Zigmund Freyd fikriga ko’ra, bolalik davrida hissiyotlarga ko’rsatilgan ta`sir, keyinchalik shaxsning o’z-o’zini anglashida namoyon bo’ladi. SHundan boshlab 1920-yilda psixologiya “ruhiy hayot” haqidagi fan sifatida vujudga keldi. Freyd nazariyasi gumanistik nazariyaga qarshi qaratilgan hisoblanadi
1.4. O‘zbekistonda psixologiya fanining rivojlanish tarixi.
Daslabki pedagogik va psixologik fikrlar markazi 1918 yili Toshkent va keyinchalik Chimkent shahrida tashkil qilingan. Pedagogik muzey va pedagogik laboratoriya universal o‘quv tarbiya muassasasi bo‘lib ta’lim tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan hamma vazifalarni qamrab oladi. Bu yordam ta’lim metodlari ishlab chiqarilgan, shu yerning o‘zida sinalgan va respublikaning boshqa o‘quv muassasalariga tarqatilgan. Ishning bunday tashkil qilinganligi tadbiq qilishga imkon bergan. Pedagogik laboratoriya haqida Nizomda bu joy pedagogik fikr va ishning markazi bo‘lishi lozim. Shuning uchun bir tomondan psixologik ishning har bir yangilik o‘qitishdagi laboratoriyada to‘plangan boy tajribadan foydalanish imkoniyati berilishi kerak, bu imkoniyat bevosita maktablarga berilishi kerak. Boshqa laboratoriya va kabinetlar bilan bir qatorda pedagogik laboratoriya va pedagogik muzeyda eksperimental psixologik laboratoriyasi ham mavjud bo‘lib, bu yerda turli xil psixologik tajribalar amalga oshirilgan 1919 yili 1 aprelda Kavman Xorvat maorif komissariga xat yo‘llab, davlatning ko‘zi ojiz, gung, ruhiy kasal va psixologik taraqqiyoti hamda psixikasi muvozanatsiz bolalarni o‘z tarbiyasiga olishi zarurligini ta’kidlagan. Xuddi shu maqsadda butun bir maxsus muassasalar tizimini tashkil etishni taklif etgan. Xorvatning taklifi bir necha yo‘nalish bo‘yicha diqqatga sazovordir. Birinchidan, bu kompleks xarakterdagi ish bo‘lib, biron bir psixonevrologik kasallik nazardan chetda qolmagan. Ikkinchidan, bu rejada qattiq ketma-ketlikdan bir necha bosqich nazarda tutilgan.
1. Kasallik diagnostikasi (tadqiqot darajasi);
2. Kasallarni davolash (amaliy tibbiy darajasi);
3. Kasallarni tarbiyalash va ta’lim berish (amaliy ta’lim darajasi).
Birinchi darajani psixologik laboratoriya, ikkinchi darajani davolash maxsus muassasasi, uchinchi darajani maktablar amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Turkistondagi muassasalardan biri “O‘zbek davlat ilmiy tadqiqot instituti”, hozirgi Qori Niyoziy nomidagi pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1929 yili tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar bu institut o‘qitishning pedagogik konsepsiyalari maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya nazariyasini yaratuvchi yagona markaz hisoblanadi. 1930-yillar boshlarida institut tarkibida quyidagi kabinetlar mavjud bo‘lgan:
1. Ijtimoiy gigiena kabineti
2. Iqtisod kabineti
3. Pedagogik-psixologiya kabineti
4. Psixologik laboratoriya kabineti
Institut tashkil bo‘lgan vaqtdan boshlab milliy mentalitetni va ijtimoiy muhitni chuqur tadqiq qilish bolalarning psixologik ijtimoiy-madaniy xususiyatini hisobga olgan holda darslarni yaratish bilan shug‘ullandi. Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat edi.
1. Ilmiy eskpeditsiyalar uyushtirish;
2. Bolalar xarakterini o‘rganish;
3. Pedagogik kadrlar tayyorlash.
Ushbu institutning faoliyati Bendrikov, Leventuert, Zavarova, Yusupov, Tokanaev, Debenzov, Mirsharipov, Muxiddinov kabi olimlarning nomlari bilan chambarchas bog‘liq. 1930 yillarda bu institutda jahon psixologiya faniga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri Aleksandr Romanovich Luriya ishlagan. U o‘z institut doirasida o‘tkazgan tadqiqotlari asosida keyinchalik “Ob istoricheskom razvitie poznavatelnix protsessov” – “Bilish jarayonlarining tarixiy taraqqiyoti haqida” degan asarini nashr qildi. O‘zbekistonda psixologiya fanining shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan yana biri P.Ivanov hisoblanadi. 1927 yil Samarqanddagi o‘zbek pedagogika institutida (pedakademiya) eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilgan. 1940 yilda u pedagogika institutlari talabalari uchun psixologiyadan birinchi o‘quv qo‘llanmasini nashr qilgan. Keyinchalik 1934 yili Samarqand pedagogika institutining o‘zbek davlat universitetiga aylantirishi munosabati bilan P.Ivanov o‘z laboratoriyasi bilan Nizomiy Nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga ko‘chib o‘tadi. Pedagogika o‘quv muassasalarida ilmiy pedagogik potensialning yetishmasligi tufayli dastlabki psixologiya darslari ustida tarjimonlar yordamida olib borilgan keyinchalik bu tarjimonlarning o‘zlari mustaqil ravishda psixologiyadan o‘zbek tilida ma’ruzalar o‘qiy boshlashgan. Aliaskar Usmonov, Toxiriyxon Askarxo‘jaev, Bayburova, Raxmatova va boshqalar bir bo‘lib o‘zbek tilida dars o‘tuvchi psixologiya o‘qituvchilari bo‘lishgan. P.Ivanovni (1891-1968 yillar) psixologiyadan 75 dan ortiq ilmiy ishlari nashr qilingan. Uning 1927 yilda nashr qilingan “Umumiy pedagogika” bo‘yicha qisqa ocherk, “Maktabshunoslik” tarbiyaning umumiy metodlari 1940-yillar va 1954-yillarda “Umumiy psixologiya”, 1962-yilda “Ta’limning psixologik asoslari” kabi asarlari O‘zbekistonda psixologiya fani rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. Sh.A. Boyburova, Usmonov kabilar bevosita uning rahbarligida faoliyat ko‘rsatishdi. 1959 yil uning rahbarligida M.G.Davletshin, Bekboev, Muzaffarovlar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. 1963 yil O‘zbekistonda psixologiyadan birinchi bo‘lib Krasnoboev Ilya Berovich (1896-1963) Toshkent Davlat universiteti filologiya fakulteti logika va psixologiya kafedrasi mudiri “Yuqori sinf o‘quvchilarida e’tiqod, axloqiy tushunchalarni shakllanishi” mavzusidagi doktorlik ishini himoya qildi. Krasnoboevni ilmiy faoliyati 20 yillarda O‘zbekistonda tadqiqotlar bilan bog‘liq uning rahbarligi ostida logika va psixolgiya kafedrasi azolari: 3. Mo‘minova, V.Ya.Maros, A.Abdusattorov, V.I.Sofer, A.Gulyamov, R.V. Gulyamov, A.A. Yerstifirovlar turli xil ob’ektlarda psixologiya va logika bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini olib bordilar. Bu tadqiqotlar O‘zbekistonda xalq ta’limi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga yordam berdi.
M.Voxidov (1927-1989 y) 1955 yilda Leningradda nomzodlik ishini himoya qilgan. Dastlab Andijon pedagogika institutida, so‘ngra Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy tadqiqotlar institutida ishlagan. 1966 yil Toshkent Davlat universiteti Psixologiya kafedrasi mudiri etib saylangan. 1973 yili Ministrlar Soveti topshirig‘iga binoan tarix fakulteti tarkibida tashkil etgan. Zinin, L.I.Sofer ishtirokida va markazning iste’dodli olimlari yordamida bu yerda o‘quv eksperimental laboratoriya tashkil qilingan. M.Voxidov tomonidan maktabgacha pedagogika bilim yurtlari uchun, pedagogika institutlari uchun darsliklar yozilgan, oxirgi yillarda M.Voxidov, A.Petrovskiy tahriri ostidagi “Umumiy psixologiya” darsligi tarjima qilingan va ayni paytda milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda o‘zbek tilida darslik yaratish bilan mashg‘ul bo‘ldi.
Davletshin Muhammad Gabdulgalimovich 1923 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining psixologiya kafedra mudiri psixologiya fanlari doktori, 1957 yilda 5-7 sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllanishi mavzusida, 1971 yil “O‘quvchilarni texnik qobiliyatlari psixologiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1968 yildan 2005 yilgacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Umumiy psixologiya” kafedrasida mudirlik qildi. Hozirgi kunda Umumiy psixologiya kafedrasi professori bo‘lib ishlamoqda. M.G.Davletshin raxbarligida uning bevosita maslahatlari yordamida O‘zbekistonda 100 dan ortiq nomzodlik va doktorlik ishlari himoya qilingan.
O‘zbekistonda psixologiyani turli yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘pgina olimlar ilmiy tadqiqot ishlari olib borib, O‘zbekistonga psixologiya fanini, ya’ni psixologiya tushunchasini olib kirib, to‘laligicha ochib berdilar.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ham psixologiya tarmoqlari rivojlanib unga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi yetishib chiqqan barcha olimlarimiz O‘zbekistondagi psixologiyani chet mamlakatlar psixologiyasi kabi yuqori cho‘qqiga chiqishida katta hissa qo‘shib, intilmoqdalar. Odamlar ongiga esa milliy psixologiya asosida, ya’ni milliylik ruhida tarbiyalab, ularni ongiga psixologiyani singdirmoqdalar. O‘zbekistonda psixologiya fanining hozirgi ahvoli ilgarigidan ancha rivojlangan. Chunki bu fanni o‘qitish uchun tayyorlov kurslari va markazlar ochilib kishilar ongiga yetib bormoqda. Bundan tashqari psixologiya tarmoqlari bo‘yicha turli xil muammolarni yechishda asosiy rol o‘ynaydi. Bu fanni rivojlanishida o‘zbek psixologlari, ya’ni M.G.Davletshin, M.Voxidov, G‘.B.Shoumarov, V.M.Karimova, E.G‘.G‘oziev, R.I.Sunnatova, B.R.Qodirov, J.Azimov, N.S.Safaev, R.Gaynutdinov, Sh.R.Baratov, Z.T.Nishonova, K.Mamedov, va boshqa olimlarning hissasi katta. Hozirgi kunda psixologiya fanining turli tarmoqlari rivojlanmokda.
Psixologik xizmat-ijtimoiy psixologik muammo sifatida talqin qilinar ekan, barcha rivojlangan mamlakatlardagi kabi, O`zbekistonda ham mazkur psixologik xizmat muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf etilayotganligini o`rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko`lamiga ma'lum tartibda baho bermay turib, O`zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo`lmaydi.
O`zbekistonda psixologik xizmat tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi.
Mazkur yillarda ta'lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o`quvchi va o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina yaxshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, o`sha davrda sobiq ittifoq mafkurasi va xalq ta'limi o`rtasida paydo bo`lgan ayrim ob'ektiv va sub'ektiv ziddiyatlar oqimi umumta'lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedologik xizmat ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo`qqa chiqardi. Natijada, pedagogik psixologiya yo`li bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday bo`lsa-da, O`zbekistondagi umumta'lim tizimi bilan bog`liq izlanishlar va tadqiqotlar to`xtab qolgani yo`q. Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik xizmat tatbiqini yaratish uchun ma'lum darajada asos bo`lib keldi. Binobarin, 70-80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida talaygina mehnat jamoalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilindi va Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va mehnat faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va rentabellik, rahbar va jamoa psixologiyasi bilan bog`liq ilmiy-amaliy ishlarolib borildi. Shuningdek, 60-70 yillarda O`zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy Tekshirish instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva,M.Dadajonovlar tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini o`rganishga oid qator izlanishlar, amaliy tadbirlar olib borildi. Ayniqsa, 1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy tarbiyaga oid,1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli psixolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin.
1989 yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. O`zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida M.G.Davletshin, E.G`.G`oziev, B.R.Qodirov, G`.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safaev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo`shganlar. 1998 yilda Sh.R.Baratov "Ta'lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari" mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.
Dostları ilə paylaş: |