51
o’qituvchining hikoyasi, o’quvchining kenggaytirilgan javobi, ma’ro’za va shu
kabilar kiradi.
Dialog nutqda til qoidalariga unchalik rioya qilinmasa ham suhbatdoshlar
bir–birlarini tushunaveradilar.
Yozma nutq insoniyat tarixida og’zaki
nutqdan ancha keyin paydo
bo’lgan. Yozuv tufayli odamlar to’plangan tajribalarni avloddan-avlodga
to’lasicha yetkazish imkoni tug’ildi. Bordi-yu bu tajribalar og’zaki nutq tarzida
o’tkazilganda bo’zilishi, o’zgarishi, hatto yo’kolib ketishi mumkin edi.
Masalan, bobokolonimiz Imom al-Buxoriy tomonidan «Hadis»larni yozma
to’plashga o’tilganligi.
Yozma nutq ham dialog va monolog shakllarida uchraydi. Nutqning
nerv – fiziologik mexanizmini eshitish va harakat analizatorlari tashkil etadi.
Chunki axborotni qabul qilish va uni boshqalarga berish
uchun avvalo eshitish
analizatorlari yaxshi ishlashi kerak. Gapirayotganda esa o’pka, og’iz
muskullari faol harakatga keladi. Ayniqsa, artikulyasion apparat yaxshi ishlashi
kerak. Buning faoliyatisiz birorta harf yoki so’z hosil bo’lmaydi. Nutqning
nerv–fiziologik mexanizmlarini bosh miyadagi nutq markazlari ham tashkil
etadi. Olimlarning, ayniqsa, A. R. Luriyaning tajribalari shuni ko’rsatadiki,
bosh miyadagi
nutq markazlari ishdan chiqsa, nutqni tushunish yoki nutq
so’zlash birdaniga izdan chiqar ekan. Biz o’zaro muloqotda til, nutqning
o’zidangina
foydalanib qolmasdan, balki qo’l, barmoq va yuz harakatlari,
imo–ishora, ohang, pao’za, kulgu, ko’z yoshi qilish va shu kabilardan ham
foydalanamiz. Bular og’zaki kommunikasiya vositalari – so’zlarni to’ldiruvchi
va kuchaytiruvchi, ba’zan esa o’rnini bosuvchi belgilar tizimini tashkil etadi.
Eng muhimi, kishi nutqni tarbiyalash bo’yicha oldiga aniq maqsad
qo’yishi va ana shu maqsad asosida qat’iy mashqlar olib borishi lozim.
Masalan, kishi adabiy tilda so’zlashga o’rganishni o’z
oldiga maqsad qilib
qo’ygan bo’lsa, faqat dars paytidagi javoblaridagina emas, har qanday
sharoitda, har bir kishi bilan bo’lgan muloqotda ham o’zini gaplarini nazorat
qilib borishi, shevachilikka yo’l qo’ymasligi lozim. O’z–o’zini
nazorat qilish
bo’lmasa kishi Hech qachon nutq madaniyatini, muomala madaniyatini egallay
olmaydi, u notiq bo’la olmaydi.
Dostları ilə paylaş: