"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

 
 
 
 


171 
Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
G. Ayznekning temperamentni aniqlash testi 
Quyida tavsiya qilinayotgan test orqali kishilar o’zlarining va 
boshqalarning temperament xususiyatlarini aniqlashlari mumkin. Bu uslub G. 
Ayznek tomonidan ishlab chiqilgan va mualliflar tomonidan o’zbek tiliga 
tarjima qilinib, mahalliy sharoitga moslashtirilgan.
O’rganishni tashkil qilish uchun sinaluvchiga javoblar yoziladigan 
qog’oz, savollarga qanday javob berish bo’yicha ko’rsatma va savollar matni 
beriladi.
Sinaluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi: 
Quydagi testda kishining hatti-harakatlari xususiyatlarini ifodalaydigan 
savollar berilgan. Har bir savolga «ha» yoki «yuq» deb javob berishga harakat 
qiling. Agar javobingiz «ha» degan mazmunga ega bo’lsa, «+», «yuq» degan 
mazmunga esa «-» belgisini savol nomerining qarshisiga maxsus javob 
qog’oziga belgilang. Savollarga tez, ko’p o’ylamay javob berishga harakat 
qiling. Chunki sizni birinchi fikringizga kelgan javob ko’proq xarakterlaydiyu 
bunda hama savollarga javob berish zarur.
Test quyidagi savollarni o’z ichiga oladi: 
1. O’zingizni atrofingizda ko’plab kishilar bo’lishini, hushchaqchaqlik 
qilishni va shovqinni yoqtirasizmi ? 
2. Siz ko’pincha sizni qo’llab-quvvatlashi mumkin bo’lgan do’stlarga 
ehtiyoj sezasizmi ? 
3. Sizdan biror narsani so’raganda, hama vaqt tezda javob topa olasizmi ? 
4. Sizg biror narsadan jahlingiz chiqish uchrab turadimi ? 
5. Sizning kayfiyatingiz tez-tez o’zgarib turadimi ? 
6. Sixga kitob o’qish, bolalar bilan birga bo’lishdan ko’ra yoqimliroq,
shundaymi ? 
7. Xar xil hayollar, fikrlar sizga tez-tez uxlashga halaqit beradimi ? 
8. Siz hamisha bir ishni qanday aytgan, topshirgan bo’lsa shunday 
bajarasizmi ? 
9. Biror kishining ustidan kulishni, hazillashishni, jig’iga tegishni 
yoqtirasizmi? 
10. Siz qachonlar o’zingizni baxtosiz his qilganmisiz, aslida buning uchun 
sabab bo’lmagan bo’lsa ham ? 
11. Siz o’zingizni xushchaqchaq, jo’shqin kishi deb hisoblaysizmi ? 
12. Siz qachondir maktabda tartib-intizomni buzganmisiz ? 
13. Sizning tez-tez biror narsaga jahlingiz chiqib turadi, shu tqg’rimi? 
14. Sizga hama ishlarni tez (tempda) bajarish yoqadimi ? (Agar asta-sekin,
shoshmasdan bajarish yoqsa «yo’q» degan javob tanlaysiz).
15. Hammasi yahshilik bilan tugagan, lekin yomon oqibatlarga olib kelishi 
mumkin bo’lgan voqyealar to’g’risida uylanish, bezovta bo’lasizmi ? 
16. Sizga har qanday sirni ishonib aytsa bo’ladimi ? 
17. Zerikarli davrani bemalol qizdira, jonlatira olasizmi ?


172 
18. Sizda ma’lum bir jiddiy sababsiz hayajonlanish, yuragingiz tez-tez 
urishi bo’lib turadimi ? 
19. Biror kishi bilan do’stlashish uchun odatda birinchi tashabbus 
ko’rsatasizmi ? 
20. Siz qachondir yolg’on gapirganmisiz ? 
21. Sizni yoki ishingizni tanqid qilganda osonlikcha xafa bo’lasizmi ? 
22. Siz ko’pincha do’stlaringiz bilan hazillashib, kulgili voqyealarni hikoya 
qilasizmi ? 
23. Siz ko’pincha o’zingizni charchoq xis qilasizmi ? 
24. Siz hamisha avval uyga berilgan darsni tayyorlab, keyin boshqa 
ishlaringizni qilasizmi ? 
25. Siz odatda xushchaqchaqmisiz ? 
26. Siz har narsaga xafa bo’lasizmi ? 
27. Siz boshqalar, tengdoshlaringiz bilan gaplashishni, bo’sh vaqtlarni 
birga o’tkazishni yoqtirasizmi ? 
28. Oila a’zolaringizning xo’jalik, uy ishlariga yordam berish to’g’risidagi 
iltimoslarini hamma vaqt ham bajarasizmi ? 
29. Sizda boshingiz aylanishi uchrab turadimi ? 
30. Sizning xatti-harakatlaringiz boshqa kishilarni noqulay ahvolga solib 
qo’yadigan vaziyatlar uchrab turadimi ? 
31. Sizga tez-tez hamma narsa joningizga tegib ketganday bo’lib tuyuladimi 

32. Maqtanishni yoqtirasizmi ? 
33. Notanish kishilar davrasiga tushib qolganingizda ko’pincha jim 
o’tirasiz, shundaymi ? 
34. Ba’zan shunday hayajonlanasizki, bir joyda o’tirishingiz qiyin bo’lib 
qoladi, shundaymi ? 
35. Siz odatda tez bir qarorga kelasizmi ? 
36. Sinfda Hech shovqin qilmaysizimi, hatto sinfda o’qituvchi bo’lmasa 
ham? 
37. Siz tez-tez qo’rqinchli tushlar ko’rasizmi ? 
38. Siz o’z his-tuyg’ularingizga erk berib, do’stlaringizga erk berib,
do’stlaringiz davrasida xushchaqchaqlik qila olasizmi ? 
39. Sizni xafa qilish, ko’nglingizni ranjitish osonmi ? 
40. Biror kishi to’g’risida, uni yomonlab gapirganmisiz ? 
41. Siz odatda unchalik ham ko’p o’ylanib o’tirmay tez gapirib, tez harakat 
qilasiz, to’g’rimi ? 
42. Agar siz kishilar oldida noqulay ahvolda qolsangiz, ancha vaqt 
o’ylanib, ruhan qiynalib yurasizmi ? 
43. Sizga quvnoq o’yinlar juda yoqadimi ? 
44. Siz hamisha ovqat qanday tayyorlangan bo’lsa, shuni iste’mol 
qilaverasizmi ? 
45. Kimdir biror narsani so’rasa yoki biror ishni bajarishni iltimos qilsa 
«yo’q» deb javob berishga qiynalasizmi ? 
46. Tez-tez mexmonga borishni yoqtirasizmi ? 


173 
47. Hayotdan norozi bo’lish, umuman yashagingiz kelmay qoladigan 
vaqtlar bo’ladimi? 
48. Siz qachondir ota-onangizga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lganmisiz 

49. Tengdoshlaringiz sizni xushchaqchaq va serg’ayrat kishi deb 
hisoblashadimi ? 
50. Siz dars tayyorlayotganda tez-tez boshqa narsalarga chalg’iysizmi,
boshqa ishlarga ovunasizmi ? 
51. Siz o’yin, ishlarda qatnashishdan ko’ra, kuzatib, qarab o’tirishni 
yoqtirasizmi ? 
52. Sizni odatda har xil o’y, fikrlar qiynaydimi ? 
53. Bajarishingiz kerak bo’lgan ishni, uddalay olishingizga ishonchingiz 
komil bo’ladimi, ya’ni aniq ishonch bilan kirishasizmi ? 
54. Siz o’zingizni yolg’iz xis qilasizmi ? 
55. Siz notanish kishi bilan suhbatga kirishishdan tortinasizmi ? 
56. Siz ko’pincha biror-bir ish yoki holatni to’g’rilashga kech bo’lgandan 
keyin kirishib, harakat qilasizmi ? 
57. Sizga kimdir tengdoshlaringizdan baqirsa, siz ham baqirish bilan javob 
qaytarasizmi ? 
58. Sizdan ba’zan biror-bir sababsiz o’zingizni xushchaqchaq yoki g’amgin 
his qilish uchrab turadimi ? 
59. Siz har xil ko’ngilxushlik, xursandchilik davralaridan xaqiqiy qoniqish 
va qanoatlanish olish qiyin deb hisoblaysizmi ? 
60. Ko’pincha biror ishni o’ylamay qilib qo’yganingizdan keyin bezovta 
bo’lish, o’ylab ziq bo’lishga to’g’ri keladimi ? 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin