Psixologiya


Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə38/119
tarix05.04.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#54748
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119
Psixologiya

Faoliyat mahsulini tahlil qilish metodi

Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod faoliyat psixologiyasida keng qo’llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozgan she'rlarini tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallarni qo’llash mumkin. Mazkur metoddan foydalanishda mahsulotni yaratgan shaxs bevosita ishtirok etmaydi. Ob'ekt bilan sub'ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psixikasi to’g’risida sirtdan ma'lum hukm, xulosa chiqariladi.

Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o’quvchilar, talabalar,

konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar psixik xususiyatlari to’g’risida ma'lumotlar to’plash mumkin. Lekin insondagi psixik o’zgarishlar kamol topish va ularning kechishini ifodalovchi materiallar yig’ish uchun bu metodning o’zi yetmaydi. Shuning uchun inson psixikasini o’rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanish ma'qul.



Test metodi - "Test" inglizcha so’z bo’lib sinash tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa standart masala, topshiriq test deb ataladi. Test ayniqsa, odamning qanday kasbni egallashi mumkinligi, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste'dodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda keng qo’llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig’ilgan psixologik materiallarning ob'ektivligi va ularni ilmiy tahlil qilishga bog’liqdir.

1905 yildan fransuz psixologi A.Bine va uning shogirdi A.Simon insonning aqliy o’sishi va iste'dod darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodi qo’llana boshladi.



Biografiya (tarjimai hol) metodi - inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayot faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, xotiralari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar, esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar o’rganilayotgan shaxsni to’liqroq tasavvur etishga xizmat qiladi.

Tarjimai hol ma'lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda uning suhbat va tajriba metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishga yordam beradi.




Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin