"psixologiya"


-MAVZU: SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/180
tarix20.11.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#165193
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   180
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

9-MAVZU: SHAXSNING INDIVIDUAL PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI 
 
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlari
. Talaba bu mavzuni to’la 
o’zlashtirgandan so’ng: 
- Temperament so’zining lug’aviy ma’nosini aytib beradi; 
- Temperamentning tiplarini sanaydi va psixologik xarakteristika beradi; 
- Xarakterning psixologik strukturasiga ta’rif beradi; 
- Qobiliyatlar, layoqat va iqtidor masalalariga tushuncha beradi.
Tayanch so’z va iboralar:
Temperament, oliy nerv faoliyativ tipi, qo’zg’alish, tormozlanish,
muvozanatlilik, xolerik, sangvinik, melanxolik, flegmatik, xarakter, xarakter 
xislati, xarakter strukturasi, aksentuasiya, interversiya, ekstroversiya,
frenologiya, qobiliyat, layoqat, mahorat, talant, iste’dod, pedagogik qobiliyat,
kommunikativ qobiliyat, didaktik qobiliyat, perseptiv qobiliyat 
 
Asosiy savollar

1.Temperament va uning tiplarining psixologik xarakteristikasi.
2. Xarakter. Psixologiyada xarakter muammosi.
3. Qobiliyat to’g’risida tushuncha. Qobiliyatning sifat va miqdor tavsifi.
4. Qobiliyatlar va yoshlarning kasb tanlash muammolari. 
 
1. Temperament va uning tiplarining psixologik xarakteristikasi. 
Ma’lumki, odamlar xulq-atvori va faoliyat motivlari nisbatan teng 
bo’lganda, tashqi ta’sirlar bir xil bo’lganda, ta’sirchanligi va ko’rsatayotgan 
energiyasiga ko’ra bir-birlaridan, sezilarli darajada farq kiladilar. Jumladan, bir 
xil kishi sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoktiradi. Bir xil odamlarga 
xissiyotlarning tez qo’zg’alishi xos bo’lsa, boshqasiga esa sovuqqonlik xosdir, 
boshqa birovni keskin imo-ishoralar, ma’noli mimika, boshqasini harakatlarda 
og’ir-bosiqlik, yuzning juda ham kam harakat qilishi ajratib turadi. So’z 
yuritilayotgan individual farqlar o’zlarining tug’ma asosiga ega bo’lishi 
shubxasizdir. Bu shu narsa bilan tasdiqlanadiki, bu farqlar bolaligidayok ma’lum 
bo’la boshlaydi, xulq-atvorning va faoliyatning turli sohalarida ko’rinadi va 
alohida barqarorligi bilan ajralib turadi.
Psixikaning individual jihatdan o’ziga xos, tabiiy jihatdan shartlashgan 
dinamik ko’rinishlar majmui kishining 
temperamenti
deb ataladi.
Temperament xaqidagi dastlabki nazariya antik dunyoga borib taqaladi. 
Masalan: eramizdan oldingi 6-asrda yashagan yunon medisinasining yirik vakili 
Gippokrat birinchi bo’lib odamlarning har xil xususiyatga ega ekanligiga e’tibor 
bergan va bu har xillikning sababini aniqlashga harakat qilgan. U kishilar 
temperamentining organizimdagi suyukliqlarga (qon, shilimshiq parda, o’t)ga 
qarab uch turga bo’ladi.
Keyinchalik ham temperament va uning asosi xaqida olimlar tomonidan 
xilma-xil nazariyalar yaratildi. Masalan, 18-asr oxirida yashagan Immanuel 
Kant qonning invidual xususiyatlari temperamentning tabiiy asosi hisoblanadi,


111 
degan edi. P. F. Lesgaftning g’oyasi ham shu nuqtai-nazarga yaqin edi. Bu 
olim temperamentning asosida qon aylanishi (jumladan, qon tomirlari kengligi 
va tarangligi, ularning bo’sh joyi diametri, yurakning shakli va hokazolar) 
xususiyati yotadi deb yozgan edi.
Nemis psixiatri E. Krechmer individning psixik tuzilishi tana tuzilishiga
tananing umumiy konstruksiyasiga to’g’ri keladi, degan edi. Sezilarli psixik 
aktivlikka ega bo’lgan, atrofda bo’layotgan voqyealarga tez munosabat 
bildiruvchi, 
tassurotlarini 
ha 
deb 
o’zgartirishga 
intiluvchi,
muvaffaqqiyatsizliklar va ko’ngilsizliklarni nisbatan yengil o’tkazib yuboruvchi, 
jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo’lgan kishi sangvinik deb 
ataladi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur his-
tuyg’ularga, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo’lgan, ruxiy xolati tashqi 
tomonda ifoda etiladigan kishi xolerik deb ataladi.
Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko’tara olmaydigan, ammo atrofdagi 
voqyealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o’zini tuxtata oladigan harakatlar 
qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanxolik deb ataladi.
Aslida odamlarni to’rtta tip bo’yicha taqsimlash mumkin emasligi 
tushunarli. Temperamentning turli-tumanligi to’g’risidagi masala fanda hali 
batafsil hal qilingan emas. 
Temperamentning nerv-fiziologik mexanizimini ilmiy asosda tushuntirib 
bergan kishi I. P. Pavlov bo’ldi. U o’z umrining ko’p qismini oliy nerv sistemasi 
faoliyatini o’rganishga bag’ishladi. Uning tadqiqotlari natijasida odamdagi 
individual farqlar asosida qo’zg’alish va tormozlanish o’rtasidagi vazminlik 
yotishi aniqlandi.
Nerv sistemasi kuchi tipning eng muhim ko’rsatkichdir.
Nerv faoliyatining tipi-organizimning tabiiy xususiyatidir. U nasliydir, lekin 
butunlay o’zgarmas hisoblanmaydi, u rivojlanishda va ma’lum darajada 
atrofdagi sharoit, muhit ta’siri tufayli o’zgaradi.
Temperament tiplarining kelib chiqishida, yuqorida aytganimizdek, irsiyat 
asosiy rol uynaydi. Agar irsiy fiziologik xususiyatlari bir xil bo’lgan bitta 
tuxumdan 
paydo 
bo’lgan 
(gomozigot) 
egizaklarning 
temperament 
xususiyatlarini irsiy fiziologik xususiyatlari unchalik bir xil bulmagan, ikkita 
tuxumdan paydo bo’lgan (geterozigot) egizaklarning temperament xususiyatlari 
bilan solishtirsak, bu narsa juda yaqqol ko’rinadi. Getrozigot egizaklarga 
qaraganda gomozigot egizaklar temperamentlari xususiyatlarining uxshashlik 
darajasi shunchalik ortiqki, temperamentning irsiyat yo’li bilan berilishi 
imkoniyati 85% ga tengdir.
Garchi temperament tiplari, umuman olganda, irsiyatga bog’liq bo’lsada, 
temperamentning ayrim xususiyatlari hayot sharoitlari va tarbiyaga bog’liq 
xolda ma’lum darajada o’zgaradi.
Temperamentning ayrim xususiyatlarining hayot sharoitlari va tarbiyaga 
bog’liq xolda o’zgarishini temperament tiplarining voyaga yetishidan farqlash 
lozim. Temperament tipi unga xos bo’lgan barcha xarakterli xususiyatlari bilan 
birga, tug’ilish chog’idan boshlab yoki ma’lum yoshda birdan paydo bo’lib 


112 
qolmaydi. Nerv sistemasining voyaga yetishidagi umumiy qonuniyatlari 
temperament tipining voyaga yetishiga ham ta’sir qilib, izini qoldiradi.
Ma’lum temperament tipining asosiy xususiyatlari birdaniga hammasi 
nomoyon bulmaydi, balki yoshga qarab sekin-asta nerv sistemasining voyaga 
yetishi bilan bog’liq xolda nomoyon bo’ladi. Bu jarayonni biz temperamentning 
voyaga yetishi deb ataymiz.
Yoshlar kasb tanlayotganda temperament xususiyatlari hisobga olinishi 
lozim. Masalan, xozirgi zamon texnikasida melanxologik uchun kiruvchi 
samolyotda uchuvchi bulish nihoyatda kiyin yoki bunday kishilarga tusatdan 
paydo bo’ladigan avariya xavfi o’z vaqtida reaksiya qilishi lozim bo’lgan 
murakkab energosistemalarda ishlash og’irlik qiladi. Odamning psixik 
xususiyatlariga nisbatan faoliyatning shunday yo’l bilan tanlashni kasbga 
yo’naltirish deb ataladi.
Temperament tiplari xususiyatlarini mumkin qadar o’quvchilar tarbiyasi 
jarayonida ham hisobga olish zarur. Masalan, melanxolik o’quvchini 
harakatlari uchun keskin koyish uning ruxini tushurib yuboradi. O’ziga 
ishonmvaligini yana orttirib yuboradi va o’z kuchiga shubha bilan qaray 
boshlaydi.
Yuqoridagi usullarni sangvinikka nisbatan ishlatib bo’lmaydi. Chunki u 
boshidan kechirgan kungilsiz voqyealarni tez esdan chiqarib yuborishi va o’z 
kuchi, qobilyatlariga ortiqcha baho berishga moyildir, Salbiy bahoga nisbatan 
qattiqlik va talabchanlik unga ijobiy tasir ko’rsatishi mumkin. Temperament 
xususiyatini hisobga olgan holda xuddi shunday individual munosabatda bo’lish 
mehnatni tashkil qilishda, sportchilarning mashqlarida va faoliyatning boshqa 
turlarida ham bo’lishi mumkin va zarur.
Nihoyat, faoliyat talablariga temperamentni moslashtirishning asosiy eng 
unversal yo’li individual ish uslubining tarkib topishidir. Mehnat faoliyatidagi 
ayni bir vazifa va talablar har turli usullar va yo’llar bilan bir xil samarali 
amalga oshirilishi mumkin. Faoliyatning indvidual uslubi deganda biz mazkur 
odam uchun xarakterli bo’lgan va samarali ishlashi uchun maqsadga muvofiq 
bo’lgan harakatlar va yo’llarning individual sistemasini tushunamiz. 
Faoliyatning indvidual uslubi odamda o’z-o’zidan, stixiyali ravishda paydo 
bo’lmaydi. U ta’lim va tarbiya jarayonida tarkib topadi. Individual uslub tarkib 
topishining birinchi kurtaklari bog’cha yoshidagi katta bolalarda o’yin 
xarakteridagi amaliy masalalarni yechishdayok ko’rina boshlaydi.
Faoliyatning indvidual uslubini tarbiyalash ishlari asoslanadigan qator 
alohida psixologik va pedagogik prinsiplar mavjuddir. Ta’lim va tarbiyaning 
asosiy vazifalaridan biri shundan iboratki, indvidual uslubni tarkib toptirish 
yo’li bilan odamning temperamentini faoliyatning obyektiv talablariga yaxshilab 
moslashtirishdan iboratdir.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   180




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin