"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

sifatini 
oshirish 
tufayli 
oldindan 
pul 
to’lash 
usullarini, korxonada 
esa 
avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlarini yaratish, kompyuterli tizimlar joriy qilish 
kabi tadbirlarni amalga oshirish orqali erishish mumkin. 
 
3. Boshqarish tamoyillari
Boshqarish tamoyillari 
deganda ma’lum bir ijtimoiy -iqtisodiy 
sharoitlarda, boshqaruv amaliyotida ishlatiladigan asosiy qoidalar, yo’l-yo’riq 
ko’rsatuvchi tartib intizomlar, ahloqiy me’yorlarni tushunamiz.Boshqarish 
tamoyillari bir nechta bo’lib, ba’zi birlarini keltirishni o’zimizga o’rinli deb 
bildik. 


71 
Ishni reja asosida olib borish tamoyili.
Bu tamoyil korxonadan tortib 
davlat darajasigacha hamma ishlar reja asosida olib borilishini nazarda tutadi. 
Har qanday korxona, tarmoq va vaholanki, eng rivojlangan davlatning 
ham imkoniyatlari cheklangan bo’ladi. Bu holat rejalash jara-yonida inobatga 
olinishi shart. Rejalangan mablag’larning rejalanmagan ishlarga yo’naltirilishi 
ajratilgan mablag’larning samaradorligini pasa-yishiga, chala ishlar, 
qurilishlarning ko’payishiga, ajratilgan kuch va imkoniyatlarni to’zishiga olib 
keladi. Ishni reja asosida olib borish tamoyiliga qat’iy rioya qilish amaliyotda 
katta ahamiyatga ega. 
Xo’jalikni samarali va maqbul olib borish tamoyili. 
Bu tamoyil 
kerakli ashyoviy boyliklarni yuqori sifatda ishlab chiqarish, ko’rsatilgan yuqori 
sifatli har qanday xizmatlar uchun qilingan sarf-xarajatlar mi-nimum bo’lishi 
to’g’risida fikr yurgizadi.Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan har bir ishchi 
(xodim) daromadining maksimal bo’lishi tarafdoridir. 
Bu esa ishlab chiqarish jarayonida bo’layotgan sarf-xarajatlarni, 
chunonchi ishlab chiqarishda mavjud bo’lgan chiqindilarni, yonilg’i, xom ashyo, 
issiqlik, elektroenergiya, suv va hokazolarni iqtisod qilishga da’vat qiladi. 
Ishlab chiqarishda bo’lgan sarf-xarajatlarni kamaytirish ishchi (xodim) 
laming oladigan ish xaqini, olinadigan mukofotlarni, ijtimoiy rivojlanish, ishlab 
chiqarishni rivojlantirish, fan va texnika yutuqlarmi qo’llash uchun kerak 
bo’lgan mablagiarni oshirishga olib keladi, ya’ni korxonaning samaradorligini 
oshiradi. 
Xo’jalikni maqbul olib borish deganda, ishlab chiqarishda va bosh-
qarishda zamonaviy fan va texnika yutuqlarini qo’llash ko’zda tutiladi. Masalan, 
ishlab chiqarishda, boshqarishda yangi texnologiyalar, iqti-sodiy-matematik 
modellashni, hisoblash texnika vositalarini, avtomat-lashtirilgan ishchi joylarini 
tatbiq qilish ko’zda tutiladi. 
Zamonaviy boshliq o’zining ish jarayonida xo’jalikni samarali va 
maqbul olib borish tamoyiliga amal qilishi kerak. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin