153
Real (to’g’ri) o’z-o’ziga baho
shaxsni o’rab turganlar — ota-ona, yaqin
qarindoshlar, pedagog va murabbiylar, qo’ni-qo’shni va yaqinlarning o’rinli va
asosli baholari, real samimiy munosabatlari mahsuli bo’lib, shaxs ushbu
munosabatlarni ilk yoshligidanoq xolis qabo’l qilishga, o’z vaqtida kerak bo’lsa
to’g’rilashga o’rgatilgan bo’ladi. Bunda shaxs uchun etalon, ibratli hisoblangan
insonlar guruhi — referent guruhning roli katta bo’ladi. Chunki biz kundalik
hayotda hammaning fikri va bahosiga quloq solavermaymiz, biz uchun shunday
insonlar mavjudki, ularning hattoki, oddiygina tanbehlari, maslahatlari,
hattoki, maqtab turib bergan tanbehlari ham katta ahamiyatga ega. Bunday
referent guruh real mavjud bo’lishi (masalan, ota-ona, o’qituvchi, ustoz, yaqin
do’stlar), yoki noreal, hayoliy (kitob qahramonlari, sevimli aktyorlar, ideal)
bo’lishi mumkin. Shuning uchun yoshlar tarbiyasida yoki real jamoadagi
odamlarga maqsadga muvofiq ta’sir yoki tazyiq ko’rsatish kerak bo’lsa,
ularning etalon, referent guruhini aniqlash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo’ladi.
O’z-o’ziga bahoning past bo’lishi
ko’pincha atrofdagilarning shaxsga
nisbatan qo’yayotgan talablarining o’ta ortiqligi, ularni uddalay olmaslik, turli
xil e’tirozlarning doimiy tarzda bildirilishi, ishda, o’qishda va muomala
jarayonidagi muvaffaqiyatsizliklar oqibatida hosil bo’lishi mumkin. Bunday
o’smir yoki katta odam ham, doimo tushkunlik holatiga tushib qolishi,
atrofdagilardan chetroqda yurishga harakat qilishi, o’zining kuchi va
qobiliyatlariga ishonchsizlik kayfiyatida bo’lishi bilan ajralib turadi va bora-bora
shaxsda qator salbiy sifatlar va hatti-harakatlarning paydo bo’lishiga olib keladi.
Hattoki, bunday holat suisidal harakatlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish, real
borligidan «qochishga» intilish psixologiyasini ham keltirib chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: