"psixologiya"



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2- guruh.
Xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini yetarli 
darajadagi obyektivlikdan miqdoriy bahosining aniqlashini ta’minlaydi. Eng 
ko’p tarqalgan usul ball bo’yicha baholash usulidir. Bu usul bo’yicha xodimning 
har bir bajargan vazifasi va erishgan yutuqlariga qarab ballar qo’yilib boriladi va 
uning o’rtacha balli chiqarilib aniqlanadi. 
3- guruh.
Yuqoridagi 2 ta guruhni, ya’ni ta’rif beruvchi va miqdoriy 
usullarni o’z ichiga oladi. Ulardan eng ko’p tarqalgani test usuli bo’lib, oldindan 
tayyorlab qo’yilgan masalalar natijalariga qarab baho beriladi. Ishbilarmonlik 
o’yinlari usuli — qo’yilgan ishlab chiqarish masalasi yoki nizoli vaziyatga 
berilgan to’g’ri javobga qarab baho qo’yiladi. Rahbarlar va mutaxassislarning 
ishbilarmonlik hamda shaxsiy xususiyatlarini ball bo’yicha baholash uchun 
xodim xususiyatlarini ball bo’yicha baholash yoki attestatsiya o’tkazish bilan 
aniqlash mumkin. Buning uchun xodimning ishbilarmonlik va shaxsiy xususi-
yatlarini baholash uchun eng kamida 2 ta qo’l ostidagi ishchisi, 2 ta rahbari va 2 
ta hamkasbini baholashlarini hisobga olishadi. Oxirgi natijaviy bahoni 
komissiya beradi. Kadrlarni baholash kriteriyasi bitta bo’lishi kerak, ya’ni 
konkret ishlar. 
Attestatsiya menejerlarning ishbilarmonlik va shaxsiy xususiyatlarini 
baholash usuli bo’lishi bilan birga ularni qayta tayyorlashga yo’naltiriladi. 
Menejerni tayyorlash va qayta tayyorlash — bu ta’limning ilmiy asoslangan 
tizimi bo’lib, ma’lum sohada faoliyat ko’rsatish uchun bilim, tajriba va yo’l- 


81 
yo’riq o’rgatadi. 
Menejerlarni qayta tayyorlash va tayyorlashdan asosiy maqsad ularning 
nazariy bilimlarini oshirish, fan va texnika sohasida erishilgan yutuqlarini to’la-
to’kis qamrab olish, boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat. 
Bozor iqtisodiyoti kadrlar tayyorlash tizimiga yangi talablar qo’yadi, bu 
tizimda universitet va institutlar alohida o’rin egallashi lozim, oliy va o’rta 
maxsus o’quv yurtlarida yangi tipdagi, iqtisodiyotni yaxshi biluvchi
boshqaruvning iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik usullari va texnika vositalarini 
qo’llay oluvchi menejerlar tayyorlanishi lozim. 
Boshqaruvni islohat qilish sharoitida o’quv jarayoni mazmuni va uni tashkil 
etishga qonunda ta’kidlab o’tilganidek: korxona kadrlar kasbiy mahorati va 
madaniy darajasi uzluksiz o’sib borishi haqida doimo g’amxo’rlik qiladi, 
xodimlar malakasi va ishlab chiqarish manfaatlarini hisobga olgan holda ular 
lavozimini o’zgartirib boradi. Bu maqsadda korxona kadrlar tayyorlashni 
amalga oshiradi va bevosita ishlab chiqarishda o’quv yurtlarida xodimlar 
malakasini oshirishga imkon yaratadi, o’quv-uslubiy bazani kengaytiradi, biznes 
maktablari, kurslar, markazlar tashkil etadi. Korxona o’quv jarayonini ish bilan 
qo’shib olib borish uchun zarur sharoit yaratadi va qonunda ko’zda tutilgan 
imtiyozlar beradi. Ishchilar o’z xohishlariga ko’ra o’rta maxsus va oliy o’quv 
yurtlariga, shuningdek stipendiya to’lash sharti bilan aspiranturaga yuborishlari 
mumkin. Korxona yoshlarni mehnatga tayyorlash, kasbga qiziqishlarini 
shakllantirishda o’quv yurtlariga yordam ko’rsatadi. 
Mutaxassis egallagan bilimlar tez eskirgani sababli, uni doimo 
takomillashtirib borish lozim. Agar rahbar o’z bilimini takomillashtirib bormasa, 
eski bilimlariga tayanib qolishi, ishlab chiqarish bundan zarar ko’rishi 
mumkinligini tajribada ko’rish mumkin. Olingan maxsus bilimga doimo 
to’ldirilib borilishi lozim bo’lgan asos sifatida qarash kerak. Bozor 
munosabatlari sharoitida texnik ma’lumotga ega bo’lgan ishlab chiqarish 
rahbarlari ayniqsa iqtisodiyot, marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish va 
boshqarish masalalarini chuqur o’rganishlari kerak. 
O’z dunyoqarashini kengaytirish bo’yicha mustaqil ishlash ham katta 
ahamiyatga egadir. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin