97
Diqqat har kanday faoliyatning muhim shartidir.
Diqqatsiz hatto eng
oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mehnatning barcha
jarayonida, ijodiy faoliyatda, o’qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega.
K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki,
ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi», - deb
yozgan edi.
Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I. P Pavlovning yozishicha
oriyentirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima»
refleksi deb ham
atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko’zg’alishi va
miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog’liqdir.
I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv prosesslarining induksiyasi
qonuni diqqatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga
egadir. Mana shu qonunga muvofiq bosh miya po’stining bir joyida paydo
bo’lgan ko’zg’alish bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanshni
yuzaga keltiradi. Va aksincha, bosh miya po’stining
ayrim bir joyida yuzaga
kelgan tormozlanish bosh miya po’stining boshka joylarida kuchli ko’zg’alishni
paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po’stida
ko’zg’alish uchun optimal, ya’ni nihoyatda qulayligi bilan xarakterlanuvchi
kuchli ko’zg’alish o’chog’i mavjud bo’ladi.
A. A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan
Dostları ilə paylaş: