Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Yangi davrning birinchi nazariyasi



Yüklə 69,71 Kb.
səhifə8/14
tarix25.04.2022
ölçüsü69,71 Kb.
#56287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
1-мавзу

Yangi davrning birinchi nazariyasi. Frantsuz faylasufi, matematigi va tabiatshunosi Rene Dekart ham Bekon va Gobbslar singari tabiat fanlaridagi tajriba metodiga katta ahamiyat beradi. Lekin ayni vaqtda u ratsionalistik metodning himoyachisi ham bo’lib chiqdi. Dekartning aytishicha, bu metod hatto tajriba (empirik metoddi) dan ham mukammalroqdir. Dekart misol tariqasida deduktiv metodga asoslangan, binobarin eng aniq fan bo’lgan matematikani ko’rsatadi. Dekartning fikricha to’liq ilmiy falsafa tizimi shu jumladan psixologiya ham faqat ratsionalistik metod asosidagina qurilishi mumkin.

Dekart o’zining psixologiya sohasidagi ta`limotini asosan o’zining “Ruh ehtiroslari haqida” degan asarida bayon qilgan.

Dekart tana bilan ruhni bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi deb hisoblaydi. Tananing mohiyati barcha moddiy narsalarniki singari o’rin ishg`ol qilish, fazoviylikdir, ruhning mohiyati esa tafakkurdir (Dekart sezgi, tasavvur va irodani ham shunga kiritadi). Dekartning fikricha ruh faqat insonlarga xosdir, hayvonlar esa aksincha ruhga ega emas. Hayvonlar –murakkabroq mashinadir, xolos. Inson tanasi ham xuddi shunday murakkab mashinadir. Ruhning faoliyati sezgilar xotira, tafakkur, iroda-o’z qonuniyatlariga ya`ni ruhiy qonunlarga binoan ro’y beradi. SHunday qilib, psixik va fiziologik jarayonlar parallel holda ro’y beradi. SHuning

uchun ham Dekart 20 asrgacha bo’lgan psixologiyada keng tarqalgan nazariyaning ya`ni psixofizik parallelizm ta`limotining asoschisi hisoblanadi.

Dekart ta`limotiga ko’ra, ruh va tananing bir-biri bilan aloqasi faqat ruhning tanada bo’lishidan kelib chiqadi, xolos. Dekart ruhning makoni miyaning asosida joylashgan shishsimon bez deb taxmin qildi. Dekart zamonasida shishsimon faqat odamlardagina topilgan edi. Biroq tez vaqt ichida u bir qancha hayvonlarda ham topildi albatta, bu Dekartning ruh va tananing munosabati haqidagi ta`limotini rad etilishiga sabab bo’ladi.

Dekart inson organizmini o’rganishga katta e`tibor berdi. Uning ta`limotiga ko’ra, organizmning faoliyati ayrim-ayrim iplar singari organizmga tarqalgan va bir markazda miyada birlashadigan nervlar yordami bilan amalga oshiriladi. SHu nerv tizimi orqali organizm sezadi, idrok qiladi va atrofdagi olam hodisalarini biladi. Nerv iplari orqali miyada u yoki bu javob mushak harakatlari beriladi. Masalan, Dekart birinchi nerv qiziologik jarayonlarning mexanizmini aniqladi, fiziologiyaga “refleks”tushunchasini kiritdi. Xususan, keyinchalik “shartli reflekslar” deb nom olgan nervlar o’rtasidagi yangi bog`lanishlar mexanikasini ham u tasvirlagan.

SHuning uchun ham genial ru fiziologi I.P.Pavlov o’z institutida frantsuz faylasufi Dekartning haykalini o’rnatgan.

Dekart tajribaga asoslangan tekshirish yo’li bilan hosil qilinadigan bilimlarga katta ahamiyat bergan. Lekin shuning bilan birga matematika va falsafaga doir eng umumiy tushunchalar tajribadan hosil qilinmaydi, balki ular bizda tug`ma holda mavjuddir. Bu erda Dekart, Platon va o’rta asr realistlari tomonidan targ`ib qilingan “tug`ma idealar” haqidagi ta`limotni quvvatlantirdi.

SHunday qilib, Dekart psixika (ruh) haqidagi ta`limotda o’taketgan idealist, tabiat haqidagi hayvon va inson haqidagi ta`limotda esa mexanistik materialist edi.

Xullas Dekart mutafakkir sifatida bir oyog`i bilan O’rta asrlarda, ikkinchi oyog`i bilan esa yangi davrda turgan deyish mumkin.

Frantsuz matematigi, tabiatshunos va faylasufi Dekartning ismi bilan psixologiya tarixidagi g`oyat muhim bosqich boshlanadi. Aynan, u o’zining ong haqidagi ta`limoti bilan Aristotelning ruh haqidagi ta`limotidan psixika to’g`risidagi tushunchalarning ajralib chiqishi uchun asos yaratdi. U avtomat kabi mexanik ishlovchi organizm modelini tanlaydi va u bilan o’sha kunlargacha ruh bilan boshqariluvchi bo’lib hisoblangan tirik tanani uning ta`siridan “xolos etdi”. SHu davrda Garve tomonidan qon aylanishining kashf qilinishi “organizm mexanik mashina” degan fikrni rivojlantirdi. Unda yurak qon o’tkazuvchi nasos bo’lib hisoblanadi va bu jarayonda ruhning hech qanday funktsiyasi yo’q deb ta`lim berildi. Dekartgacha barcha faoliyat jarayonlari, erdagi hayot tashqarisidan energiya oluvchi maxsus agent ruh bilan boshqariladi, deb hisoblab kelindi. Ammo Dekartdan boshlab, tana mexanika qonunlariga asosan tuzilgan avto tizimdir, undagi organlarning ishlashi ham tananing faoliyati ham, boshqa tanalar bilan aloqasi ham, ruhga muhtoj emas, deb takidlandi. Lekin, bu bilan ruh “ishsiz” bo’lib qoldimi? Yo’q, Dekart ruhni hech narsaga bog`liq bo’lmagan oliy substantsiyagacha ko’tardi. “Ruh ongning uzluksiz bo’lmagan hodisalari-fikrlaridan iborat” deb aytdi olim. Ruhning birdan bir asosiy belgisi uning fikrlashidir. Fikrlashdan to’xtash ruhning yo’q bo’lishiga olib keladi, deb hisoblaydi. Dekartning tana va ruh substantsiyalarini o’zaro taqqoslashi shunga olib keladiki, Dekart tana o’z tabiatiga bo’linuvchi, ruh esa bo’linmas, shuning uchun u turli xil narsa degan xulosaga keldi. Dekart dualizmning ma`nosi shuki, tana va ruh mustaqil substantsiyalardir. Ularning har qaysisi mavjud bo’lishi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj emas. “Ruh butunlay mening tanamdan butunlay ayru bo’lib, u tanamsiz ham mavjud bo’la oladi”. “Bizdagi issiqlik va harakat fikrga bog`liq bo’lmagani uchun ular faqat tanamizga tegishlidir” deb yozadi Dekart.

Buni Dekart ruhsiz tanalar ham, masalan, olov issiqlikka ega bo’lishi va harakatlanishi bilan isbotlashga harakat qiladi. Dekartning fikricha, hayotni ruh bilan bog`laganlar xato qiladilar. Negaki “o’lim hech qachon ruh tufayli sodir bo’lmaydi, balki tananing muhim qismidagi buzilishi tufayli ro’y beradi”.

Dekartga ko’ra asoslarning asosi shubhlanishdir. Uning fikricha, hamma tabiiy va g`ayri tabiiy narsalardan shubhalanish kerak. CHunki shubhalanganda inson odatdagidan ko’ra yaxshiroq fikrlaydi. Bunda Dekartning mashhur “Men fikrlayapman, bundan chiqdi mavjudman” aforizmini keltirish mumkin. O’zining asosiy fikrlarini Dekart “Aqlni boshqarish qoidalari”, “Ruhlar ehtiroslari”, “Odam haqida” nomli asarida bayon etdi.

XVIII asrning eng yirik kashfiyotlari qatoriga refleks tushuncha-sining paydo bo’lishini kiritish mumkin. Refleks tushunchasi Dekart fizikasida paydo bo’ldi. Agar Garvey o’z kashfiyoti bilan ruhni ichki a`zolarini boshqaruvchisi sifatida inkor etgan bo’lsa, Dekart ruhni tashqaridan ta`sir etish xususiyatidan mahrum qildi. U fanga fiziologiya va psixologiyada fundamental bo’lgan refleks tushunchasini (terminini emas) kiritdi. U davrda nerv tizimi to’g`risidagi bilimlar ham oz edi. Dekart uni ingichka quvurchalar “trubkachalar”dan iborat deb tasavvur qildi. Dekartning tasavvurida go’yo shu trubkachalardan mayda engil havosimon zarralar harakatlanadi. Bu zarralarni Dekart “hayvon ruhlari” deb nomladi. “Men ruh deb atagan narsalar kichiklik va tez harakatlanishdan boshqa hech qanday xususiyatga ega bo’lmagan tanachalardan o’zga narsa emas. Bular qonning eng harakatchan zarralari bo’lib, doim miya tomonidan harakatlanadi”, deb tushuntirmoqchi bo’ldi Dekart. Uning refleks sxemasiga ko’ra, tashqi impuls nerv trubkachalari ichida joylashgan nerv “iplarining” uchiga tasir qilib, ular shu “ip” chiqqan miyaning qismini go’yo arqonning bir uchi ikkinchisini harakatga keltirganidek qo’zg`atadi. U erdan “hayvon ruhlari” nerv orqali tegishli muskulga o’tib, qisqarishga majbur qiladi. SHu tariqa harakat ro’y beradi. SHuning uchun qaynoq buyum qo’lni kuydirib tortib olishga majbur qiladi. Bunda xuddi yorug`lik nurining ko’zgudan qaytganidek reaktsiya sodir bo’ladi. Xatti-harakatlarning reflektor tabiatni ruhga murojaat qilmay ochib bergan Dekart umid qiladiki, kelajakda ancha murakkab hodisalarni ham u ta`riflab bergan fiziologiya mexanika qoidasiga ko’ra tushuntirish mumkin bo’lar: “Masalan, it o’ljani ko’rgach, unga tashlanadi, lekin o’q ovozini eshitsa, albatta qochadi. SHunga qaramay ovga o’rgatilgan itlar o’ljani ko’rgach to’xtaydi. Aqlsiz hayvonlar miyasida shunday o’zgarish hosil qilib, ularni o’rgatish mumkin ekan, ehtimol odamga biror narsani o’rgatishda bundan ham yaxshiroq narsalarga erishsa bo’lar”, deb taxmin qildi Dekart. Bundan u shunday xulosa chiqardiki, “ruhning kuchi emas balki, mexanika qoidalari asosida ro’y beruvchi tanadagi o’zgarishlar asosida inson avvalo o’z tabiatining, qolaversa tashqi olamning hukmdoriga aylanishi mumkin”.

Dekartni fikricha, “Kuchli va oliyjanob odamlarning kayfiyati xotirjamlik onlarida ham, kulfatga ro’para bo’lganda ham o’zgarmaydi”.

- Sen taqdiri azalni emas, avvalo o’zingni engishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urinma, eng avval o’z istaklaringni boshqara bil.

- O’zlikni anglashdan ko’ra sermahsulroq mashg`ulot yo’qdir.

XVI asr oxirlariga kelib psixologiyada predmet, shaxs psixikasini tadqiq etish metodlarining ob`ektivligi, olingan natijalarning tahlili muammosi F. Bekon qarashlarida birlamchi ahamiyat kasb etgan bo’lsa, R.Dekart izlanishlarida esa inson ruhiyati va uning shaxs hulq – atvoriga ta`siri o’rganila boshlandi. Psixologiya fanida turli yondashuvlar paydo vujudga kela boshladi. 2

Yangi davr psixologiyasi rivojida ko’plab olimlar turli g`oyalari bilan o’z hissalarini qo’shganlar. Rene Dekart (1596 – 1650) o’z qarashlari bilan psixologiya fani rivojiga o’zining salmoqli hissasini qo’shganlar. Dekart boshqa olimlardan farqli ravishda barcha yondashuvlarga shubha bilan qarardi va o’z shubhalanuvchanligi bois eng haqqoniy bilimlarni jamlardi. U o’z shubhalari asosida barcha narsani inkor etish mumkin deb hisoblardi va shu izlanishlari oqibatida “Men fikrlayapman, demak MEN borman, mavjudman” degan tamoyilni o’zi uchun qabul qildi hamda o’zining barcha izlanishlari unga asoslangan holda qurdi. Dekart ikki mustaqil substantsiya mavjud – Ruh (birlamchi asos) va Tana (borliq) deb hisoblardi. Ruhning asosiy xususiyati tafakkur deb hisoblaydi, tana xususiyati esa – tortilishdir. Dekart tafakkur deganda faqatgina tafakkur operatsiyalarini emas, balki sezgi, tasavvur, hissiyot kabilarni ham kiritgan. Inson o’z ruhiyatidagi barcha holatlarni his etadi, biladi. Demak, inson psixikasi anglangan faoliyatlardan iborat deb hisoblaydi. Dekart ongning tarkibiy qismi sifatida g`oyalarning uch turini ajratadi: insonning o’zi tomonidan shakllanitirilgan, o’zlashtirilgan va tug`ma. Insonning o’zi tomonidan shakllanitirilgan g`oyalar asosan insonning o’z malakasi oqibatida shakllantiriladi. Bu malaka va bilimlar induktsiya yordamida vujudga keladi va Dekart uni Enumeratsiya deb atagan. Dekart Bekon tomonidan taklif etilgan anglash jarayonini inkor etmaydi. Lekin bu yo’l bilan tarkib topgan g`oyalar insonni ob`ektiv qonuniyatlarga emas, balki alohida predmetlar borasidagi bilimlarga etaklaydi deydi. O’zlashtirilgan g`oyalar o’rganish, bilim olish, boshqalar bilan muloqoti va kitoblarni o’qish jarayonida orttiriladi. Bu turdagi g`oyalar bir necha shaxslar malakasiga asoslanganligi bois haqqoniyligi ortadi. Faqatgina Tug`ma g`oyalar inson ongida paydo bo’ladi va insonning asl mohiyatini ochib beradi. Bu bilimlar shunchalik aniqligidan, mantiqiy fikrlar va sezgi xususiyatlari ishtirokini talab etmaydi. Muammoga bu tartibda yondashish ratsional intuitsiya deb ataldi. Tug`ma g`oyalarga Dekart “Xudo”, “Men” va “son”larni kiritgan. Ratsional intuitsiya bilan bir qatorda olingan ma`lumotlar haqqoniyligini tekshirish metodi sifatida Dekart deduktsiya (umumiydan xususiyaga borish)ni e`tirof etgan. Dekart “Ongni boshqarish qoidalar” (1628 – 1629), “Metod borasidagi qarashalar” (1637), “Ilk falsafa borasidagi qarashlar” (1641), “Falsafaning boshlanishi” (1643), “Ehtiroslar haqida” (1649) va boshqa asarlar muallifidir.

Mashhur grek faylasufi Platon (m.av.428-348) xarakter va intellekt tug`ma bo’lgani kabi fikrlar g`oyalar ham shak- shubxasiz tabiiy va tug`ma bo’ladi deb taxmin qilgan.

Aristotel (384-322) hech bir narsa insoniyat ongiga va his-tuygulariga tashqi ta`sirlar kabi ta`sir ko’rsata olmaydi. 1600-yilda Evropa faylasuflari debat tashkil qilishdi. Djon Lokk g`oyalar va fikrlar tug`ma ekanligiga o’z amaliy tajribalaridan kelib chiqqan holda rad javobini beradi. Rene Dekart esa Jon Lokkning fikriga qo’shilmagan holda ba`zi fikr g`oyalar tug`ma va tabiiy bo’lishini aytib o’tadi. Ikki asrdan so’ng Dekart tabiiy bilimlar va fikrlarning yutuqlarini isbotlab bergan3.

CHarlz Darvinning fikriga ko’ra inson tanasi qanchalik tabiiy bo’lsa uning xulq-atvor ko’rinishlari va shakllari ham shunchalik tabiiy va tug`ma bo’ladi. Darvin 22 yoshida uzoq vaqtlar mobaynida dengiz sayohatiga chiqib turli qo’ng`izlar, molyuuskalar va dengiz sayohatida uchrashi mumkin bo’lgan barcha narsalarning kollektsiyasini qilib ularni kuzatib shu fikrga kelgan4.

Dekartning birinchi opponenti bo’lib gollandiyalik faylasuf Barrux Spinoza chiqdi. Gegelning fikricha, B.Spinoza Dekart falsafasidagi dualizmni olib tashladi. Unga ko’ra yagona va abadiy ajralmas xususiyatlarga ega bo’lgan substantsiya - bu tabiat. SHuning uchun odamni substantsiyalar uchrashadigan “joy” sifatida Spinoza inkor etadi. Odam bir butun moddiy va ruhiy mavjudot deb biladi. O’zining eng mashhur psixologik asari “Etnika”da faylasuf dastlab substantsiyalar masalasida to’xtaladi. SHu erdanoq uning qarashlari Dekartning qarashlaridan uzoqlashadi. Dekartdan farqli ravishda Spinoza monestik ta`limotni ilgari surdi. Substantsiya deganda Spinoza bizdan tashqarida joylashgan tabiatni tushunadi. Bu substantsiya o’z navbatida bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, inson ularning faqat ikkitasi - tana va fikrni biladi. SHuning uchun ruh va tana bitta individualni, ya`ni fikrlaydigan tanani tashkil etadi. Alohida ruhiy substantsiyaning borligini Spinoza inkor etadi, lekin materiya va tafakkur birligi muammosini oxirida ochib berolmadi. Substantsiyalar ta`limoti asosida Spinoza insoning hissiy holatlari ko’proq affektlar masalasini yoritib berdi. O’zining affektlar haqidagi ta`limotida affektlarning paydo bo’lishi va ularning tabiati: odamlarning affektlarga qulligi va affektlarning kuchi; inson ozodligi va inson aqlining kuchi masalalari yuzasidan to’xtaldi. Affektlarni Spinoza tabiiy hodisa deb biladi. Affektlar orasidan Spinoza Z tasini alohida ajratib ko’rsatadi.

1. Xohlash

2. Qoniqish

3. Qoniqmaslik

Qolgan barcha emotsiyalar shulardan paydo bo’ladi, deb hisoblaydi Spinoza. Spinoza affektlar butunlay inson irodasiga bog`liq va ularni to’liq boshqarish mumkin, degan fikrga qo’shilmaydi. Bu borada u affektlarni inson ustida o’tkazadigan hukmronligi haqida fikr yuritadi. Barcha affektlar Spinozaning fikricha insonni shunday holatga olib keladiki, bunda u o’z-o’zini boshqara olmaydi. Tasodiflarga qaram bo’lib, aniqlik ko’z oldida, noaniqlik tomon boradi, ozodlik esa affektlarga ergashishda emas, balki ularni aqlga bo’ysundirishdir.

Spinozaning fikricha, qalblarni qurol bilan emas, mehr- muhabbat va oliyjanoblik vositasida zabt etish mumkin.

Spinoza psixologiyasi ongning psixologik ob`ekt sifatida shakllanishi yo’lidagi Dekartdan keyingi muhim qadam bo’ldi.

Dekart dualizmining tanqid qilinishidan boshqa yo’nalish Angliyalik faylasuf Tomas Gobbs nomi bilan bog`liq. T.Gobbs ruhni alohida mavjudlik sifatida mutlaqo inkor etdi. Uning fikricha, dunyoda G.Galiley tomonidan ochilgan mexanika qonunlariga bo’ysunuvchi moddiy tanalardan boshqa hech narsa yo’q.

Men katta masalalar xususida uzoq bahslashib, hech narsaga erisha olmagandan ko’ra, arzimas narsalarga oid kichik bir haqiqatni kashf etishni afzal ko’raman.

Barcha psixik hodisalar ham shu qonunlarga bo’ysunadilar. Moddiy narsalar T.Gobbs fikricha, organizmga ta`sir etib, sezgini hosil qiladi. Inertsiya qonuniga ko’ra, sezgidan uning kuchsiz izi sifatida tasavvurlar paydo bo’ladi. Ular esa fikrlar zanjirini hosil qiladi va bu fikrlar sezgilar qanday ketma-ketlikda almashgan bo’lsa, shunday tartibda joylashadi. Bunday bog`lanish keyin assotsiatsiya nomini oldi. Agar avvalgi harakat yana takrorlansa va ustunlik qilsa, keyingilari harakatlanuvchi materiya bilan bog`liq bo’lgandan tekis stolda tomchi harakatlanganda suv ham harakatlanganidek uning ketidan harakatlanadi. Asosiy psixologik fenomenlardan biri sifatida assotsiatsiyalarni Dekart va Spinozalar tan olishgan. Lekin tafakkur va irodaga nisbatan uning bilimning quyi shakli deb hisoblagan. T.Gobbs birinchi bo’lib assotsiatsiyani psixologiyaning universal qonuni sifatida ta`riflaydi. O’zining qobiliyatlar haqidagi ta`limoti bilan T.Gobbs Dekartni “Tug`ma g`oyalar” haqidagi gipotezasini qattiq tanqid qildi va odamlarda tug`ma bir-biridan ustun belgilari bo’lmasligini isbotlashga intildi. T.Gobbs bevosita F.Bekonning davomchisi sifatida empirik yo’nalish namoyondasi sifatida tanildi.

Empirik psixologiyaning “otasi” J.Lokk bo’ldi. Uning “Inson aqli haqidagi tajriba” asari psixologiyaning keyingi taraqqiyotiga kuchli ta`sir etdi. Lokkning maqsadi inson bilishining paydo bo’lishi va rivojlanishining tajribaviy o’rganishdan iborat edi. Bunda u “tug`ma g`oyalar” g`oyasini inkor etib, bilimlarning manbai individning hayotiy tajribasi deb biladi. Tajribaning o’zida esa Lokkning fikricha, ikkita manba bor: sezgi va refleksiya. Sezgi ob`ektdagi, tabiatdagi barcha moddiy narsalar bo’lib, ularning mahsuloti fikrlardir. Ya`ni “biz sariq, oq yashil, issiq, sovuq, yumshoq, qattiq, shirin, achchiq va boshqalar haqidagi fikrlarni shu manba orqali olamiz” deb hisoblaydi J.Lokk. Refleksiyaning obekti aqlimiz faoliyati bilan egallangan va biz tashqaridan ololmaydigan fikrdir. Ongning ob`ekti shu fikrdir, chunki ong J.Lokkning bergan ta`rifiga ko’ra, aqlimizda ro’y berayotgan narsalarni idrok etishdir. J.Lokk tajriba manbalarini o’zaro farqlasada, ularni bir-biridan ajratmaydi. Uning fikricha, sezgi bilimning boshi, refleksiya sezgi asosida paydo bo’ladi. Buni u shunday ta`riflaydi: “Aqlda birorta narsa ham yo’qki, u sezgida ham mavjud bo’lmasa”. J.Lokka ko’ra, fikrlar 2 xil, oddiy va murakkab, bo’ladi. Oddiy fikr faqat bitta bo’ladi. Oddiy fikr faqat bitta tushunchani o’zida saqlaydi. Boshqa fikrlar parchalanmaydi. Murakkab fikrlar oddiy fikrlarni qo’shish, taqqoslash, umumlashtirish va abstraktlashtirish natijasida paydo bo’ladi. Oddiy fikrlar yig`indisi ongni tashkil etadi. Murakkab fikrlarning hosil bo’lish manbalaridan biri sifatida J.Lokk assotsiatsiyani keltiradi. U birinchi bo’lib “fikr assotsiatsiyasi” degan atamani kiritadi.

Bilimlarimiz – deydi, J.Lokk barcha mushkulotlarni qamrab olish va hamma savollarga javob topish qudratidan maxrumdir.

Ilm olmoqlik yaxshi ruhiy sifat egalarida ezgu fazilatlarning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi. Yaxshi ruhiy sifatlardan mahrum odamlar esa qancha ko’p ilm olsalar, shuncha ahmoqroq va bema`niroq bo’lib boradilar.

Ehtimollik bilimdagi kemtiklarni to’ldiradi.5

F.Bekon, avvalo, shuning bilan mashhurki, u o’rta asr sxolastik falsafasini qattiq tanqid qiladi va ilmiy bilimning yangi yo’llarini belgilab beradi. F.Bekon ta`limotiga ko’ra, fan birinchi navbatida atrofdagi tabiatni uning ba`zi bir hodisa va qonunlarini o’rganish bilan shug`ullanmog`i kerak. Tabiatni o’rganish uning ustidan hukmronlik qilish uchun kerak. Tabiatni o’rganish metodi metodi umumiy og`zaki mulohazalardan emas, balki tajribadan iborat bo’lmog`i kerak. Bekon ratsionalistik deduktiv metodni fanda befoyda deb deb inkor qildi va tajribaga asoslangan induktiv metodni asoslab berdi. F.Bekon o’zining metod haqidagi ta`limotini guyo Aristotel “Organon” i ziddiga va o’rniga yozilgandek, “YAngi organon” deb atalgan kitobida bayon qildi. Ayni vaqtida F.Bekon ruh va ruhiy hayot haqidagi masalalarni qo’zg`agan.

F.Bekon ruhni ikkiga bo’ladi: aqliy va ruhiy hislar. Birinchisi ilohiy nafasdan kelib chiqadi, ikkinchisi moddiy bo’lib, barcha organik mavjudotlarga xosdir. Hayvonlarning tanasi hissiy ruh organidir, insonda esa tana aqliy ruh organi bo’lib xizmat qiladi.

Biroq, aqliy ruh ilmiy bilish predmeti bo’la olmaydi. U faqat teologiya –dinning predmeti bo’lishi mumkin.

F.Bekonning ta`limotiga ko’ra, hissiy ruh moddiydir, lekin issiqlik bilan siyraklanishi natijasida ko’zga ko’rinmaydigan bo’lib qolgan u suyuqlikka o’xshagan bo’lib, o’ztabiatiga ko’ra. Havo va o’tga yaqindir. F.Bekon ruhning asosiy turadigan joyi miyadir, lekin nervlar va arteriyalar orqali butun organizm bo’ylab harakatlanadi, deb hisoblaydi.

F.Bekon ruhning qobiliyatlari haqida gapirar ekan fahm, aql, xotira, istak, irodalarni ko’rsatadi. Lekin uning ta`limotining bu qismi rivojlantirilmagan. Psixologiya masalalarida u ayrim-ayrim tasodifiy mulohazalar bilan cheklanib qolgan.

F.Bekon fizik olam qonuniyatlarini inson psixik hayotiga ko’chirish psixikani tajriba va kuzatish yo’li bilan o’rganish mumkin, deb taxmin qildi. F.Bekonning fikricha, “birinchi psixik element” (o’ziga xos psixik atom) tasavvurdir. Psixologiyaning ideali “tabiatdagi atomlar mexanikasidan namuna olib, “tasavvurlar mexanikasini” yaratishdir.

Bekonning tasavvurlar mexanikasi haqidagi fikrlarini boshqa bir ingliz faylasufi –materialist Gobbs yanada mufassalroq rivojlantiradi. U ruhiy hayot falsafaning ham bogosloviyaning ham emas balki tabiat fanining predmetidir. Uning fikricha ruh singari moddiy bo’lmagan mohiyatning bo’lishi mumkin emas. Gobbsning fikricha. Psixik hayotning asosini guyoki o’ziga tortuvchi, jalb qiluvchi (huzur, istak, muhabbat) va ranjitadigan (og`riq, qo’rquv, nafrat) kuchlaridan iborat bo’lgan ehtiroslar tashkil etadi. Psixologik hodisalarning o’zi moddiy tartibdagi faktlardir. Ularning rivojlanishi nutqning rivojlanishi bilan bog`liqdir. Gobbs yangi materialistik psixologiyasining asoschisidir.

Ingliz olimi va pedagogi Djon Lokk, Bekon kashf qilgan ilmiy metodning bevosita davomichisi edi. Lokk psixologiya ham boshqa tabiat fanlari singari og`zaki mulohazalarga emas, balki tajribaga asoslanmog`i kerak, deb hisoblaydi. SHuningdek, u ruhning va uning kuchlarining asl mohiyatni billish mumkinligini inkor qildi. “Men, deydi Lokk,-ruhning mohiyati nimadan iborat yoki hayotiy ruhimizning qanday harakatlari sezgilarga .....yoki tasavvurlarga olib keoladi. Degan tekshirishlar bilan o’zimni qiynab o’tirmayman, chunki bu quruq mavhum fikr yurgizishdir. Lokkning aytishicha, faqat ruhiy hodisalarni o’rganish kerak. Bu hodisalarni o’rganishning birdan-bir metodi tajriba va kuzatishdir.

Dj.Lokkning asarlari tufayli psixologiyada empirik tajribaga suyangan psixologiya debataladigan yangi oqim paydo bo’ldi.

Lokkning fikricha, asosiy hamda birlamchi psixik hodisa sezgidir. Ruhiy hodisalarning barcha qolgan turlari, qanchalik murakkab bo’lmasin faqat sezilarning bir-biriga munosabati va qo’shilishidir. Ruhda (Platon va Dekart aytganidek) tug`ma idealar yo’q. Ruh o’zining barcha idealarini tashqi tajriba sezgilardan (birlamchi sifatlar) va qayta ishlangan ichki tajribadan refleksiyalar, xotira, farq qilish, taqqoslash, murakkab tasavvur va boshqalardan (ikkilamchi sifatlar) hosil qiladi. YAngi tug`ilgan bolaning ruhi guyo hech narsa yozilmagan toza oq qog`ozga yoki toza taxtadir, lekin tarbiyachi va hayot tajribasi bunga sezgilar orqali hohlagan narsani yozishi mumkin. Sezgilar haqidagi ta`limotida Dj.Lokk birlamchi va ikkilamchi sifatlarga ta`rif berdi. Narsalarning sezgi organlarimizga bevosita ta`sir etishi natijasida hosil bo’ladigan sezgi obrazlari birlamchi sifatlar yoki obrazlar deb ataladi; bu ob`ektiv sifatlar.lokk birlamchi yoki ob`ektiv sifatlarga harakatni, o’tkazmovchanlikni, zichlikni, zarrachalarning ulanishini, figurani, hajmni va boshqalarni sezishni kiritadi. Lokk ta`limotiga ko’ra, ikkilamchi yoki sub`nektiv sifatlar “narsalarning o’zida emas” balki birlamchi sifatlarga bog`liq.

Dj.Lokk hodisalarning tasodifan bir vaqtda sodir bo’lish natijasida tasavvurlar o’rtasida hosil bo’ladigan bog`lanishlarni belgilash uchun birinchi bo’lib psixologiyaga “assotsiatsiya” terminini kiritdi.


Yüklə 69,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin