71
Ishni reja asosida olib borish tamoyili.
Bu tamoyil korxonadan tortib
davlat darajasigacha hamma ishlar reja asosida olib borilishini nazarda tutadi.
Har
qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning
ham imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Bu holat rejalash
jara-yonida inobatga
olinishi shart. Rejalangan mablag’larning rejalanmagan ishlarga yo’naltirilishi
ajratilgan mablag’larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar,
qurilishlarning ko’payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni to’zishiga olib
keladi. Ishni reja asosida olib borish tamoyiliga qat’iy
rioya qilish amaliyotda
katta ahamiyatga ega.
Xo’jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili.
Bu tamoyil
kerakli ashyoviy boyliklarni yuqori sifatda ishlab chiqarish, ko’rsatilgan yuqori
sifatli har qanday xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar mi-nimum bo’lishi
to’g’risida fikr yurgizadi.Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan har bir ishchi
(xodim) daromadining maksimal bo’lishi tarafdoridir.
Bu esa ishlab chiqarish jarayonida bo’layotgan
sarf-xarajatlarni,
chunonchi ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan chiqindilarni, yonilg’i, xom ashyo,
issiqlik, elektroenergiya, suv va hokazolarni iqtisod qilishga da’vat qiladi.
Ishlab chiqarishda bo’lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish ishchi (xodim)
laming oladigan ish xaqini, olinadigan mukofotlarni, ijtimoiy rivojlanish, ishlab
chiqarishni rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarmi qo’llash uchun kerak
bo’lgan mablagiarni
oshirishga olib keladi, ya’ni korxonaning samaradorligini
oshiradi.
Xo’jalikni maqbul olib borish deganda,
ishlab chiqarishda va bosh-
qarishda zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qo’llash ko’zda tutiladi. Masalan,
ishlab chiqarishda, boshqarishda yangi texnologiyalar,
iqti-sodiy-matematik
modellashni, hisoblash texnika vositalarini, avtomat-lashtirilgan ishchi joylarini
tatbiq qilish ko’zda tutiladi.
Zamonaviy boshliq o’zining ish jarayonida xo’jalikni samarali va
maqbul olib borish tamoyiliga amal qilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: