184
tomonidan tanlangan yo’lning kutilayotgan natijaga erishishiga va ehtiyojining
qondirilishga mumkinligiga ishonishi lozim.
Ko’tishlarni, ma’lum bir voqyea sodir bo’lishi ehtimoliga tadbirkor
shaxsi tomonidan beriladigan baho sifatida ko’rish mumkin. Mehnatga
motivasiyaning tahlilida ko’tishlar nazariyasi uchta o’zaro bog’liqlikni
tavsiflaydi: mehnat xarajatlari –
natija, natija –
rag’batlantirish va
valentlik
(rag’batlantirish bilan qoniqishlik)
.
Muallifning fikricha, mehnatga bo’lgan xarajat va qo’lga kiritilgan natija
(X-N) o’rtasidagi ko’tish – bu sarf qilingan g’ayrat bilan olingan natija orasidagi
munosabatdir. Masalan, tadbirkor, har kungiga nisbatan 10 ta odamga ko’p
telefon qilish natijasida, sotuvlar hajmi 15 foizga oshishini kutadi.
Yana muallif yozadiki, natija bilan rag’batlantirish (N-R) munosabatlari
orasidagi ko’tishlar – bu tadbirkor qo’lga kiritgan
natijasiga javoban jamiyat
tomonidan beriladigan rag’batlantirishni ko’tishdir. Masalan, tadbirkor 15
foizga sotuv hajmini oshirish natijasida 10 foiz qo’shimcha daromad
qo’shilishini yoki tadbirkorlar palatasiga a’zo qilinishini kutadi.
Ko’tishlar nazariyasida motivasiyani aniqlovchi uchinchi omil – bu
valentlik yoki rag’batlantirishning qimmatliligi. Valentlik – bu ma’lum bir
rag’batlantirishlar olish natijasida, insonda nisbiy qoniqish yoki qoniqmaslik
darajasidir. Turli odamlarda rag’batlantirishlarga ehtiyoj turli xil bo’lganligi
uchun biror-bir odamga to’g’ri kelgani, ikkinchi bir odamga to’g’ri kelmasligi
mumkin. Masalan, menejer o’z ishini judayam a’lo bajarishi natijasida, uning
oylik maoshi bir muncha oshiriladi,
vaholanki, menejer oyligini oshishini
emas, balki lavozim bo’yicha ko’tarilishini yoki rahbariyat uni yanada hurmat
qilishini istashi mumkin. Bunday hollarda esa bu kutilgan natijalarga olib
kelmasligi mumkin.
Demak, tadbirkor uchun yuqoridagi motivasiyani belgilovchi uchta
omildan birontasi past bo’lsa, unda motivasiya ham past bo’ladi va mehnat
natijalari ham qoniqarli bo’lmaydi.
Adolatlilik nazariyasi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun odamlar qanday
qilib o’z kuchlarini taqsimlashi va yo’naltirishi to’g’risidagi boshqa bir
tushuntirishni adolatlilik nazariyasi beradi. Adolatlilik nazariyasi bo’yicha,
tadbirkor olgan manfaatlarini sarf qilgan kuchlariga
munosabatini subyektiv
tarzda aniqlashadi va xuddi shunday ish bajarayotgan boshqa tadbirkorlarni
olgan manfaatlari bilan taqqoslashadi. Agarda taqqoslash nomutanosiblikni
yoki tengsizlikni ko’rsatsa, ya’ni kasbdoshini xuddi shunday ishi uchun ko’proq
manfaat olgan, deb hisoblasa, unda psixologik stresslar paydo bo’ladi.
Natijada, tadbirkor tenglikni yoki adolatlilik hissiyotini, sarf qilayotgan
kuch-g’ayratini kamaytirish va olayotgan daromad miqdorini o’zgartirish orqali
to’g’rilashi mumkin bo’ladi. H. R. Arkes, Y. P. Garske olib borgan
tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qachonki tadbirkor
kam daromad topayapman,
deb hisoblasa, ish intensivligini kamaytiradi. Agarda teskarisi, ya’ni ko’p
daromad topayapman, deb hisoblasa, o’z faoliyatini va xulqini o’zgartirishga
unchalik moyillik bildirmaydi.
Portyer-Louler (Porter-Lawler) modeli
185
Portyer-Loulerlar ko’tishlar va adolatlilik nazariyalarini o’z ichiga
oluvchi, motivasiyaning jamlanma jarayoniy nazariyasini
yaratishadi Ularning
modellarida beshta asosiy ko’rsatkich mavjud: sarf qilingan mehnat, qaror
qabo’l qilish, olingan natijalar, rag’batlantirish, qoniqqanlik darajasi.
Portyer-Louler modeliga binoan natijalar samarasi tadbirkor tomonidan
sarf qilingan mehnatiga, uning
qobiliyatiga va xarakteriga, shuningdek,
o’zining rolini tushuna olishiga bog’liq. Qilinadigan mehnat darajasi,
rag’batlantirish qiymati va sarf qilingan mehnatning aynan shu darajasi,
haqiqatda o’z orqasidan ma’lum bir rag’batlantirishlar olib kelishiga ishonch
tuyg’usiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari,
Portyer-Louler modelida
rag’batlantirish va natijalar orasidagi bog’liqlik belgilanadi, ya’ni tadbirkor o’z
ehtiyojlarini erishgan natijalariga beriladigan rag’batlar orqali qondiradi.
Portyer-Louler modeliga binoan tadbirkor erishgan natijalar uchta
ko’rsatkichga bog’liq bo’ladi:
sarf qilingan mehnat, inson qobiliyati va
xarakteri, shuningdek, sarf qilingan mehnat bilan daromad orasidagi
bog’liqlikni borligiga
ishonch.
Portyer-Louler larning asosiy xulosalaridan biri shundan iboratki,
natijaviy mehnat qoniqishga olib keladi. Bu esa ko’pchilik
tadbirkorlarning
motivasiya haqidagi fikriga to’g’ridan to’g’ri qarama-qarshidir. Ular insoniy
munosabatlarning eski nazariyalari ta’siri ostidalar, ya’ni qoniqish mehnatning
yuqori natijalarga erishishiga olib keladi, yoki boshqacha qilib aytganda,
mamnun ishchi yaxshiroq ishlaydi, deb o’ylashadi. Porter va Lawler esa,
aksincha, bajarilgan ish tuyg’usi qoniqishga olib keladi va shunga ko’ra
samaradorlik ham oshadi, deb hisoblashadi.
Bu borada
amalga oshirilgan tadqiqotlar, Portyer-Loulerlarning, yuqori
natijaviylik to’liq qoniqish natijasi bo’lmasdan, balki uning sababi bo’lib keladi,
degan nuqtai nazarini tasdiqlaydi.
D. O. Gebb (D. O. Hebb) ning fikricha, ishlab chiqarishdagi motivasiya,
asosan, tadbirkor faoliyati sifatini ko’tarish maqsadida, faoliyatni qo’llab-
quvvatlash va uni yo’naltirish kabi harakatlar bilan uzviy bog’liq jarayondir.
8
Dostları ilə paylaş: