Shaхsni ekspеrimеntal tadqiq qilish mеtоdlari. Metod tadqiqot, tekshirish, bilimning nazariy va amaliy o`zlashtirish usulllari yig`indisidir. O`quvchi shaxsini o`rganish, metodlari: Amerikalik sotsiolog K.N.Tomasning “Shaxs so`rovnomasi” metodikasi yordamida turli nizomi vaziyatlarida shaxs o`zini qanday to`tishligi: hamkorlikka yoki raqobatga moyilligi, murossaga (kompromiss, en bosishga, yul berishga) tayerligi, nizolarda qochish yoki uni keskinlashtirishga intilishi kabi sifatlarning namoyon bo`lish darajasini aniqlash mumkin. Bu metodika jamoaning har bir a‟zosini hamkorlikdagi faoliyatga ijtimoiy - psixologik moslashuvchanlik darajasini b baholash imkoniyatlarini ham beradi. Turli guruhlardagi o`zaro munosabatlar xususiyatlari o`rganiladi. Shuningdek Kettel shaxs savolnomasining bolalar varianti - shaxsni dasturli tekshirishnining bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bola shaxsi taraqqiyotini baholashda chet el tadqiqotlarida savolnomalar (16 RF, N.) keng qo`llaniladi. Lekin bizning sharoitimizda chet el metodikalaridan foydalanish ularni jiddiy moslashtirishni va puxta tekshirishni talab qildi. ushbu metodika E.M.Aleksandrovskaya, I.N.Gil‟yasheva, 1978, 1985 variantlari keng qo`llaniladi.
Ayzenk testi (bolalar varianti) EPV insonning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsiy xislatlari - ekstrovertlik, introverlik va turg`unlikni o`rganishga mo`ljallangan. Kattalar varianti 45 savoldan iborat 24 savol ekstravertlikni va introverlikni, 24 savol neyrotizmni aniqlashga mo`ljallangan, 9 ta savol “yolgonchilik” shkalasidan iborat. Shuningdek D.B.El‟komin, T.V.Dragunovalar o`smirlik davri xususiyatlarini: I.V.Straxov yuksak insoniy tuyg`ularni shakllanishini: V.A.Krutetskiy va N.S.Lukinning “o`rtoqlik - do`stlik” borasidagi o`smirlarning shaxsiy-psixologik xususiyatlarini o`rganilishi o`smir yoshidagi bolalarning barcha muammolarini echishda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |