Psixologiya


) Statistik grafiklarning turlari



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/5
tarix17.11.2022
ölçüsü0,53 Mb.
#69581
1   2   3   4   5
Referat. 2-must.ish. statistika 2

3) Statistik grafiklarning turlari.
Grafiklar orqali variatsion qatorlar darajalari ham tasvirlanishi mumkin. Ular asosan chiziqli diagrammalar orqali tasvirlanadi. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning glstogramma, poligon, kumulyata va ogiva deb ataluvchi turlari mavjud. Ular to'g'ri chiziqli koordinatalar tizimida ifodalanadi.
Gistogramma bu intervalli variatsion qatorlarni tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bunda intervalli belgi o'lchovlari koordinata tizimi abstsissasida, intervalli
belgining mos chastotalari (soni, vazni, salmog'i va h.k.) esa ordinata o'qida ma'lum masshtabda shkalalarda belgilanadi.
Poligon diskret variatsion qatorlarni tasvirlash uchun qo'llaniladi. Bunda diskret qator o'lchovlari abstsissa o'qida, chastotalar esa ordinata o'qida tasvirlanadi va bu nuqtalar tutashtirilib siniq chiziq hosil bo'ladi. Intervalli qatorni ham poligon orqali tasvirlash mumkin. Bunda intervalli qatorni diskret qatorga (qatorning yuqori va quyi chegarasi o'lchovlari o'rtachasi) shartli keltirish lozim.
Kumulyata egri chizig'i har bir qatorning chastotalari qo'shib borilishi - orqali chastotalar yig'indisini ifodalovchi yangi qator tuziladi va har bir qator (ham intervalli, ham diskret bo'lishi mumkin) darajalari abstsissa o'qida, yangi tuzilgan chastotalar yig'indisi ko'rinishidagi darajalar ordinata o'qida belgilanadi.
Ogiva ham kumulyata egri chizig'i ko'rinishida bo'ladi, lekin koordinata o'qlari turlicha bo'ladi. Ya'ni abstsissa o'qida chastotalar yig'indisi, ordinata o'qida esa variatsion qator darajalari ifodalanadi.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni tavsiflovchi statistik ma'lumotlarni diagrammalardan farqli statistika xaritalarida ham tasvirlash mumkin.
Statistika xaritalari grafik tasvirlash shakllaridan biri bo'lib, statistik ma'lumotlarni hududlar bo'yicha joylanishini chizmali geografik xaritalarda ifodalanishidir. Hududlar bo'yicha tasvirlash vositasi bo'lib shtrixli chiziqlar, fonli bo'yash yoki geometrik shakllar hisoblanadi.
Statistika xaritalarining ikki shakli mavjud: xaritagramma, xaritadiagramma. Xaritagramma bu sxematik geografik xarita bo'lib, xaritada tasvirlangan hududlarni ularga tegishli hodisa va jarayonlar xususiyati, sifat yoki miqdor ko'rsatkichi bo'yicha shtrixli nuqta yoki chiziqlar, turli xil ranglar orqali tasvirlashdir.
Xaritagramma fonli va nuqtali xaritagrammalarga bo`linadi. Fonli xaritagrammada hududlar ularni baholovchi darajalarga ko'ra turli ranglar orqali tasvirlanadi. Siyosiy dunyo kartasini bunga misol qilishimiz mumkin. Nuqtali xaritagrammada darajalar nuqtalarning ma'lum bir zichligi, kattaligi orqali ifodalanadi. Fonli xaritogrammalar asosan nisbiy va o'rtacha miqdorlarni ifodalashda, nuqtali xaritogrammalar esa asosan hajmli, miqdoriy ko'rsatgichlarni ifodalashda foydalaniladi.
Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat, doiraviy, chiziqli, radial va boshqa diagrammalardan foydalanilishi mumkin. Dinamika diagrammalari turini tanlash, asosan, boshlang'ich ma'lumotlar xususiyatlariga, tadqiqot maqsadlariga bog'liq. Masalan, teng bo'lmagan oraliqlardagi davrlar darajalarini o'rganish uchun ustunli, kvadratli yoki doirali diagrammalar ishlatiladi. O'zgarish sur'ati qatorida darajalar soni ko'p bo'lganda chiziqli diagrammalarni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Chiziqli diagrammalarda hodisalar o'zgarishi siniq chiziqlar orqali yaqqol ko'rinadi. Bundan tashqari, chiziqli diagrammalarni ishlatish quyidagi hollarda qulaydir: hodisalarni o'zgarish tendentsiyasi va rivojlanish darajasini tasvirlash lozim bo'lsa; bitta grafikda bir necha dinamik qatorlar ko'rsatkichlarini solishtirish maqsadida tasvirlash zarur bo'lganda; o'sish darajalarini, sur'atlarini taqqoslash uchun tasvirlash muhim hisoblansa.
Chiziqli grafiklarni tuzish uchun to'g'ri chiziqli koordinatalar tizimi qo'llaniladi. Odatda, abtsissalar o'qi bo'yicha vaqt (yillar, oylar va boshqalar), ordinatalar o'qi bo'yicha esa - tasvirlanayotgan hodisalar yoki jarayonlar miqdoriy ko'rsatkichlari joylashtiriladi. Ordinatalar o'qiga miqyoslar kiritiladi. Ularning tanlanishiga alohida e'tibor berish zarur, chunki bunga grafikning yaqqol ko'rinishi bog'liqdir. Agar abtsissalar o'qidagi shkala uchun miqyosni ordinatalar o'qidagi nmiqyosga nisbatan taqqoslash uchun uzaytirilsa, hodisalar o'zgarish sur'atidagi tebranishlar kamroq ajralib ko'rinadi va aksincha, ordinatalar o'qidagi miqyosni abtsissalar o'qidagi miqyosga nisbatan oshirish keskin o'zgarishga sabab bo'ladi. Vaqtning teng davrlari va darajalari miqyosni shkalaning teng kesimlariga muvofiq kelishi zarur.

Xulosa
Shunday qilib, xulosa qilib aytganda, statistik grafiklar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hodisalarni o'rganishda muhim statistik qurollardan biri bo'lib, ularda
o'rganilayotgan hodisa va jarayonlarning tashqi tasviri yorqin namoyon bo'ladi. Ularni insoniyat hayotida uchraydigan hodisa va jarayonlarning oynasi deb atasak xato bo'lmasa kerak.
Jadval kesimini ishlab chiqish muhim masalalardan biridir. Kesim birinchidan ega bilan uzviy bog'liqlikda o'rganiladi. Jadval o'rganish ob'ekti kesim bo'lib hisoblanmaydi. Kesimni to'g'ri va aniq tanlash bilan, uning ko'rsatkichlari yordamida ajratilgan guruhlarning xarakterini va ajratib turuvchi eng muhim belgilarini ifodalash mumkin.
Mavjud informatsiya va tekshirishning vazifasi va maqsadiga bog'liq holda kesim oddiy va murakkb kesimlarga bo'linishi mumkin. Ko'rsatkichlar birin-ketinlik bilan oddiydan murakkabga qarab joylashtirilsa, bu oddiy kesim deyiladi, agarda ular guruhlarga va guruhchalarga ajratilsa, murakkab kesim deyiladi. Maqsad va vazifasiga muvofiq u yoki bu kesimni qo'llash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar
1)https://arxiv.uz/uz/documents/referatlar/iqtisodiyot/statistik-jadvallar-va-grafiklar
2)https://staff.tiiame.uz/storage/users/58/presentations/5G31jGSM0zvSWRIaL68WhTdV40kHSYwRViM8TQMW.pdf
3)Statistika(Toshkent moliya institute) darslik.
Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin