(5-rasm)
Shkala tayanchi to'g'ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo'lishi mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng bo'lmagan holda bo'lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo'lsa, bunday shkala teng o'lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo'lmasa teng bo'lmagan o'lchovli shkala deyiladi.
Grafikning oxirgi unsuri - bu grafik talqindir (eksplikatsiya). Bu unsur grafikning mohiyatini, mazmunini so'z bilan ifodalanishini ta'minlaydi.
Grafik talqin grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning ba'zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqin qisqa va tushunarli bo'lishi lozim. Grafiklarni tasvirlashda ko'rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo'lishi, qisqa ifodalanishi uni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi.
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi:
1. Mazmuni yoki vazifasiga ko'ra: taqqoslovchi grafiklar, turli nisbiy miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o'zaro bog'lanishdagi ko'rsatkichlar grafiklari va boshqalar.
2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko'ra (6-rasm): nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli.
3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko'ra (7-rasm): diagrammalar; statistika xaritalari (xaritogramma va xaritodiagrammalar).
Grafik tasvirning geometric shakliga ko’ra grafiklar tasnifi(6-rasm)
Diagramma - bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bog'liq bo'lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo'llaniladi. Bunda o'rganilayotgan, tahlil qilinayotgan miqdorlar ularni tushunish, yaqqol namoyon bo'lishi qulay bo'lgan diagramma shakllari (ustunli diagrammalar, lentali diagrammalar, chiziqli diagrammalar, figurali diagrammalar, sektorli yoki doirasimon diagrammalar) orqali tasvirlanadi.
Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra grafiklar tasnifi(7-rasm)
Echilayotgan topshiriqni xususiyatiga ko'ra diagrammalar taqqoslash, tuzilmaviy, dinamika va o'zaro bog'lanishni ifodalovchi diagrammalarga bo'linadi. Grafiklarning asosiy turlariga yana gistogramma, poligon, ogiva, kushumeta va boshqalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |