149
Mashg’ulot uchun zaruriy uslubiy tavsiyalar va o’quv didaktik
tarqatma materiallar
1. Shaxs so’zini eshitganingizda fikringizga qanday so’zlar, iboralar keladi.
(Aqliy xujum)
2. Shaxsning tuzilishini o’rganish, bu haqida olingan ma’lumotlarni
mustahkamlash va ushbu masala bo’yicha talabalar o’zlashtirishi
saviyasini
aniqlash uchun «Charxpalak» pedagogik texnologiyasini qo’llash mumkin.
Buning uchun guruh 3 ta kichik guruhga bo’linadi. Xar bir guruhga oldindan
tayyorlangan quyidagi didaktik tarqatma material beriladi.
Uning yuqori
qismiga chap tomonga guruh nomeri yoki shartli nomi, o’ng
tomonga guruh
a’zoloari belgilash uchun tanlagan belgi qo’yilishi va guruh muhokama qilib,
jadvalning chap qismidagi 2 ustunda ifodalangan
shaxs xususiyatlari qaysi
tarkibiy qismga mos kelishini belgilash taklif etiladi. Bu belgilar qo’yilgan
qog’ozni (soat strelkasi yo’nalishi bo’yicha) keyingi guruhlarga uzatish taklif
etiladi. Keyingi guruh esa yana guruh fikri bo’yicha
tegishli belgilar bilan
to’ldirishi va keyingi guruhga uzatishi lozim. Shu tarzda davom etib,
guruxlar
fikrlari belgilangan qog’ozlar charxpalak singari guruhlar orasida aylanib
bo’lgach, natijalar muhokamasi tashkil etiladi.
Bunda jadvalning chap
qismidagi 2 ustunda ifodalangan shaxs xususiyatlari qaysi tarkibiy qismga mos
kelishi bo’yicha belgilashlarda qanday bandlarda farqlar mavjud bo’lsa, shu
banddagi shaxs xususiyatlari qaysi tarkibiy qismga mansubligi muhokama etilib,
umumiy bir to’gri xulosaga kelinadi.
«Charxpalak» pedagogik texnologiyasini qo’llash uchun didaktik tarqatma
material
Quyidagi shaxs xususiyatlari qaysi tarkibiy qismga mos keladi?
Dostları ilə paylaş: