Shaxsning tuzilishi
Har bir odamga xos bo„lgan nisbatan barqaror va o„zgarmas xususiyatlar shaxs xislatlarining bir butunligi va o„zaro bog„liqligidan iborat bo„lgan murakkab birlikni ya‟ni dinamik tuzilishni hosil qiladi. Shaxsning tuzilishi haqida ko„pgina nazariyalar mavjud bo„lib, bulardan biri chet el psixologiyasida ikkita faktorni ya‟ni biologik va ijtimoiy faktorlarni asos qilib olinganligidir. Unda biologik va ijtimoiy faktorlarning o„zaro ta‟siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya o„rin egallagan. Ular inson shaxsi «endopsixik» (ichki psixik) va «ekzopsixik» (tashqi psixik) a‟zolarga bo„linadi. Ularning fikricha, «endopsixika» shaxsning ta‟sirchanlik, xotira, tafakkur va xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo„r berish qobiliyatini o„z ichiga olsa, «ekzopsixika» shaxs munosabatlarining tizimini, uning tajribalarini, qiziqishlarini, mayllarini, ideallarini, hissiyotni, bilimlarni o„z ichiga oladi deb ko„rsatadilar. Bu nazariyani haqiqatga mos kelmasligi shundaki, u ijtimoiy faktor bilan biologik faktorni, muhit bilan biologik tuzilishni «ekzopsixika» bilan «endopsixika»ni bir-biriga qarama-qarshi qilib qo„yadi. (A. V. Petrovskiyning «Umumiy psixologiya» kitobidan. 1992- yil). A. V. Petrovskiy shaxs tuzilishidagi tabiiy, organik tomonlar va holatlar uning ijtimoiy shart-sharoitlariga bog„liq elementlardir deb ta‟kidlaydi. Uningcha shaxs tuzilishidagi tabiiy (anatomo-fiziologik va boshqa sifatlar) va ijtimoiy faktorlar birlikni tashkil qiladi va ular mexanik ravishda bir-biriga qarama-qarshi qo„yilishi mumkin emas deb ko„rsatadi. A. V. Petrovskiy shaxsning tuzilishida tabiiy, biologic va ijtimoiy faktorlarning rolini tan oladi. Taniqli rus olimi S. L. Rubenshteyn shaxs tuzilishini 3 faktor bilan belgilaydi.
1. Shaxsning yo„nalganligi – uning ehtiyojlari, qiziqishlari, ideal, e‟tiqod, motivlar, dunyoqarashida namoyon bo„ladigan xususiyatlar.
2. Bilim, ko„nikma va malaka – bilish, o„qish faoliyati natijasida,
hayot jarayonida orttirgan xususiyatlari.
3. Individual, tipologik xususiyatlar – temperament, xarakter va qobiliyatida
namoyon bo„ladigan xususiyatlar.
Shaxsning tuzilishi haqidagi fikrlardan shu narsa ma‟lumki, uni tuzilishi biologik va ijtimoiy, tabiiy faktorlar bilan belgilanadi. Uning shaxs sifatida namoyon bo„lishi hayot jarayonida ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta‟lim-tarbiya va shaxsning faoliyatidagi faolligi bilan bog„liqdir.
Psixik jarayonlar, holatlar va xususiyatlarning o„zaro bog„liqligi, aloqadorligi esa odamdagi barcha sifatlarning bir butunligini ta‟min etadi va shaxsning psixologik tuzilishini tashkil qiladi. Shaxsning biron maqsadni ko„zlashi va dunyoqarashi Shaxsning belgisi va o„zini anglashining mazmuni – uning biron maqsadni ko„zlashi, shunga intilishidan iborat. Shaxsning muhim xossasi shuki, u biron maqsadni ko„zlaydi, shu maqsadga intiladi. Shaxs hamisha biron narsaga, biron maqsadga, biron obyektga ko„z tikadi, unga intiladi, voqelikning real sohalari ana shunday obyekt bo„ladi, ammo haqiqatda yo„q bo„lgan, xomxayoldan kelib chiqqan narsalar ham shunday obyekt bo„lmog„i mumkin.
Shaxs o„z hayotida muayyan bir ideal uchun, kishi istiqbolning o„z umrida amalga oshirish lozim deb hisoblaydigan va amalga oshiradigan barkamol obrazi uchun intiladi va shuni o„ziga oliy maqsad qilib oladi. Odam shu maqsadni deb yashaydi va hayotining ma‟nosi shunda deb biladi. Odamning intilishlari, hayot maqsadi muayyan va barqaror maqsad bo„lishi uchun shu yuksak ideal ham xomxayol mahsuli bo„lmasdan, balki haqiqatan ham hayotiy, barqaror va doimiy ideal bo„lishi kerak. Yuksak ideal yoki oliy maqsad kishining dunyoqarashidan kelib chiqqandagina barqaror va ideal bo„la oladi. Dunyoqarashning bo„lishi ham shaxsning muhim belgisidir. Dunyoqarash odamning tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari haqidagi qarashlari, tasavvurlari va tushunchalari sistemasidir. Sinfiy jamiyatda yagona dunyoqarash yo„q va bo„lishi mumkin emas. Dunyoqarash tashqi olam va inson tafakkurining jarayonlari haqida muntazam qarashlar sistemasini beradi. Bu dunyoqarash fanning yutuqlariga va insoniyatning ko„p asrlik tajribasiga asoslanadi. Odamning ko„zlagan maqsadi, xatti-harakati dunyoqarashga mos bo„lib, shaxsning ehtiyojiga aylanganda bu dunyoqarash maslak bo„lib qoladi. Ideallar (oliy maqsadlar) va dunyoqarashning mavjudligi ham odamning o„z ongiga qo„shiladi. Odam o„z ideallarini anglab, o„z dunyoqarashi va maslaklarini bilib olib, hayotda va jamiyatda tutgan o„rnini aniqlaydi, nimani deb yashayotganligini va ishlayotganligini; o„zini, o„z faoliyatini qay yo„ldan kamolga yetkaza borishi kerakligini, jamiyatda qanday kishi bo„lib yetishuvi zarurligini aniqlab oladi.
SHaхs o`z e‟tiqоdiga ham ega bo`ladi. E’tiqоd shaхsning o`z qarashlari, printsiplari, dunyoqarashlariga mоs ravishda хarakat qilishga undоvchi anglangan eхtiyojlar yig`indisidir. E‟tiqоdli kishi хеch qachоn o`z printsiplari, qarashlari, maqsadlaridan chеkinmaydi. Хоzirgi tarbiyamizdan maqsad ham e‟tiqоdli, imоnli, ma‟naviy еtuk kishilarni tarbiyalab еtishtirishdir.
SHaхsda tilaklar ham mavjud bo`ladi. Tilak хatti – хarakat mоtivi bo`lib, u kishini хarakat qilishga undaydi. Tilak niyat, оrzu, eхtirоs shaqllarida namоyon bo`lishi mumkin. Ular yuksak va past bo`lib, оdamlar faоliyati va jamiyat хayotida turli rоl o`ynashi mumkin.
Qiziqishlar, eхtiyojlar, e‟tiqоdlar, tilaklar anglanilgan хarakatlardir. Lеkin insоnda anglanilgan mоtivlardan tashqari, anglanilmagan mayllar ham bоrki, insоn хayotida katta ahamiyatga egadir. Faоliyatga nisbatan anglanilmagan mayllar оrasida eng ko`p o`rganilgani ko`rsatma bеrish masalasidir. Bu masalani gro`zin psiхоlоgi D.N.O`znadzе va uning хоdimlari ishlab chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |