Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixologiyaning tadqiqot metodlari Mavzu rejasi


Psixologiyaning falsafa doirasidagi rivojlanishi



Yüklə 42,18 Kb.
səhifə2/10
tarix01.03.2023
ölçüsü42,18 Kb.
#86109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
psixologiya

Psixologiyaning falsafa doirasidagi rivojlanishi.
Psixologiya fanining sohalari uning amaliyot uchun muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi (huquqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, savdo psixologiyasi, sotsial psixologiyasi, pedagogik psixologiyasi, maxsus psixologiya, sport psixologiya va.x.). Psixologiya amaliy-tabdiqiy jihatdan o‘z predmetiga ega bo‘lib, amaliy-sotsial psixolog, injener psixolog, oilaviy psixoterapev, tibbiyot psixologi, maktab psixologi kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab olgandir.
Yuqorida bildirilgan fikrlarga yakun yasab, shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixologiya fani ko‘hna tarixga ega bo‘lishga qaramay, u juda navqiron fandir, chunki ilmiy psixologiya nemis psixologi V.Vund tomonidan 1879 yilda Leypsig (Germaniya) universitutida asos solingan. Birinchi eksperimental laboratoriya ochilishidan boshlanadi. Shuning uchukn endigina refleksiyani (lotincha reflexus – o‘zining ruhiy holatini tahlil qilish degani) ilmiy jihatdan o‘rganishni psixologiya fani predmeti tarkibiga kiritish davri (mavridi) keldi. Hozirgi zamon psixologiyasi amaliyotining turli sohalari bilan bog‘langan turli darajada tarkib topgan va g‘oyat tarmoqlanib ketgan fanlar sistemasidan iboratdir. Psixologiya sohalarini klassifikasiya qilishda quyidagilar:1) konkret faolyatning psixologik tomoni, 2) taraqqiyotning psixologik tomoni, 3) insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining psixologik tomoni asos qilib olinishi mumkin.
Umumiy psixologiyaning tarmoqlari.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligini hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
• umumiy psixologiya - psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus sohasi;
• pedagogik psixologiya - kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi;
• Yosh davr psixologiyasi - turli yoshdagi odamlarning tug‘ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi;
• ijtimoiy psixologiya - odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar hissiy kechinmalar va xulq-atvorini o‘rganadi;
• mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o‘rganadi;
• muhandislik psixologiyasi - avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam - texnika o‘rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi;
• yuridik psixologiya - huquq sistemasining amal qilishi bilan bog‘liq masalalarning psixologik asosllarini o‘rganadi;
• harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o‘rtasidagi munosabatlarining psixologik jihatlarini o‘rganadi;
• savdo psixologiyasi – jamiyatdagi - tijoratning psixologik shart-sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o‘rganadi;
Tibbiyot psixologiyasi bemorning xulq-atvori va vrach faoliyatining psixologik tomonlarini o‘rganadi. Yuridik psixologiya huquq sistemasini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik masalalarni qarab chiqadi.
Harbiy psixologiya – jangovor harakatlar sharoitidagi odamning xulq-atvorini, boshliqlar va ularga itoat qiluvchi kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar psixologik tomonlarini, «psixologik urush» olib borish metodalrini (propaganda va kontrpropaganda muammolarini), jangovor texnikani boshqarishning psixologik muammolarini va shuning kabilarni tekshiradi.
Sport psixologiyasi – sportchilar shaxsi va faoliyatining psixologik xususiyatlarini, ularni psixologik jihatdan tayyorlashning shart-sharoitlari va vositalarini, sportchilarning qanchalik mashq qilganliklari va o‘zlarini safarbar qilishga qanchalik tayyor ekanliklarini ko‘rsatuvchi psixologik parametrlarni (ulchovlarni), musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik faktorlarni qarab chiqadi.
Qiyosiy psixologiya – psixologiyaning bu sohasi psixik hayotning filogenetik (nasliy) formalarini tekshiradi. Zoopsixologiya qiyosiy psixololgiyaning bo‘limlaridan biri bo‘lib, har xil sistematik guruhlarga (tur, jins, oila) mansub hayvonlar psixikasini o‘rgandi. Etologiya – biologiya va psixologiyaning nisbatan yangi sohasi bo‘lib, bu soha hayvonlar hatti-harakatlarining tug‘ma mexanizmlarini maxsus ravishda o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti jamoada odamlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan psixik hodisalarni o‘rganishdan iborat.
Din psixologiyasi diniy tasavvurlar va hissiyotlarni xurofotlarning kelib chiqishi va ularning yengishning psixologik sharoitlarini, diniy jazava (zikr)larni va shu kabilarni o‘rganadi.
Sotsial psixolgiyadan so‘ng uning bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan shaxs psixologiyasini (ba’zan differential psixologiya deb yuritiladi) aytib o‘tish lozim.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va yyetakchidir. 1. Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo‘lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to‘la anglash va uning rivojlanish tendentsiyalarini belgilashdagi o‘rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Bu bog‘liqlik avvalo yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish muammosi ko’ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g‘oyani shakllantirish kabi dolzarb vazifani bajarishga xizmat qilmoqda.
2. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga o‘tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko‘lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo‘lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o‘zaro hamkorligi va aloqasi an’anaviy va azaliy bo‘lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o‘ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlashning milliy Dasturi»ni amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o‘zaro aloqasini har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ydi. Ayniqsa, ma’naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta’lim muassasalarida joriy etish ham shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o‘qitishning eng ilg‘or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni nazarda tutadi.
Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.k. psixik hodisalar va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning kechishi qonuniyatlarini obyektiv o‘rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e’tirof etgan holda psixologiya fani tabiiy fanlar erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
Kibernetika fani sohasidagi yoritilgan yutuqlar psixologiya uchun ham ahamiyatli va zarur bo‘lib, u inson shaxsining o‘z-o‘zini boshqarish va psixik jarayonlarni takomillashtirish borasida axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o‘z o‘rnida foydalanadi. Ayniqsa, ma’lumotlar asri bo‘lgan XX va har bir alohida ma’lumotning qadr-qimmati oshishi kutilayotgan XXI asrda informatsion texnologiyalar va modellashtirish borasida psixologiya hamda kibernetika hamkorligining salohiyati yanada ortadi. Texnika fanlari bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa, asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki yo‘nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi. Iqtisodiyot bilan psixologiyaning o‘zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo‘lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi.



Yüklə 42,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin