Mashg’ulot savollariga javob berish dasturi. 1. savolda. Psixologiyada ma’ruza turlariga tushuncha beriladi. Ma’ruza konferentsiya (Anjuman shaklidagi ma’ruza) tarzida tashkil etiladigan ma’ruzalarning mohiyati ochib beriladi, uning o’ziga xos xususiyatlari, imkoniyat va afzalliklari ko’rsatib o’tiladi.
2- savolda. Ma’ruza- munozaralar haqida tushuncha, munozara usulining o’quvchilarning mustaqil fikrlash, muammoning eng maqbul usullarini topa olish ko’nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati ko’rsatib beriladi.
3- savolda. Mummoli ta’lim haqida, talabalar oldiga muammo qo’yish, ularni erkin faoliyatga o’rgatishdagi ahamiyati, muammoni echish bosqichlari, natijalar haqida fikr yuritiladi.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar 1. I. Karimov “Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” Toshkent 1997 yil
2. Z. T. Nishonova “Oliy maktab psixologiyasi” Toshkent 2003 yil
3. E. G’oziev O’quvchilar faoliyatini boshqarish. 70- 84 –betlar.
4. N. Saidaxmedov “Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo’llash muammolari” Toshkent 2003 yil 3- 11 betlar.
5. B. X. Bobomurodov “Pedagogik amaliyot psixologik muammo sifatida” Toshkent 1997 yil.
6. M.G. Davletshin. S.X Jalilova “Oliy maktabda ta’lim jarayoni samaradorligining psixologik tomonlari” Toshkent 2001 yil 3- 12, 25-42 betlar.
Psixologiyadan texnologik xarita
Mavzu
Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.
Psixologiya faniga kirish, tabiiy va ijtimoiy fan sifatida uning hayotdagi o’rni haqida nazariy bilim, malaka yo’llari ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash