72
Bu tadbirlar korxonaning texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarini ilg’or
(raqobatdosh) korxonalar darajasigacha ko’tarish imkoniyatini beradi.
Shuning uchun ham bu tamoyilga amal qilish boshqarish ama-liyotida
birinchi navbatda yechiladigan masalalarni aniqlash orqali iqtisodiyotni
(korxonani) samarali boshqarish imkoniyatini beradi.
Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyligi tamoyili.
Ish
faoliyatida rahbar odamda ko’p masalalar bo’yicha har xil qarorlar qabul
qilishga to’g’ri keladi. Boshqarish sohasida qabul
qilingan qarorlardan kelgan
foydadan kimlar manfaatdor bo’lishiga qarab, ular obyektiv va subyektiv
bo’lishlari mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab chiqarish va davlatni
ko’zda tutsa obyektiv, subyektiv, ya’ni qaror qabul qiluvchi shaxsning
manfaatlarini ko’zda tutsa subyektiv qarorlar bo’ladi. Ko’pincha qabul qilingan
qarorlarda subyektivlik ancha foizni tashkil qiladi.Bunday holatlar ko’pincha
rahbar yoki qaror qabul qiluvchi shaxs jamoaning bir nechta xodimlari bilan
qarama - qarshi (konflikt) holatda boisa sodir bo’ladi.
Ikkala tomon ham o’ch olish niyatida masalani salbiy hal qilishga
harakat qiladi. Bunday
sharoit esa ishlab chiqarishga, jamoaga va pirovardida
davlatga katta ziyon keltirishi mumkin. Yoki yana bir holat: korxonadagi ikki
yoki undan ko’proq shaxslar (tanish-bilishlar, qarindoshlar) o’zaro kelishib,
qonuniy echimi bo’lmagan masalani ijobiy hal qilishlari mumkin. Shuning
uchun rahbarlar yoki rahbarlar bilan unga bo’ysinuvchi xodimlar orasidagi
xususiy munosabatlar qanday bo’lishidan qat’i nazar, muammolar ishlab
chiqarish, jamoa va davlat manfaatlarini ko’zda
tutgan holda echilishi, ya’ni
obyektiv echilishi lozim. Xususiy munosabatlar yoki xafagarchiliklar ishlab
chiqarish manfaatlariga hech qanday salbiy ta’sir o’tkazmasligi kerak.
Qabul qilinadigan qarorlarning ilmiyligiga kelganimizda, bu masala
rahbarning bilimdonligiga chambarchas bog’liqdir. Agar rahbarlarning
bilimdonligi qancha yuqori bo’lsa u o’zining bilimlarini fan, texnika, ilg’or
amaliyotning yutuqlari bilan boyitsa va ular rahbarning qabul qilayotgan
qarorlarida o’z
aksini topsa, bunday qarorlar to’g’ri va haqiqiy bo’ladi. Ilm
asosida qabul qilingan qarorlar ijobiy natijaga, ilm-fan, texnika va ilg’or
amaliyot yutuqlariga tayanmagan qarorlar esa ko’pincha salbiy natijaga olib
keladi. Ilmiy boshqarish subyektivizmning kushandasidir. Ilmiy boshqarish
jamiyatning obyektiv rivojlanish qonunlari, boshqarishning qonuniyatlari va
bashoratlashni tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi. Ayniqsa, hozirgi
paytda ishlab chiqarish va boshqarishda faoliyat ko’rsatayotgan hamma
bo’g’inlarning
rahbarlari texnika, texnologiya, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni
zamon talablari aso-sida uyushtirish, boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari,
vositalari va usullarini hamma vaqtdagidan farqli o’laroq, yaxshi bilishlari shart.
Bu qonuniyatlarning amaliyotdagi o’rni rahbar
zamonaviy ilmlar majmuasiga
tayanib jamoa va ishlab chiqarishni boshqarishidadir.
Xodimlarni tanlash, jamiyat va boshqarishning hamma bo’g’inlarida
siyosiy jihatdan etuk, har tomonlama ish biladigan, qobiliyatli rahbarlar boshliq
bo’lishini nazarda tutadi. Hozirgi kungacha «hamma narsani ka-drlar hal qiladi»
degan ibora o’z kuchini yo’qotgani yo’q.
73
Kadrlarning ish samarasini oshirish, ularga shaxsiy yondashish aso-sida
bo’lib, kadrlardan butun kuch va energiyasini berib ishlashni taqozo etadi.
Xodimlarning ish faoliyatini ularning haqiqiy (mavjud) natijalar bilan
baholash asosiy mezon bo’lmog’i zarur va shunday hamdir. Kadrlarni to’g’ri
joylashtirish, ularning tajriba, ilm va xususiy sifatlaridan to’liq foydalana bilish
rahbarning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Kadrlarga bo’lgan mehribonlik
va talabchanlik, ish foydasi, qo’yilgan masalalarni aniq va tezkorlik bilan hal
qilish doirasida bo’lishi va ularga bo’ysunishi kerak. Kishilarga bo’lgan
talabchanlik, tanbeh berish qo’pollikka, odobsizlikka,
mayda-chuyda
tiqilinchlarga
aylanmasdan
mehribonlik
va
odoblik
bilan
ularning
kamchiliklarini va kuchlik to-monlarini ko’rsatishdan iboratdir. Rahbarlarga
rezerv (zaxira) tayyorlash kelajak uchun zamin tayyorlashdir.Shuning uchun
ham ularning ishbilarmonlik, siyosiy, ma’naviy sifatlariga e’tibor bergan holda,
ularni konkret ishlab chiqarish, jamoaviy topshiriqlarda tekshirish, kerakli
lavozimlarda stajirovkalar uyushtirish zarurdir.
Shular bilan bir qatorda rezerv kadrlarda nazariy bilimlarini oshirish,
ishbilarmonlik xususiyatlarini, siyosiy va ma’naviy etukligini, yergashtira olish,
qiladigan takliflarini shakllantirish kadrlar tayyor-lashdagi asosiy maqsadlardan
biri bo’lishi kerak. Jamiyatimizning tezkorlik bilan
rivoj-lanishida kadrlarni
tanlash, joy-joyiga qo’yish, ularni tarbiyalash katta ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: