmatlar va axborotga ulanishni ta'minlash



12

Raqamli kontent va madaniyatni rivojlantirish



10

Raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish



10

Raqamli muhitga normativ yondashuvni ishlab chiqish



3

Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, jami raqamli iqtisodiyotning 20 maqsadi, jumladan, IHTT taklif qilgan 15 ta maqsad va alohida mamlakatlar raqamli iqtisodiyot milliy strategiyalariga kiritilgan yana 5 ta maqsad ko‘rib chiqilgan. Hozirgi paytda eng muhim (IHTT tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari bo‘yicha) maqsadlar «elektron hukumat hizmatlarini takomillashtirish» va «telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish» hisoblanadi. Milliy strategiyalarda aynan shu ikki maqsad ko‘proq uchraydi (mos ravishda 21 va 22 marta). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadlarining tahlil qilingan tarkibi so‘rovda asosan rivojlangan va ma'lum miqdorda rivojlanayotgan mamlakatlar (Braziliya, Meksika, Rossiya va boshqalar) bo‘yicha ma'lumotlar qayta ishlanganligi bilan bog‘liq xususiyatga ega. Taqdim etilgan axborotda ko‘plab rivojlanayotgan va sust rivojlangan mamlakatlar fikri yo‘q. Bu maqsadlarda raqamlashtirishning salbiy oqibatlarini hal qilish bilan bog‘liq masalalar, jumladan, ishsizlik, texnologik va iqtisodiy qoloqlik hamda kam sonli transmilliy (yirik) korporatsiyalarga bog‘liqlikni kuchaytirish masalalari o‘z aksini topmagan.IHTT mamlakatlari tomonidan raqamli iqtisodiyot rivojlanishi darajasini chamalash uchun quyidagi yo‘nalishlarni tavsiflaydigan indikatorlar tizimi ishlab chiqilgan:

  • iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektorini rivojlantirish, qayta ishlash sanoati mahsuloti va hizmatlardagi salmog‘i;

  • ilmiy ishlanmalarga, dasturiy ta'minot ishlab chiqishga investitsiyalar, ta'lim va qo‘shimcha qayta tayyorlash harajatlari;

  • axborot-kommunikatsiya uskunalari ishlab chiqish va ishlab chiqarish, fan va yuqori texnologiyalar sohasida ish o‘rinlari yaratish, korporatsiyalar, venchurli firmalar, universitetlar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari o‘rtasida kooperatsiya ko‘rsatkichlari; • xalqaro bilimlar oqimlari, fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlik; olimlar, muhandislar, talabalar harakatchanligi;

  • internetting tarqalish dinamikasi;

  • xalqaro savdoda yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushi.

Iqtisodiyot va jamiyat taraqqiyotiga o‘sib borayotgan ma'lumotlar oqimlari ta'sirining universalligiular haqida zamonaviy jamiyatning iqtisodiy o‘sishi yetakchi resursi sifatida gapirishga imkon beradi.Ekspertlar ushbu vaziyatni uni rivojlantirish muammolarini hal qilishga yangicha yondashuvlar izlash zaruratini ko‘rsatib, iqtisodiy munosabatlardagi o‘zgarishlar va raqamli iqtisodiyot shakllanishi bilan tavsiflaydi. Raqamli iqtisodiyotni tahlil qilishning turli tadqiqotchilar tomonidan u yoki bu darajada ko‘rib chiqiladigan to‘rtta mezonini ajratib ko‘rsatish mumkin:

    • bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon;

    • makonga oid mezon;

    • texnologik mezon; o iqtisodiy mezon.

Bunda, garchi tadqiqotchilar ko‘pincha birinchi o‘ringa ularning tasavvurlariga mos keladigan u yoki bu ta'rifni olib chiqishsada, bir-birini to‘ldirib turabigan mezonlar bo‘lishi mumkin. Biroq aksariyat ta'riflarning asosida ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida miqdoriy o‘zgarishlar sifat jihatidan yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishiga olib kelishiga ishonch yotadi.
Bandlik sohasi bilan bog‘liq mezon: Ushbu yondashuvD.Bell, CH.Lidbiter va P.
Drukerning kuzatilayotgan o‘zgarishlar modellari va bandlik strukturasi ko‘rib chiqiladigan asarlari bilan chambarchas bog‘liq.Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning o‘zgarishishu sababli ro‘y bermoqdaki, mehnat bilan band bo‘lganlarning aksariyati iqtisodiyotning raqamli sohasida ishlamoqda. Ishlab chiqarish sohasida band bo‘lganlar ulushining pasayishi va hizmatlar sohasining o‘sishijismoniy mehnatni axborotlashgan mehnat bilan almashtirish sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu holatda asosiy resurs bo‘lib, ma'lumotlar ishtirok etishi sababli ularni qayta ishlash sohasida mehnatning ulushi jiddiy ortishi raqamli iqtisodiyotga o‘tish sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.Statistika kuzatuvlarihizmatlar sohasida band bo‘lganlar ulushining o‘sib borayotganligini ko‘rsatadi (G‘arbiy Evropa, AQSH, Yaponiyada bu ulush 70% va undan ko‘pni tashkil qiladi), ularning katta qismi u yoki bu tarzda ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi va shu sababli ushbu asosdaraqamli iqtisodiyot mavjudligini isbotlash ishonarli bo‘lib ko‘rinadi.Ushbu yondashuvning asosiy muammosi ma'lumotlar bilan ishlash bilan bog‘liq xodimlardir. Misol uchun, asosiy vazifasi ma'lumotlarni qayta ishlash bo‘lgan kompyuter texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar, telekommunikatsiya kompaniyalari xodimlari, tahlilchilar sonining o‘sishi jarayonini raqamli iqtisodiyot shakllantirishning asosi deb hisoblash mumkin. Biroq,hozirgi paytdaraqamli iqtisodiyot xodimlarnini hisob-kitob qilish uslubiyati mavjud emas. Shu bilan bir paytda,savdo sohasi xodimlari, huquqshunoslar va raqamli iqtisodiyot bilan aloqasi kuchli bo‘lmagan boshqalar sonining tez o‘sishi kuzatiladi, lekin ularning hammasi bitta toifaga kiradi.
Makonga oid mezon: Raqamli iqtisodiyotning bir qator konsepsiyalari jug'rofiy tamoyilga asoslanadi. Asosiy e'tibor turli joylarni bog‘laydigan, shu sababli, global iqtisodiy makon shakllanishiga ta'sir etishi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar uzatish tarmoqlariga qaratiladi. Ma'lumot uzatish tarmoqlari zamonaviy jamiyatning boshqalaridan ajratib turadigan jihati hisoblanadi. Bunda raqamli iqtisodiyotni tadqiq etishda ma'lumot uzatish tarmoqlari bilan bog‘liq bo‘lgan qaysi jihatni ko‘rib chiqish lozimligi eng muhim fursat hisoblanadi. Bu texnologik jihat bo‘ladimi (ya'ni ma'lum bir hududda ma'lumot uzatish tizimlari mavjudligi) yoki bu tarmoqlar bo‘yicha uzatiladigan ma'lumotlar soni va sifati kabi boshqa jihatlarni ham tahlil qilish zarurmi, buning unchalik farqi yo‘q. Hozirgi paytdabir qator umumiy savollar, masalan, nima haqiqatda tarmoq hisoblanishi, turli tarmoq darajalalari o‘rtasida qanday farq mavjudligi, raqamli iqtisodiyotga o‘tishni qanday ma'lumot hajmlari va ularni o‘tkazish tezliklari belgilab berishi ham munozaralarga olib keladi.
Iqtisodiy mezon: Bunday yondashuv ma'lumot yaratish, uzatish, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha faoliyat sohasida iqtisodiy qiymatning o‘sishini hisobga olinishini nazarda tutadi. Agar iqtisodiyot sohasida bunday turdagi faollikqishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi bunday faoliyatdan ustunlik qiladigan bo‘lsa, demak, raqamli iqtisodiyotga o‘tish haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, ma'lumotlarning o‘zi bunday sharoitlardaiqtisodiy munosabatlar obyektiga aylanadi. Ixtisoslashgan kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari buyurtmachining maqsadlari uchun ma'lumotlar to‘plash va tahlil qilish bo‘yicha hizmatlar ko‘rsatadi va mos ravishda, bunday ma'lumotlar ma'lum bir qiymatga ega bo‘ladi.Bunday yondashuvning asosiy muammosi shundaki, iqtisodiy faoliyatda ma'lumotlar rolining o‘sganligidan dalolat beradigan katta statistika materiali ortida ularning kompaniyalar faoliyatiga haqiqiy ta'siri ancha yuzaki o‘rganilgan, ma'lumotlarni qayta ishlash va talqin qilish bilan bog‘liq xodimlar faoliyati samaradorligini baholash uslubiyatlari esa yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Masalan, ishlab chiqarish korxonasining axborot-tahlil bo‘limi axborot faoliyati bilan shug‘ullanadi, lekin butun kompaniya ishlab chiqarishida uning ulushini statistika maqsadlari uchun qanday qilib ajratish masalasi ochiqligicha qolmoqda.
Texnologik mezon: Keng doiradagi foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lib qolgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ko‘plab texnologik innovatsiyalar texnologik konsepsiyaning negiziga aylandi. Yangi texnologiyalar iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining eng ko‘zga ko‘rinadigan belgisi hisoblanadi va ko‘pincha ular iqtisodiyotni rivojlantirish drayveri deb ataladi. Bunday fikr- mulohazalarning asosiy g‘oyasi shundaki, ma'lumotlarni qayta ishlash va uzatish sohasida texnologik innovatsiyalar hajmining ortishi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar o‘zgarishiga olib keladi, chunki ularning ta'siri juda sezilarli. Texnologik innovatsiyalar ta'sirining muhim ekanligi shak-shubhasiz. Ular kompyuter texnologiyalarining telekommunikatsiyalar sohasini o‘zgartirish va bu texnologiyalarni birlashtirish imkoniyati bilan kuchaytirilgan bo‘lib, buning natijasida elektron pochta, matnli ma'lumot uzatish, audio va video fayllar ko‘rinishidagi ma'lumotlar uzatish, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa servislar rivojlandi. Raqamli texnologiyalar keng tarqalishi yangicha ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar hamda raqamli iqtisodiyotning u yoki bu mamlakatda shakllanishi tendentsiyalari haqida mulohaza yuritishga asos beradi.


Xulosa
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda. Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
Demak, ushbu maqola raqamli iqtisodiyot haqida bo'ladi. Una "Raqamli iqtisodiyot nima?", "Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari", "Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar" kabi muhim savollarga javob izlashga harakat qilamiz.
Ushbu mavzuni yoritishdan avval, kundalik hayotimizda ro'y berishi mumkin bo'lgan bir holatni qarab chiqsak. Tasavvur qiling, juma kuni ishdan uyga keldingiz, oila a'zolaringiz davrasidasiz, birdan shanba va yakshanba dam olish kunlari mashinada Samarqand viloyati va Samarqand shahriga sayohat qilish fikri paydo bo'ldi. Lekin Sizning shaxsiy mashinangiz yo'q. Shunda Siz kompyuter yoki smartfoningiz orqali mashinalarni ijaraga taqdim etuvchi kompaniyalar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, ism-sharifingiz, haydovchilik guvohnomangiz raqamini kiritib, ikki kunga 6 kishilik oilaviy mashina buyurtma berdingiz. Endi sayohat yo'nalishi tanlash kerak. Qayerlarga boriladi, qaysi muzey, tarixiy obidalarga tashrif buyuriladi. Shunda Siz sayyohlik xizmatini ko'rsatadigan agentliklar saytlari yoki mobil ilovalariga kirib, oila a'zolaringiz sonini kiritib, o'zingizga va oila a'zolaringizga qiziq bo'ladigan sayyohlik yo'nalishini tanlaysiz. Shunda shanba kuni ertalab uyingiz oldida 6 kishilik mashina, smartfoningizda muzey va tarixiy obidalarga kirish chiptalari va mehmonxonada tunab qolish uchun oldindan buyurtma qilingan joy bo'ladi. Siz hech qayerga bormasdan, hech kimga qo'ng'iroq qilmasdan ikki kunga oilaviy, mashinada, sayohatni tashkil qildingiz. So'ng Samarqandga yo'l oldingiz. U yerda ikki kun aylangan so'ng, yakshanba kuni uyga qaytishda ozgina charchaganingizni sezdingiz, bundan tashqari dushanba kuni ishga borish kerak.
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.

Yüklə 51,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin