O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik tarqatma materiallar 1. Psixologiya so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar iboralar
keladi. Bunda biz aqliy xujum usulini qo’llaymiz.
Aqliy xujum - g’oyalarni
generasiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy xujum» metodi biror
muammoni yechishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va
mulohazalarni to’plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng
samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud.
“Aqliy xujum” ishtirokchilari oldiga qo’yilgan muammo bo’yicha har qanday
muloxaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib boriladi va
ularning mualliflari o’z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega
bo’ladi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va xujum
davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy xujum
tugagach, muhimlik jixatiga ko’ra eng yaxshi takliflar generasiyalanadi va
muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
2. Psixologiyaning predmeti, inson hayoti va faoliyatidagi ahamiyati
haqidagi fikrlar munozarasini «3x4» pedagogik texnologiya asosida tashkil
etish uchun guruh 4ta kichik guruhlarga bo’linadi. Har bir gurux uchun bir
varaq qog’oz olinib, unga psixologiyaning predmeti, inson hayoti va
faoliyatidagi ahamiyati haqidagi 3 tadan guruh fikrini yozishini hamda, bu
fikrlar yozilgan qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga
o’zatish taklif etiladi. Keyingi guruh esa yana bu haqda uchta fikr bilan
to’ldirishi va keyingi guruhga o’zatishi lozim. Shu tarzda davom etib, har bir
qog’ozda 12 tadan fikrlar mujassam bo’lgach, guruxlar bu fikrlarni tahlil etib,
guruxning bir umumlashtirilgan fikrini bildirishlari talab etiladi.
3. Klaster (tarmoqlash) pedagogik texnologiyasi asosida psixologiyaning
tarmoqlari sanab o’tiladi. Bu pedagogik texnologiyada talabalarga bir varaq
qog’oz olib uning o’rtasiga psixologiyaning tarmoqlari deb yozish va uning
atrofiga tarmoqlarning nomlarini, so’ngra psixologiya tarmoqlarining kichik
tarmoqchalarini yozish taklif etiladi. Ushbu pedagogik texnologiya o’tilgan
mavzuni mustahkamlash, yaxshi o’zlashtirish va mavzu bo’yicha
tassavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
4. Psixologiyaning amaliy o’rganish metodlari. Kichik guruhlarda
ishlash uchun guruh 5 ta kichik guruhga bo’linada va ularga quyidagi tarqatma
materiallar berilib, ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi.