59
tadqiqotlarda yuqori malakali mutaxasislarning 68,6%
i boshqaruvning
demokratik uslubini ma’qullagan bo‘lsalar, past malakalilarning 22,7% -
direktiv uslubni, 8,7% esa erkin boshqaruv uslubini ma’qullab javob berganlar.
Bundan tashqari, o‘sha tadqiqotlarda ma’lum bo‘ldiki, rahbarlarning
o‘zlari ham muttasil ravishda u yoki bu boshqaruv uslubini amalda ko‘rsatishlari
31-45% holatlarda ro‘y berar, qolganlari esa ish jarayonida
turlicha boshqaruv
uslublarini aralash qo‘llar ekanlar. SHunisi xarakterliki, yuqori lavozimlarga
ko‘tarilgan sari, ana shunday aralash uslublarni qo‘llovchilar
soni ortib
borarkan. Pastroq lavozimda faqat demokratik boshqaruv tarafdori bo‘lgan
odam, vazir yoki shunga o‘xshash yuqori lavozimda endi avtoritarlilikni ham,
erkinlikni ham, kollegial qarorlar chiqarish siyosatini ham uyg‘unlashtirib olib
ketishi mumkin ekan.
Boshqaruv sohasiga kadrlar tanlashda eng avvalo da’vogarning shaxsiy
sifatlariga va faoliyat motivatsiyasiga e’tibor berish lozim. Masalan, moliyaviy
boshqaruv sohasiga rahbarlarni tanlash uchun zarur bo‘lgan psixologik sifatlarni
aniqlash bo‘yicha ko‘rsatmalar mazkur ma’ruzalar
matnining ilova qismida
keltirilgan.
YUqorida qayd etilgan rahbar shaxsining turli qirralarini aniqlovchi
psixodiagnostik metodikalar ko‘plab mavjud va ulardan ayrimlarini amaliy
mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.
SHuning uchun ham rahbarlik sifatlari xaqida gap ketganda, shaxsning bir
qator bilimdonliklari nazarda tutiladi.
1.
Professional bilimdonlik - o‘zi boshqarayotgan soha faoliyatini
mukammal yo‘lga quyish uchun o‘sha faoliyat borasida to‘la ma’lumotlar, bilim
va malakalarga ega bo‘lishlikdir.
2.
Uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko‘nikmalari,
turli loyixalar xususidagi ma’lumotlar, topshiriqlarni tez, to‘g‘ri
va tushunarli
tarzda xodimlarga etkaza olish qobiliyati.
3. Ijtimoiy psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash,
ular bilan til
topisha olish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qila olish,
o‘zidagi liderlik sifatlarini to‘la namoyon eta bilish qobiliyati.
Bu tushuncha
ko‘pincha “
kommunikativ bilimdonlik” tushunchasi bilan sinonim sifatida ham
ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: