Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi


Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi



Yüklə 69,71 Kb.
səhifə6/14
tarix25.04.2022
ölçüsü69,71 Kb.
#56287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-мавзу

Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi. Hozirgi zamon psixologiya sohalari hozirgi kunga kelib 300 dan ortiqni tashkil qiladi. Bu sohalar o‘ziga xos ob’ektga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Shu bois fan sohalarini o‘rganish qulay bo‘lishi uchun tarmoqlarni ma’lum tizimga keltirish maqsadida ma’lum guruhlarga tasniflash joriy qilingan. Bu borada professor A.V.Petrovskiy psixologiya fan sohalarini quyidagicha tasniflashni ilgari surdi:

  • Aniq faoliyat turlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

  • Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

  • Shaxs va jamiyatga bo‘lgan munosabatni o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

Aniq faoliyat turiga ko‘ra psixologiyaning quyidagi turlari mavjud:

- mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o‘rganadi. Mehnat psixologiyasining bir nechta bo‘limlari mavjud; a) muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o‘rganadi; b) aviatsiya psixologiyasi- uchishga o‘rganish jarayoni va uchish moslamalarini boshqarishda inson faoliyatining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi; v) kosmik psixologiya - vaznsizlik holati, fazoviy tasavvurlar chalkashib ketgan vaqtda va organizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda asab va ruhiy zo‘r berish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilganda odam faoliyatining xususiyatlarini o‘rganadi.

Rivojlanishning yosh xususiyatlarini o‘rganuvchi sohalar.

A) yosh psixologiyasi - inson shaxsining psixologik xususiyatlari va bilish jarayonlarining ontogenezda rivojlanishini o‘rganadi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, kattalar psixologiyasi, gerontopsixologiya kabi tarmoqlarga bo‘linadi. B) patopsixologiya- miya faoliyati buzilishlari natijasida kelib chiqadigan turli shakldagi ruhiy rivojlanishdan chetlanishni o‘rganadi. Oligofrenopsixologiya - miyaning tug‘ma kamchiliklari tufayli paydo bo‘ladigan bo‘limlarni o‘rganadi. Surdopsixologiya – eshitish faoliyatida jiddiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishini o‘rganadi. Tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati past yoki umuman ko‘rmaydigan kishi faoliyatini o‘rganadi. Qiyosiy psixologiya –hayotning filogenetik shakllarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi bo‘lib, inson va hayvonlar psixologiyasini solishtirish orqali o‘xshashlik va farq qiluvchi tomonlarini aniqlaydi. Akmeologiya yetuklik darajasiga erishgan shaxs rivojlanishining yuqori darajasi ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini, ayniqsa rivojlanishining eng yuqori cho‘qqiga erishish xususiyatlarini o‘rganadi.



  • Inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik tomonlarini o‘rganuvchi psixologiya sohalari.

1. Ijtimoiy psixologiya – uyushgan va uyushmagan ijtimoiy guruhlardagi shaxslararo o‘zaro tasir jarayonida paydo bo‘ladigan psixologik hodisalarni o‘rganadi. 2. Differensial psixologiya – shaxs shakllanishining individual psixologik yo‘naltirilganligi kabi xususiyatlarni o‘rganadi.


Yüklə 69,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin