13
2 -MAVZU:
PSIXIKA VA ONGNING TARAQQIYOTI.
Aniqlashtirilgan
o’quv
maqsadlari.
Talaba
bu
mavzuni
to’la
o’zlashtirgandan so’ng:
- Psixikaning ner nerv-fiziologik asoslarini biladi;
- Ongning ahamiyatini tushuntiradi;
- Tropizm turlarini sanaydi;
- Psihika va ong o’rtasidagi farqlarni tushuntiradi;
- Sinkveyn (ma’lumotlarni yig’ish) strategiyasini qo’llaydi.
Tayanch so’z va iboralar:
psixika, ong, tropizm, seskanuvchanlik, instinktlar, bilish, ko’nikmalar,
hayvonlarning
intellektual
harakatlari,
psixikaning
nerv-fiziologik
asoslari,psixik jarayonlar, psixik holatlar, psixik funksiyalar, psixik xodisalar.
Asosiy savollar
:
1.
Psixika va uning taraqqiyoti.
2.
Psixika va ong.
3.
Psixikaning nerv-fiziologik asoslari
1. Psixika va uning taraqqiyoti.
Psixik jarayonlar miyaning alohida xossasi bo’lib,
faqat miyaning
faoliyatiga bog’liq xolda ruy beradi. Odam bosh miyasi yuksak darajada tashkil
topgan materiya bo’lib, psixika esa ana shu materiyaning mahsuli, uning
funksiyasidir. Psixika va ong birdaniga paydo bo’lmagan,
balki uzoq tarixiy
evolyutsiya natijasida shakllanib, o’sib, takomillashib borgan. Dastlab yerda
hayot paydo bo’lganda bir xo’jayrali hayvonlar vujudga kelgan. Ularga psixik
prosesslardan seskanuvchanlik xos bo’lgan. Sekin –
asta uzoq evolyutsiya
natijasida hayvonlarning takomillashib borishi natijasida ularning nerv sistemasi
va bosh miyasi ham o’sgan. Miyaning rivojlanishi esa turli psixik prosesslarni
vujudga keltirgan.
Psixikaning paydo bo’lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan
tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz
anorganik materiyadan tortib, to
materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy
olamning umumiy xususiyati bo’lmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni
ta’sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish
shakllari materiyaning
yashash shakllariga bog’liqdir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning
o’zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo’lishi
mumkin. Masalan, suvning daryo qirg’oqlarini, qoyalarni yuvishi va yemirishi,
quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi). Tirik materiyaga o’tishda
harakatning shakllari sifat jihatdan o’zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning
biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik
aks ettirish paydo bo’ladi. Materiyaning evolsiyasida
jonsiz materiyadan jonli
materiyaga o’tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar. Shular orasidan
akademik A. I. Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani kursatib o’tish
14
mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2
milliard yillar
muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda
fotoximik reaksiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo’lgan.
Oqibatda
koaservatlar
deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo’lgan.
Koaservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyasiya va dissimilyasiya
jarayonlari paydo bo’lgan. Koaservatlar tashqi muhitdagi "ozuqa"
moddalarni
tanlab o’zlashtirganlar. Ular yashash uchun zarur bo’lgan (biotik) moddalarga
ma’lum darajada
Dostları ilə paylaş: