Psixologiya kafedrasi boshlang’ich sinf matematika darslarini boshqa fanlar bilan uzviylikda o’tish metodikasi



Yüklə 95,64 Kb.
səhifə13/14
tarix05.12.2023
ölçüsü95,64 Kb.
#173017
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Oliy va o’rta maxsus ta’lim-hozir.org

XULOSA


«Ta‟lim to‟g‟risida»gi qonun asosida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning hayotiyligini ta‟minlash ta‟lim tizimini tubdan isloh qilishni taqoza etadi.
«Milliy dastur» ta‟lim tizimida o‟ziga xos, o‟ziga mos yangicha yondashuvni, yangicha metodikani va yangicha kasb mahoratini talab etadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - bu yangicha pedagogik texnologiyaning o‟zi. Ijodkor mutaxasis, ijodkor tarbiyachi va o‟qituvchi o‟zining sohasi, yo‟nalishi bo‟yicha yangicha pedagogik texnologiyani amaliy ilmiy va uslubiy o‟rganishni hamda hayotga tadbiq etabilmog‟i lozim.

Boshlang‟ich sinf o‟quvchilariga algebraik materiallarni o‟rgatishda fanlararo uzviylikda tashkil qilinadigan darslarning ahamiyati katta. Bunda o‟quvchi olgan bilimining nechog‟lik ahamiyatiga ega ekanligini tushunib yetadi. Bu jarayonni reja asosida matematika va tabiatshunoslik matematika va o‟qish va boshqa darslarda amalga oshirish o‟quvchilarning chuqur bilim olishlariga, hayotning har bir jabhalarida mustaqil fikr yurita oladigan, Dune qarashi keng komil inson bo‟lib tarbiyalanishida muhim o‟rin egallaydi.


Matematika fani boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o‟stirishda muhim o‟rin egallaydi. Darsliklarda bunga katta e‟tibor qaratilgan.
Shuni ta‟kidlash joizki boshlang‟ich matematik ta‟limda o‟quvchilarni masalalar yecha olish qobiliyatlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Bola maktabdagi mashg‟ulotlarning birinchi kunidanoq masala bilan uchrashadi. Algebraik materiallarga aloqador bo‟lgan matematik masalalar o‟quvchilarga o‟quvchilarga matematik tushunchalarni to‟g‟ri shakllantirishga, uni o‟rab turgan muhitning o‟zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o‟rganilayotgan nazariy qoidalarni qo‟llanish, kuzatilayotgan hodisalarda
har xil sonli bog‟lanishlarni o‟rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga fanlar aro aloqadorlikdagi misol va masalalar yechish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Agar bu hozirgi kunda chop etilayotgan ilmiy – uslubiy maqolalarni tahlil qilar ekanmiz ta‟lim – tarbiyada fanlararo aloqadorlik, ayniqsa boshlang‟ich ta‟limda kam e‟tibor qaratilayotganligiga guvoh bo‟lamiz. Vaholanki boshlang‟i ta‟limda fanlararo aloqadorlik masalasi kichik maktab yoshidagi bolalarni o‟qishga, bilim olishga qiziqtiruvchi vositalardan biridir. Bu masalani boshlang‟ich ta‟lim o‟qituvchisining barcha fanlarni o‟zi o‟qitishi bu muommoni hal qilishi oson kechadi.
Ilg‟or boshlang‟ich sinf o‟qituvchilarining ish tajribalari shu narsani ko‟rsatadiki boshlang‟ich ta‟limdagi barcha fanlarni o‟zaro aloqadorlikda tashkil etish mumkin. Bu narsa boshalang‟ich ta‟lim o‟qituvchisidan ko‟p narsani talab qilmaydi, faqat u har bir darsda boshqa fan tushunchalari uchraganda uni va uning xossalarini hamda o‟tilayotgan fan bilan uzviy aloqasi haqida ma‟lumot berib o‟tilishi talab etiladi xolos.

Ta‟lim – tarbiyada mayda – chuyda narsaning o‟zi bo‟lmaydi deganlaridek, bu fanlar aro aloqadorlik masalasi ham o‟rganishga arziydi. Bu bilan fan o‟qituvchisi dars samaradorligini oshiradi, ya‟ni o‟quvchilarning darsga bo‟lgan qiziqishlari va o‟qishni hayot bilan bog‟liqligini tushunib etadilar.




Yüklə 95,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin