Psixologiya kafedrasi boshlang’ich sinf matematika darslarini boshqa fanlar bilan uzviylikda o’tish metodikasi



Yüklə 95,64 Kb.
səhifə12/14
tarix05.12.2023
ölçüsü95,64 Kb.
#173017
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Oliy va o’rta maxsus ta’lim-hozir.org

- Bularqandayshaklar?



- Bular romb, kvadrat va doirachalar. Gilamlarga, so’zanalarga geometrik shakllarni simmetrik qilib to’g’ri joylashtirilmasa, naqshlar to’g’ri va chiroyli chiqmaydi. Bu o’rinda to’g’ri to’rtburchak, romb, kvadratlarning geometrik xossalari haqida to’xtalib o’tishimiz lozim.
Gilamlarni to’qishda rombdan, romb shaklidan juda ko’p foydalanilganlar. Bularni 4 ta uchburchakka ajratib, turli xil naqshlar yaratganlar. Ilgari gilam kashta tikishda qo’l mehnatidan foydalanilgan, hozir bu ishlarni mashinalar bajaradi. (Mashinalar tikkan so’zanalardan namunalar ko’rsatiladi).
Ana shular orqali o’quvchilarni kashtachilikka, gilamdo’zlikka, chevarlikka bo’lgan xavaslarini oshiradi. Mehatni sevish, ishni chiroyli va batartib bajarish zarurligi haqida gapiriladi. Oddiygina maktab formasiga yoki tikish jarayonida geometrik shakllardan to’g’gri to’rtburchakdan foydalanganliklari haqida fikr yuritiladi.
-Yoqa andozasida qanday geometrik shakl hosil bo’ldi?

  • To’g’ri to’rtburchak.


  • Nima uchun to’g’ri to’rtburchak deyiladi?


  • Chunki bu shaklning burchaklari to‟g‟ri, qarama-qarshi tomonlari teng deb aytiladi. Ana shunday qilib mehnat darslarida geometrik shakllarning xossalari o‟rganilib boriladi.


3 - sinfda aylana shaklidagi o`yinchoqlardan, sichqon, mushukcha va kuchukcha o`yinchoqlarini yasash mumkin. Bunda ular doira va to’g’ri to’rtburchakdan tayyorlanadi. Bu ishlarni baholashda geometrik shakllar to’g’ri chizilganligi bilan birga uning jismlari o’zaro qanday biriktirilganligini ham hisobga olish mumkin.


O’rta umumiy ta’lim maktablarini 3 - sinfida, isloh qilingan maktablarning 4 - sinfida mehnat darslarida geometrik shakllardan asosan kub, paralellipiped, daftarlar solinadagan papka pochta yashigi, piramidalardan har xil o`yinchoqlar yasash dars rejasiga kiritilgan
Shu munosabat bilan kub va paralledipipedning ba’zi bir geometrik xossalarini ko’rib chiqish mumkin.
Mehnat ta’limi rejasiga ko’ra kub, parallelepiped, filmoskop, daftarlar solinadigan papkalar 2 chorakda o’tishga mo’ljallangan.
"Kub yasash" degan mavzuni o’tayotganimizda biz avvalombor kub shaklidagi predmetlarni, kubdan yasalgan piramida o’yinchoqni ko’rsatamiz. O’qituvchi dars uchun kub yoyilmasini tayorlab olib kelgan bo’ladi. O’yinchoq piramida nechta kubdan hosil bo’lgan. Hozir ana shu kubni yasaymiz deb kubni yoyilmasini o’quvchilarga chizdiriladi.
Mana shu yoyilmadan kub yasashgandan keyin uning boshlang‟ich

sinflarga xos xossalarini shu darsninig o‟zida o‟rganamiz


Demak, biz bolalarga kubning hamma yoqlari kvadratlardan iborat ekanligi, (uchta qirrasi borligini) har bir uchida uchta qirra birlashishini savollar berib muommoli vaziyat hosil qilib o’rganib olamiz.
O’qituvchi: – Bolalar, kubning yoyilmasiga qarang.
Shu yerda biz nechta kvadratni yelimladik. Bolalar: 6 ta kvatratni. Demak, kubda 6 ta kvadrat bor ekan, bu degani 6 ta sirt, ya’ni 6 ta tomon degani. Shundan keyin uning qirralarini va uchlarini sanaymiz quydagi xulosaga kelamiz.
Kub kvadrat ko’p yoqi geometrik shakl. Uning sirti (tomoni 6 ta) kvadratdan tashkil topgan. Bu kvadratlari kubning yoqlari hisoblanadi. Kubda 6 ta yoq, 12 ta qirra, 8 ta uchi bor degan tushunchalarni o’zlashtirib oladilar. Endi kelgusi darsda yana bir geometrik figura parallelepipedni yasaymiz. Kub qirrali teng bo’lgan parallelepipeddir.
Parallelepiped yasash darsida darsni tashkil qilishda: o’qituvchi doskadagi parallelepiped shaklidagi narsalarga ishora qilib, parallelepipedning kubdan farqi bormi? Yaxshilab kuzating. Shunda bolalarni zehni, qobiliyati o’tkirroqlari bu kubdan uzun deb aytishadi. Ha parallelepipedni formasi cho’ziq. Anashuning uchun 3 sinf taxtasiga ilib qo’yilgan parallelepipedning yoyilmasiga qarang. Yordamchi chiziqlarni chizib olganiingizdan keyin ustidan asosiy (ishlatiladigan) chiziqlarni chizing. Buklash chiziqlarini punktir chiziqlar bilan (qirqiladigan) belgilangan. Qaychi bilan qirqiladigan chiziqlarni qalin qilib chizing va qiyib olib yelimlang. Mana bu chizma parallelepipedning yoyilmasi.

Parallelepiped tayyor bo‟lgach, bu geometrik shaklni xossalari bilan o‟quvchilarni kechagi darsidagi tushunchalariga qo‟shimchalar kiritiladi. Demak bolalar biz yana bitta geometrik shaklni bilib oldik va yasadik.


Parallelepiped kubdan cho‟zinchoqligi bilan farq qiladi. Biz yasagan parallelepiped to‟g‟ri burchakli. Asoslari to‟g‟ri turtburchakdan iborat. To‟g‟ri parallelepiped to‟g‟ri burchakli parallelepiped deyiladi. To‟g‟ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to‟g‟ri to‟rtburchakdan iborat. Bu yerda o‟quvchilarning diqqatini sinf taxtasidagi parallelepipedning yoyilmasiga qaratish kerak. Bunda ham 6 ta sirti (tomoni) bor. Biz shu yerda o‟quvchilarga yuza va hajm tushunchalarini farqini hayotiy misollar orqali tushuntirib matematika va mehnat darslarining bog‟liqligini yana bir marta isbotladik.

Yüklə 95,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin